15. O‘quv yili oxiridagi takrorlash (10 soat)
O‘quv yili oxiridagi takrorlash, o‘rganilgan bilimlarni eslatish orqali tizimga solish va umumlashtirish maqsadida o‘tkaziladi. O‘quvchilar bir darsda bir necha turdagi mujassam topshiriqlarni bajaradilar. Takrorlash darslari matn, gap, gap bo‘laklari, tovush va harflar, tovushlarning turlari, bo‘g‘in, alifbo, o‘zak, so‘z yasovchi, so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimcha, so‘z turkumlari bo‘yicha o‘tkaziladi. O‘quvchilar nutqi va yozuvidagi kamchiliklar hisobga olinadi. Bu o‘qituvchining boshqa sinflarda ta’lim jarayonini to‘g‘ri tashkil etishini ta’minlaydi.
O‘quvchilar bilan o‘quv yili davomida imlosi ustida ishlanadigan ayrim so‘zlar darslik oxiridagi lug‘atda berilgan.
Darslikda so‘zlar ma’nosi berilgan bo‘lib, o‘quvchilardan ularni o‘zlashtirishlari talab qilinmaydi.
Bog‘lanishli nutq.
Nutq, matn va gapni farqlash; og‘zaki va yozma nutqni to‘g‘ri shakllantirish; matn mazmunini qayta hikoyalatish; matndagi asosiy fikrni aniqlay olish; matnning tuzilishini aniqlash, uni qismlarga ajratish; ular orasidagi bog‘lanishni izohlay olish; matnga sarlavha topish.
Ta’limiy bayon. Berilgan matn asosida hikoya yozish; muhokama va tasvir janri elementlari qatnashgan bayon yozish; matnni qisqartirib, ijodiy qayta hikoyalash asosida bayon yozish; tanlab qayta hikoyalash asosida bayon yozish.
Ta’limiy insho. Qismli (qismlarga ajratib berilgan) rasmlar va mavzular bitta rasmda ifoda etilgan ko‘rinish asosida, shuningdek, o‘qilgan, kuzatilgan, eshitilgan, ko‘rilgan voqea va hodisalar asosida material to‘plash, reja va shu asosida insho yozish; bayon va insho rejalarini tuzishda o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga yo‘llash.
Husnixat.
Chiroyli yozish malakalari takomillashtiriladi. Bo‘g‘in, so‘z, gap, matnni husnixat qoidalariga rioya qilgan holda ko‘chirib yozish; eshitib yozish va mustaqil yozish; matnni yozishda sarlavhaning yozilishiga, xat boshidan boshlash; agarda, so‘zlar orasidagi masofaning bir xilligiga, harflarning to‘g‘ri va aniq yozilishiga, tutashtirilishiga diqqqat qaratiladi, hoshiyaga rioya qilish, o‘zining va o‘zgalarning yozuvini grafik tahlil qila olish.
O‘quv yili davomida o‘rganiladigan imlosi qiyin so‘zlar: agronom, akvarium, antenna, artist, astoydil, atele, avtomobil, avtonazoratchi, bashariyat, binafsha, boychechak, brigada, daromad, dastyor, dastlab, dehqon, depo, drijyor, dollar, domino, do‘kon, ehtiyoj, ehtiyot, ekskavator, eskalator, e’zozlamoq, fabrika, faoliyat, faxrlanmoq, ferma, festival, firma, fonarcha, futbol, gavjum, giyoh, gramm, go‘sht, hadya etmoq, handalak, haqiqat, harbiy, hayvonot, hasharot, hikoya, hofiz, hudud (chegara), hunarmand, hunarmandchilik, hurriyat, ikkita, ilm-ma’rifat, iste’dodli, ishonch, jarroh, jahon, jayron, jonivor, kasseta, kilogramm, kilovatt, kofe, kolleksiya, kosmonavt, kungaboqar, ko‘hna (qadimgi), la’l (qimmatbaho tosh), leytenant, madhiya, majmua, masjid, mavsum, mayyor, mehnatsevar, mehribon, mehr-oqibat, metall, metro, me’mor, militsioner, muhandis, murojaat qilmoq, muvaffaqiyat, mo‘jiza, na’matak, ne’mat, nomzod, nota, ohangrabo, oromgoh, parashyut, patent, payvandlamoq, piyola, pomidor, portfel, projektor, pulemyot, qahramon, qandil (lyustra), qimmatbaho, qumursqa, rassom (musavvir), rostgo‘y, ruhlanmoq, sabzavot, samolyot, samovar, sellofan, sentner, seyalka, sport, suxandon (diktor), tabiat, tanaffus, tashakkur, taassurot, telefon, tennis, termos, tramvay, transport, trolleybus, ufq, urf-odat, vagon, velosiped, vokzal, voleybol, xursand, xayrlashmoq, xiyobon, xizmatchi, xohlamoq, xokkey, yelpig‘ich, yiroq (uzoq), yop-yorug‘, zehnli, ziyrak, zog‘orabaliq, zag‘cha, o‘qariq, o‘chirg‘ich, g‘amxo‘r, g‘ijjak, g‘ilof, g‘o‘zapoya, shaxmatchi, shifer, charm, choyshab, cho‘tka. (Bu xildagi so‘zlar darslikning oxirida lug‘at sifatida berilgan).
Dostları ilə paylaş: |