223
Oila ikki yo’nalishda mavjud bo’ladi: kichik ijtimoiy guruh sifatida va ijtimoiy
institut sifatida. Birinchi holatda u qarindoshlik asosida tuzilgan va birga yashash bilan
birlashtirilgan hamjamiyatdir. Ikkinchisida esa insonlarning kundalik hayoti kechadigan
ijtimoiy institutdir.
Inson jamiyatida oila bir nechta vazifalarni bajaradi:
reproduktiv-homilani davom ettirish bilan bog’liq O’zbekistonda ko’p bolali
oilalarning mavjudligi bilan bir qatorda oila a’zolari
sonining qisqarishi ham
kuzatilmoqda. Bu hodisalar asosan moddiy-iqtisodiy qiyinchiliklar, ma’naviy inqiroz,
yosh oilalarning ota-ona uyidan ajralib chiqishi, tibbiy xizmatning past darajasi, noqulay
ekologik holat bilan izohlanadi.
Iqtisodiy-oilaning bir a’zosi tomonidan boshqalar uchun moddiy mablag’lar
topilishi, voyaga yetmaganlar va qariyalarni moddiy ta’minlash, pul mablag’larini
to’plash. Zamonaviy bozor munosabatlari mulk to’plash, mulkka ega bo’lish, meros
masalalarida oilaning iqtisodiy vazifasini faollashuvini talab qiladi.
Ijtimoiylashuv vazifasi-oila bola shakllanishiga ta’sir qiluvchi birinchi va asosiy
ijtimoiy guruh hisoblanadi. Oilada ota-onalar va bolalarning tabiiy-biologik va ijtimoiy
aloqalari uzviy bog’lanib keladi. Oila mikromuhit sifatida bolaning ruhiy,
jismoniy va
ijtimoiy rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Oilaning vazifasi bolani asta-sekinlik bilan
jamiyatga tayyorlashdir. Oilada insonga ta’lim va tarbiya beriladi, uning aqliy, ijodiy
qobiliyatlarining rivoji sodir bo’ladi. Aynan oilada bola mehnat va mustaqillikka
o’rganadi.
Xo’jalik-maishiy
-
oila jamiyatning asosiy va doimiy xo’jalik negizidir. Unda oila
a’zolarining jismoniy holatini
bir maromda ushlab turish, kasallar va qariyalarga
g’amxo’rlik qilish amalga oshiriladi.
Tarbiyaviy vazifa
.
Biz bu funksiyani alohida ajratib ko’rsatamiz, chunki u
bolaning ilk ijtimoiylashuvi jarayonida muhim rol o’ynaydi. Bola shakllanishiga
shuningdek, atmosfera va iqlimning ta’siri ham bor. Tarbiyaning eng muhim
vositalaridan biri shaxsiy namunadir.
Rekreatsion
va psixoterapevt funksiyasi
.
Bu funksiya shunda namoyon bo’ladiki,
oilada hamma o’zini qulay sezishi lozim. Ruhshunoslar, sotsiologlar, pedagoglarning
kuzatishlariga ko’ra inson kuchlari oila sharoitida jadal tiklanadi.
Dostları ilə paylaş: