O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi


«bo‘yingiz bo‘yicha saflaning” mashqi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə17/94
tarix25.04.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#56330
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   94
O‘qituvchilarda kasbiy stress

«bo‘yingiz bo‘yicha saflaning” mashqi



Maqsad: insonda bitta yoki bir nechta ehtiyojlarning frustratsiyasi namoyon bo‘lishini (atrof-muhitdan ko‘ruv kanali orqali axborot olish imkonining yo‘qligi, verbal muloqot qilishning taqiqlanishi) o‘z xulq-atvorining tanloviga ta’sir qilishini anglash.

ishning borishi: trener ishtirokchilarni aylana bo‘lib turib olishni va diqqat bilan bir-birlarini kuzatib olishlarini iltimos qiladi hamda quyidagicha ko‘rsatma beradi: «iltimos, ko‘zlaringizni yuming. (o‘yinning ta’sirchanligini oshirish uchun ishtirokchilarga maxsus ko‘zoynaklar yoki ko‘zboylog‘ichlar tarqatilishi mumkin). Endi mutloq jimlikda, umuman gaplashmasdan va iloji boricha tezroq bo‘yingiz bo‘yicha saflanib oling».

Odatda, birinchi daqiqalardayoq verbal muloqot taqiqi buziladi. Ko‘pincha ishtirokchilar eng baland ishtirokchilar qaysi tomonda turishi kerakligi, muloqot qilishning mumkin bo‘lgan variantlari va hokazolar haqida savollar bera boshlaydilar. Bu xollarda trener ovoz tonini neytral saqlashga harakat qilib, bitta jumlani takrorlayveradi: «gaplashish mumkin emas» yoki «jim o‘ynaymiz» kabi. Hamma saflanib bo‘lgach, trener ko‘zlarini ochishni (ko‘zoynaklarni echishni) va saflanish tartibiga qarashni taklif qiladi.



Muhokama: har bir ishtirokchi galma-galdan trener savollariga javob beradi. Siz hatti-harakatlarning qanday strategiyasini tanladingiz? O‘yinning asosiy qoidalarini buzdingizmi? Bu o‘yin haqiqiy hayotiy vaziyatga o‘xshaydimi? O‘z xulqinizdan qoniqdingizmi, nimanidar o‘zgartirishni istarmidangiz? Sizga samarali harakat qilishingizga nima halaqit qildi? Va hokazo.



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin