O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə30/94
tarix25.04.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#56330
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   94
O‘qituvchilarda kasbiy stress

Ishning borishi. Barcha ishitirokchilar aylana bo‘lib o‘tirishadi. Trener markazga stul qo‘yadi va deydi: «biz bitta ishtirokchini tanlashisiz kerak. U mana shu stulga o‘tiradi va savollarga javob beradi. Savollar juda qiyin bo‘ladi: ular ham shaxsiy hayotga tegishli, ham aqliy rivojlanishni sinovchi bo‘lishi mumkin. Guruhning har bir a’zosi ham markazda o‘tirgan ishtirokchiga savollar bilan murojaat qilishi kerak. Javob beruvchi tasodifan tanlanadi: har biringiz bittadan konvert olasiz. Barcha konvertlar bo‘sh bo‘lib, faqat bittasiga oq qog‘oz solingan bo‘ladi(trener qog‘oz varag‘ini ko‘rsatib, hammaning ko‘zi oldida konvertning ichiga soladi va barcha konvertlarni aralashtirib tashlaydi). Kimning tanlagan konvertida oq qog‘oz chiqsa, o‘sha markazdagi stulda o‘tiradi. Lekin u markazga chiqishi uchun qolganlar qog‘ozli konvert egasini topishi kerak. “topish”da hamma ishtirok etadi, hatto qog‘ozli konvert egasi ham. Ishtrokchilar trener taklif qilgan konvertlarni tanlaydilar, lekin ularning har biriga qog‘oz solingan bo‘ladi. Ya’ni har bir ishtirokchi aynan o‘zini “tanlangan” deb o‘ylaydi. Boshlovchi: «qog‘ozli konvert egasi buni bildirmaslikka harakat qilishi kerak. Endi har bir ishtirokchi markazda kim o‘tirishi kerakligini va o‘z tanlovini aynan nima uchunligini asoslab berishi kerak». Har bir ishtirokchi o‘z taxminini aytgandan keyin trener haqiqiy qog‘ozli konvert egasini qo‘lini ko‘tarishga taklif etadi.

Muhokama. Ishtirokchilar aylana bo‘ylab (vaqt kam bo‘lsa, xohishga ko‘ra) savollarga javob beradilar:

• konvertni tanlayotganingizda nimlarni his qildingiz?

• o‘z konvertingizda qog‘ozni ko‘rgach, nimalarni his qildingiz?

• qanday real hayotiy vaziyatda sizda shunga o‘xshash hissiyotlar paydo bo‘ladi?

• konvertni tanlashdan oldin (keyin) boshqa ishtirokchilarga ahamiyat berdingizmi?

• o‘zingizda havotirlanishning fiziologik belgilarini sezdingizmi?

• nima deb o‘ylaysiz, nima uchun bunday hissiyotlar paydo bo‘ldi?

• bu va boshqa negativ hissiyotlar asosida qanday irratsional fikrlar yotadi?



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin