O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi


“stressning ijobiy va salbiy oqibatlari” mini ma’ruza



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə16/94
tarix25.04.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#56330
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   94
O‘qituvchilarda kasbiy stress


5. “stressning ijobiy va salbiy oqibatlari” mini ma’ruza


maqsad: stresslarni nafaqat negativ oqibatlarga olib kelishi mumkinligi, balki stressni boshidan kechirayotgan shaxsning zahiralarini ochishi mumkinligi haqida anglash.

ishning borishi: ishtirokchilar 2 guruhchaga bo‘linadi. (birorta o‘yindan foydalanish mumkin). Birinchi guruh o‘zaro kelishib stressning salbiy oqibatlarini yozadilar, ikkinchi guruh ishtirokchilari stressning pozitiv tomonlarini aniqlaydilar (stressni engib borish davomida biz nimalarni o‘rganamiz, qiyin vaziyatlarda o‘zimiz va o‘z zahiralarimiz haqida nimalarni bilib olamiz). Guruhlarda ishlash uchun vaqt.

guruhlarda fikrlar yozib bo‘lingach, o‘zaro munozaraga kirishish taklif qilinadi, bunda guruhlar argumentlari navbatma-navbat aytiladi. Eng ko‘p argumentlar keltirgan guruh g‘olib hisoblanadi.

muhokama. Odatda, birinchi guruh ko‘proq dalillar keltiradi. Bu holatda trener quyidagilarni izoh qilishi kerak: birinchi guruh ishtirokchilari keltirgan negativ dalillarning ko‘pligiga qaramay, bu oqibatlar aynan kuchli, jarohatli yoki surunkali stresslardan keyin yuzaga keladi. Baxtimizga, bunday stresslar hayotimizga kamdan-kam kirib keladi. Stressning qolgan turlari organizmning tonusini ushlab turishi, ichki zahiralarni faollashtirishi bilan bizning hayotga moslashuvimizni kuchaytiradi.





  1. Yüklə 0,55 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin