O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə45/94
tarix25.04.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#56330
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   94
O‘qituvchilarda kasbiy stress

Ii modul. “o’zini anglash”
4-mavzu. “ehtiyojlar” trening dasturi.

Maqsad: trening ishtirokchilarining ehtiyojlarini aniqlash.

Vazifalar:


Davomiyligi: 1 soat 20 daqiqa

Reja:




Trening mazmuni

Davomiyligi

O‘quv vositalari

Mashq maqsadi

1-sessiya. Kirish qismi



Videorolik

15 daq.

Kompyuter, videoproektor, kalonka

A.maslouning ehiyojlar piramidasi haqida ma’lumot berish



“psixologik resurslar” mashqi

10 daq.

A4 qog’oz hamda ruchka

Ishtirokchilarda motivatsiya uyg’otish, hissiy-emotsional yaqinlikni vujudga keltirish



“impuls” mashqi

10 daq.

Stul hamda ruchka

Diqqat va reaksiyani rivojlantirish

2-sessiya. Asosiy qism



“manzil aniq, lekin qanday boramiz” mashqi


10 daq.

15-20 metr arqon

Jamoaviylik shakllantirish, o’zaro tushunish orqali maqsad sari intilish ko’nikmasi



“moddiy va ma’naviy ehtiyojlarning inson hayotidagi o’rni”

Mini-ma’ruza



15 daq.

Taqdimot

Emotsiyalar va hissiyotlar haqida bilimlarni boyitish, ularni inson hayotidagi ahamiyati va boshqarish uchullari haqida tushunchalarni rivojlantirish



“ovozsiz qurilish” mashqi


10 daq.

A4 qog’oz va ruchka

Jamoaviylikni rivojlantirish, mantiqiy tafakkurni o’stirish


3-sessiya. Xulosa qismi



Qayta aloqa

10 daq.

Barcha ishtirokchilarga qog‘oz-ruchka, flipp-chart.

Kunning sarhisobini qilish

Jami: 1 soat 20 daqiqa



1-sessiya. Kirish qismi


  1. Videorolik.

Maslouning ehtiyojlar piramidasi

a
merikalik ruhshunos abraham maslou xx sarning 40-yillarida o‘zining ehtiyojlar ustunligi nazariyasini yaratib, kishilar o‘z motivlari jarayonida ehtiyoj va qiziqishning 5 turiga tayanadilar deydi. Uning ehtiyojlar ierarxiyasi qo‘yidagi ko‘rinishga ega.


Motivatsiya bosqichlari (a. Maslou bo‘yicha)

Birinchi o‘rindagi ehtiyojlar — bu bazis ehtiyojlar, ya’ni, yashashni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ehtiyojlar. A.maslouning fikricha, inson, eng avvalo ana shu bazis ehtiyojlarini qondirish uchun ishlaydi. Bazis ehtiyojlar, ya’ni oziq-ovqatga, kiyim-kechakka, uy-joyga, uyquga bo‘lgan ehtiyoj qondirilsa, boshqa darajadagi ehtiyojlar ham asta-sekin ahamiyat kasb etib boradi.

Masalan, xavfsizlikka, ya’ni tinchlik, tartib, himoyaga bo‘lgan ehtiyoj ham birlamchi bosqichdagi ehtiyojning yangi darajasidagi zaruriyatdir. Biron ijtimoiy guruhda bo‘lish, boshqa kishilar bilan aloqaga kirishish ehtiyoji ierarxiyaning uchinchi bo‘g‘iniga kiradi. Bu guruhdagi ehtiyojlarni sotsial ehtiyojlar deb ham yuritiladi.

Hurmatga bo‘lgan ehtiyoj ehtiyojlar piramidasining to‘rtinchi bo‘g‘inini tashkil kiladi. Bu ehtiyojlar kishining boshqalar tomonidan tan olinishiga bo‘lgan ehtiyoj, ya’ni mavqe, nufuz, shon-shuhrat, muvaffaqiyat, diqqat-e’tibor. O‘zligini isbotlash ehtiyoji, ya’ni maslou ierarxiyasidagi eng yuqori daraja yashirin imkoniyatlarning haqiqatga aylanishi, nimaga erishish mumkin bo‘lsa, shunga erishish. Bu ehtiyojlar shaxsning o‘sishida o‘z aksini topadi.

Birlamchi ehtiyojlar qondirilgach, boshqa zaruriyatlar kishilarni yuqori darajadagi ehtiyojlarga qarab harakat qilishga majbur qiladi. Xo‘sh, bu ehtiyojlarni qondirish uchun rahbar qanday usul va yondashuvlarni qo‘llashi kerak.




  1. psixologik resurslar” mashqi

Maqsad: ishtirokchilarda motivatsiya uyg‘otish hamda psixologik resurslarni vujudga keltirish, ishtirokchilar o‘rtasida hissiy-emotsional yaqinlikni vujudga keltirish.


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin