O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi


“stress o‘zi nima?” – auksion aqliy xujum



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə11/94
tarix25.04.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#56330
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   94
O‘qituvchilarda kasbiy stress

6. “stress o‘zi nima?” – auksion aqliy xujum

maqsad. Ishtirokchilarni “stress” mavzusini muhokamasiga qiziqtirish, ularning bilimlarini aniqlash.

ishning borishi. Barcha ishtirokchilar 5 kishilik komandalarga bo‘linadilar, har bir beshlik navbati bilan maktabda pedagog stressini chaqiruvchi bittadan sabablarni ayta boshlaydilar. Sabablar qisqa, 3-4 so‘zdan ortmasligi kerak. Shuningdek, har bir aytilgan sababdan keyin trener 3 gacha sanaydi va navbati kelgan komanda 3 deyilguncha sababni aytmasa, keyingi komanda aytishi mumkin. Oxirgi bo‘lib stress sababini aytgan komanda g‘olib hisoblanadi.

muhokama. Trener ishtirokchilarni «auksion» paytida aytilmagan sabablarni yodga olishni iltimos qiladi va savol beradi: aynan shu mashq ishtirokchilarda stress vaziyatini chaqirdimi? Nima uchun?



  1. stress mening hayotimda” mashqi

maqsad. Ishtirokchilar uchun stressogen bo‘lgan vaziyatlarni aniqlash, turli vaziyatlarning stressogenlik darajasini baholashda sub’ektivlikni anglash.

ishning borishi. Trener avvaldan stressor hisoblanadigan turli hayotiy vaziyatlar ifodalangan kartochkalar tayyorlab qo‘yadi:



  1. Ishdan bo‘shatish.

  2. Yaqin insoni bilan urushib qolish.

  3. Kasallik.

  4. Uydagi ko‘ngilsizliklar.

  5. Avtomobilning to‘sattan buzilib qolishi.

  6. Yo‘ldagi “probka”.

  7. Rahbariyatdan “hayfsan”.

  8. Kutilmagan moddiy rag‘batlantirish.

  9. Yo‘qotish.

  10. Farzandingiz choragida ikki.

  11. Turmush o‘rtog‘ining hiyonati haqida habar.

  12. Xalqaro konferensiyada chiqish.

  13. Nohaq tanqid.

  14. Ishdan bo‘shatilish

  15. Ajrashish

  16. Narhlarning oshishi

  17. Tekshiruv

  18. Uy ishlari

  19. Ishga kech qolish

  20. Farzandingiz gap qaytardi

trener kartochkalarni ishtirokchilarga tarqatadi. Ishtirokchilar kartochkalarni bir-birlariga ko‘rsatmasdan va to‘liq jimlikda bir qatorga turib oladilar. Har bir ishtirokchi o‘zining fikricha stressorning ta’sir kuchiga qarab joy egallab olishi kerak.

shunday qilib, eng kuchli stressor sherengada birinchi o‘rinni egallashi kerak. Hamma saf tortib bo‘lgach, trener fikr almashinishni taklif qiladi. So‘ngra birgalikda maslahatlashib, qaytadan saflanishni taklif qiladi.

muhokama. Agar saflanish o‘zgargan bo‘lsa, guruh ishtirokchilari stressorlar tartibining o‘zgarishining sababini muhokama qiladilar. Ya’ni nima uchun aynan bir vaziyatni ba’zi ishtirokchilar qattiq stressogenlarga taalluqli deb hisoblaydilar, boshqalar esa neytral yoki umuman stressogen bo‘lmaganlar qatoriga kiritadilar. Odatda ishtirokchilar har qanday inson stress holatlarini nafaqat o‘zining shaxsiy tajribasiga asoslanib, balki muloqot qilayotgan inson nuqtai nazaridan tushunishi kerak ekanligi haqida xulosaga keladilar.


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin