O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Ijtimoiy pedagogik g’oyalar va nazariyalarning shakllanishida SHarq



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/231
tarix20.09.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#145771
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   231
ijtimoiy pedagogika

 Ijtimoiy pedagogik g’oyalar va nazariyalarning shakllanishida SHarq 
uyg’onishi davri olimlarining asarlari beqiyos o’ringa ega. Ular faoliyatining 
mohiyati shuki avval mavjud bo’lgan o’sha davrni ijtimoiylashtirish usullari ilmiy 
asoslangan tizimi asosida to’planganligidadir. yetuk olimlarning faoliyat xarakteri-
ilm bilan mashg’ul bo’lish ijtimoiy pedagogik qarashlarning mazmuniga o’z 
ta’sirini ko’rsatdi.
Buyuk olim 
Al-Xorazmiy
 (783-850 y)ning asarlari yorqin didaktik xarakterga 
egadir. U savol-javob metodi orqali bilimlar qulgakiritilishini, bu jarayonda shaxs 
boshqalar bilan munosabatlarga kiritilishini, jamiyatning faola’zosiga aylanishini 
ta’kidlagan. 
Al-Xorazmiy-Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug’bek-kabi olimlar o’z ilmiy va 
pedagogik faoliyatlarida rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi va ta’lim beruvchi ta’sir 
kuchlarini o’sib kelayotgan avlodga qaratish g’oyasini tushunishgan va buni tadbiq 
etishgan. Bu avvalambor ular ta’limning maqsadi hayotga tayyorlash, axloqiy norma 
va qoidalar, kasbiy malakalar va chuqur bilimlarga ega bo’lishida deb bilganliklarida 
namoyon bo’lgan. 
 
Buyuk qomusiy olim 
Abu Rayxon Beruniy
(973-1050 y) ta’lim jarayoniga 
qo’llaniladigan ilmiy usullarni ishlab chiqqan. U shuningdek ta’lim tamoyillarini ham 
tasniflagan. Uning pedagogik qarashlarining ijtimoiy yo’naltirilishi u axloqni ijtimoiy 
xususiyatlar va hissiyotlarning ifodasi sifatida tushunganligida o’z ifodasini topgan. 
Olimning tarbiya, shaxsning shakllanishida va jamiyatdagi amaliy hayot uchun ilm va 
mehnatning ahamiyati haqidagi g’oyalari hozirgacha muhimligini saqlab qolgan. 
Buyuq qomusiy olim 
Abu Ali ibn Sino
(980-1037 y) o’z davrining barcha bilim 
sohalarini qamrab oluvchi katta ilmiy meros qoldirgan. Uning barcha asarlarida 


156 
pedagogik qarashlar mavjud. Biz uning bilim, iroda va insonning rivojlanish 
jarayonidagi maqsadga intiluvchanligi, atrof muhit ta’siri, axloqiy va mehnat tarbiyasi, 
muomala san’ati, bolalarni jamoada o’qitish haqidagi g’oyalari muhim hisoblanadi.
Forobiy, ibn Sino, Beruniy ta’lim muammolari bo’yicha bir xil fikrlar bildirgan va 
insonning jamiyatga sermahsul xizmat qilishi uchun o’z aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik 
va mehnat qobiliyatlaridan samarali foydalanish imkonini beruvchi ta’lim vazifasini 
ajratib ko’rsatganlar. Ta’limning rivojlatiruvchi vazifasini amalga oshirish maqsadida 
ular quyidagi didaktik tamoyillardan foydalanishni maslahat berganlar: 
-asta-sekin tushunchalarning murakkablashuvi; 
-amaliyotni tajriba bilan bog’lash; 
-qabul qila olishlik; 
-ko’rgazmalilik. 
Ibn Sinoning fikricha ijtimoiylashtirish ko’nikmalari jamoa bo’lib o’qitish shaklida 
yaxshi shakllanadi. Buning uchun u quyidagilarga asoslanishi lozim: 
1.
Ta’lim oluvchilar, o’qituvchi va o’quvchilar orasida tajriba, bilim, ma’naviy 
va axloqiy qadriyatlar almashinuvini tashkil qilish. 
2.
Musobaqalashuv elementidan foydalanish. 
3.
O’quvchining ijtimoiy axloqiy xususiyatlarini-muomala, o’zaro tushunish, 
o’zaro yordam, do’stlik hissini rivojlantirish. 
Buyuk olimlarning pedagogik qarashlari va faoliyatlarining ijtimoiy pedagogik 
yo’naltirilganligi, ularning avvalambor hayotga har tomonlama tayyorlash hisoblangan 
ta’lim maqsadini sharhlashlarida o’z ifodasini topgan. SHaxsning jamiyatda o’z o’rnini 
belgilab olishini ta’minlab beruvchi eng muhim xususiyatlar deb, ular mehribonlik, 
yaqinlarga yordam, g’urur, vijdon, yaxshi niyatlilik, sabrni bilishgan. O’quvchilarning 
har tomonlama intellektual va mehnat tayyorgarliklariga katta e’tibor qaratib, Forobiy 
va ibn Sino yoshlarning jamiyatga “kirish”larining eng muhim omillari sifatida, 
faollik, mustaqil tashabbuskorlik, intiluvchanlik, qiziquvchanlik, ijodiy qobiliyatni 
hisoblashgan. 
Ijtimoiy tarbiyada o’qituvchiga yetakchi o’rin ajratib, 
Forobiy
uning faoliyatini, 
jamiyatning kelajagi unga bog’liq bo’lgan hukmdor faoliyatiga qiyoslaydi. Forobiy ham 
ibn Sino kabi pedagog o’quvchilarning bilimlarini hayotga tadbiq etishlariga e’tibor 
berish lozimligiga ishora qilgan. 
Qomusiy olimlar shaxsiy namunaga nihoyatda katta e’tibor berishgan hamda o’zlari 
ham intiluvchanlik, yuqori ijtimoiy mavqe’ga erishganlik namunasi bo’lib xizmat 
qilishgan. Forobiy nihoyatda mehnatsevar, irodali, kamtar, sodda bo’lgan va doim 
yordamga intilgan. Forobiyning o’quvchilarning individual psixologik va aqliy 
xususiyatlariga mos tushuvchi ta’limni usuli, kasb tanlash muhimligi haqidagi fikrlari 
hozir ham katta ahamiyatga ega.
O’rta Osiyo olimlari tomonidan tarbiya va ta’limning ijtimoiy o’rnini tushunishlari 
shunda namoyon bo’ldiki, ular ijtimoiylashuvining mikroomillar-muhit, oila, o’quvchilar 
guruhiga e’tibor karatganlar va ota-onalar, pedagog va o’quvchining harakatlarini 
mujassamlashtirishni maslahat berganlar. 
SHunday qilib, o’rta asr olimlari ijtimoiy pedagogik yo’naltirilganlikga ega katta 
pedagogik meros qoldirganlar. Ularning ilmiy pedagogik asarlari zamonaviy ijtimoiy 
pedagogika ilmining rivojlantirish uchun muhim manba hisoblanadi. 


157 

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin