158
mumkinligiga ishongan. SHuning uchun tarbiya mavzusi ma’rifat gazetasi bo’lmish
“SHuhrat” gazetasida keng yoritilgan.
Mustamlaka Turkiston sharoitlarida matbuot cheklangan o’quvchilarga ega bo’lgan,
chunki aksariyat aholi savodsiz bo’lishgan. Bu holatda dramaturgiya ma’rifiy g’oyalarni
tatbiq qilishning eng samarali usuli bo’lgan. Teatr Avloniy uchun odamlarni tarbiyalash,
birlashtirish vositasi bo’lgan. 1913 yilda Toshkentda Avloniy “Turon” nomli teatr
truppasini tashkil qildi. Truppaning maqsad-vazifalari Toshkentdagi “Turon” dramatik
san’at jamiyatining nizomida aniqlangan: “sahnaga
nisbatan muhabbat va jiddiy
munosabat tug’dirish, xalq uchun spektakllar tashkil qilish”.
Bu maqsadga erishish uchun jamiyat kechalar, konsertlar, spektakllar va boshqa
ommaviy chiqishlarni tashkil etishga o’z nomiga klub va musiqa kurslari, kutubxona va
qiroatxona tashkil qilishga, boshlang’ich maktablar ochishga, ta’limni o’rta va oliy o’quv
yurtlarida davom ettirish uchun stipendiyalar ta’sis etish huquqiga ega bo’lgan.
SHuningdek, u mavjud hayriya va ta’lim muassasalariga moddiy yordam ko’rsatishi
mumkin
2
.
Avloniyning ma’rifiy g’oyalari nafaqat ijodda ilgari surgan. U tomonidan 1908
yilda kambag’allar uchun maktab ochilgan va u yerda ona tilini o’qitishning yangi
usullari qo’llanilgan. Pedagogik faoliyat bilan sermahsul shug’ullanishni kanda qilmay u
darslik va qo’llanmalar yoza boshlagan. O’z vaqtida uning “Birinchi muallim”, “Ikkinchi
muallim”, “Turkiy guliston yoxud axloq” darsligi mashhur edi.
Avloniydan so’ng ma’rifatning va dunyoviy bilimlarning faol targ’ibchisi Miskin
edi. Miskinning ta’lim va ma’rifiy qarashlari ijtimoiy-siyosiy mohiyatga ega edi va
o’zbek ilg’or pedagogik g’oyalarining rivojiga katta hissa qo’shgan.
Insonni reallikdan
ajratib oluvchi va uni shukronalik ruhida tarbiyalovchi hukm surgan musulmon
pedagogikasiga qarshi Miskin ta’lim jarayonini yosh avlodni xalqqa xizmat qilish uchun
tarbiyalash deb tushungan va o’z qarashini rivojlantirgan. Miskin va boshqa o’zbek
ma’rifatparvarlarining intilishlari tarbiyaning ijtimoiy jihatini oshirishga, ijtimoiy
tarbiyani kengaytirishga, insonning turli ijtimoiy munosabatlarga kirishi, boshqa davlatlar
va xalqlar hayotini o’rganishga qaratilgan edi. Biroq bu ijtimoiy xususiyatlar bilan birga
o’zbek ma’rifatparvarlari XIX asr ikkinchi yarmida o’z qarashlarining ketma-ket
emasligi, ularning feodal-mustamlaka tuzumga qarshi kurashdagi ojizliklarini keltirib
chiqaruvchi mustahkam siyosiy dasturning yo’qligi bilan ajralib turardilar. Biroq ularning
dunyoqarashining cheklanganligi va qarama-qarshiligiga qaramay ular O’zbekistonda
ilg’or g’oyaning rivojiga o’z hissalarini qo’shishdi.
XX asr boshidagi o’zbek pedagogik g’oyasida 3 asosiy yo’nalishni ajratsa bo’ladi:
1)
ko’proq hukmronlik qiluvchi o’rta asr feodal klerikal yo’nalishi;
2)
paydo bo’layotgan milliy burjua yo’nalishi (jadidlik). Uning vakillari bu davrda
feodal klerikal maktabiga qarshi chiqib o’zlarining “usuli jadid” pedagogik talablarini
ilgari surish;
3)
demokratik taraqqiyparvar yo’nalish. Demokratik pedagogika o’rta asr
maktabini va tarbiyasini tanqid qilgan va inkor etgan hamda unga qarshi yangi, ilg’or
g’oyalarni ilgari surgan.
XX asr boshida O’zbekistonda demokratik pedagogikaning eng yirik vakili Hamza
Hakimzoda Niyoziy (1889-1929) edi. Hamza XX asr boshida o’zbek
xalqi madaniy
hayoti va ma’rifiy harakatining eng yirik namoyandasi edi. Uning nomi bilan
O’zbekiston tarixining butun bir davri bog’liq. O’z asarlarida o’zbek xalqi pedagogik
2
А. Бобохонов. Хамзанинг ижтимоий педагогик ва адабий фаолияти. Т.:Ўқитувчи. 1979 й. 15 б.
159
g’oyasi rivojining eng yaxshi yutuqlarini jamlab hamda Rossiya ijtimoiy ma’rifiy
g’oyalariga tayanib u ta’lim tarbiyaning eng global muammolarini ko’tara oldi.
Qo’qonda ozod milliy maktabning yaratilishi, keyinroq esa Farg’ona, Marg’ilon va
Toshkentda shunday maktablarning yaratilishi bu ajoyib pedagog va jamoat arbobining
jasoratli qadami bo’ldi. Bu maktablarda ta’lim-tarbiya ishlarining yo’lga qo’yilishi
shaxsning har tomonlama rivojlanishi va ijtimoiy faallashuvi uchun sharoitlar yaratishga
yo’naltirilgan edi. Hamzaning pedagogik ishlarining ijtimoiy xarakteri tarbiyaning barcha
mashhur turlari (estetik, aqliy, jismoniy, axloqiy, mehnat), muomala va atrofdagilar bilan
o’zaro munosabat malakalarini rivojlantirish, tarbiyalanuvchilarning turli hayotiy,
madaniy va aqliy taassurotlarini olishlari uchun imkoniyatlar yaratishga asoslanadi.
1911 yilda Hamza o’zining yangi usul maktabini ochdi va unda o’quv jarayoni
tashkil qilishni tubdan isloh qildi. Biroq uning pedagogik faoliyatidagi eng asosiy hodisa
1914 yilda yetimlar va kam ta’minlangan bolalar uchun “Dorul ojizin” nomli maktabning
ochilishi bo’ldi. Unda bolalar bepul o’qitilgan hamda kitob, daftar,
qalam va boshqa
yozuv qurollari bilan ta’minlanganlar. Biroq Hamzaning maktablarni isloh qilish va
demokratiyalashtirishga harakati musulmon ruhoniylari va chor hukumatining keskin
noroziligiga sabab bo’ldi. Buning oqibatida “Dorul ojizin” yopildi va Hamza chor
politsiyasi nazoratiga olindi.
Hamzaning ta’lim mohiyatiga, ommaning ozodlikka erishishi uchun asosiy qurol,
faol, ijodiy shaxsning tarbiyalash vositasiga nisbatan bo’lganidek, uning qarashlari
o’zbek ilg’or pedagogik g’oyasining rivojlanishida katta qadam edi. Insonni reallikdan
ajratuvchi va uni shukronalikruhida tarbiyalovchi
hukmron sxolastik musulmon
pedagogikadan farqli o’laroq Hamza Hakimzoda ta’lim mohiyatiga yangi qarashlarni
kiritgan. Ta’lim jarayonini yosh avlodni xalqqa xizmat qilish ruhida tarbiyalash deb
tushunardi. SHoir tarbiyaning asosiy vazifasi yoshlarni jamoat faoliyatiga tayorlash deb
bilgan. Hamza yoshlar o’z vatani va xalqi oldidagi ma’suliyatlarini tushunish kerakligini
ko’p marta ta’kidlagan.
Tarbiyaga eng katta ta’sir qiluvchi omillarga Hamza muhit va oilani kiritgan.
Go’dakning kelajagi, uning hislarining rivoji va boshqa ijtimoiy psixologik vazifalar uni
o’rab turuvchi atrof muhit, uning hayotining xarakteriga bog’liqdir. Oilaning jamoat
tarbiyasidagi o’rni bola hamda hayotning o’zaro munosabatiga ko’proq e’tibor
qaratishdan iborat. Hamza onaga alohida rol ajratadi, chunki u bolalar bilan psixologik,
ruhiy va energetik reja asosida eng ko’p bog’langan shaxsdir. U bolalarni e’tiborsiz yoki
noto’g’ri tarbiyalaydigan ota-onalarni qoralagan. Ta’lim tarbiyada tub o’zgarishlarni
amalga oshirish uchun Hamza bir qator yangi darsliklarni o’zbek tilida yaratdi: o’zbek
alifbosini o’rganish uchun “Engil adabiyot”, o’qish uchun “O’qish kitobi”, adabiyotdan
“Qiroat kitobi”. Hamzaning kitoblari ta’lim oluvchilar tomonidan
katta qiziqish bilan
o’qilgan va tez o’zlashtirilgan. Hamzaning barcha kitoblari o’zbek bolasining erkin
o’qishi uchun qulay qilib yaratilgan.
Dostları ilə paylaş: