III sinf Bilim: Gap, darak gap, so‘roq gap, buyruq gap, undov gap; gap bo‘laklari; bosh bo‘laklar: ega va kesim; ikkinchi darajali bo‘laklar: to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol; so‘z tarkibi; o‘zak, o‘zakdosh so‘zlar; qo‘shimcha: so‘z yasovchi qo‘shimcha, so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimcha; so‘z turkumlari: ot, sifat, son, fe’l; ot, otlarda birlik va ko‘plik; sifat, sifatning ma’no turlari; son, sanoq son va tartib son; fe’l, bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’l.
Ko‘nikma: So‘z va iboralarni to‘g‘ri yoza olish; gaplarni ifoda mazmuniga ko‘ra farqlay bilish; gaplarni ohangga rioya qilib o‘qiy olish; gapning bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarini ajrata olish; gapni ikkinchi darajali bo‘laklar qo‘shib kengaytira olish; gapda so‘zlarni o‘rinli qo‘llay bilish; matnda so‘zlarni takrorlashdan saqlanish va sinonimlarni qo‘llay olish; diktant turlari: ta’limiy diktant va nazorat diktantini farqlay olish; ma’nodosh, qarama-qarshi ma’noli, shakldosh so‘zlar guruhini tuza bilish; xabarnoma, xat, alifbo tartibida ro‘yxat tuza bilish.
Malaka: 50-60 so‘zdan iborat diktantni matn asosida to‘g‘ri yozish; xabar, tasvir; ijodiy matnning mantiqiy izchilligiga rioya qilish; diktant turlarini farqlay olish: saylanma diktant, lug‘at diktant, ta’kidiy diktant, yoddan yozuv diktanti, nazorat diktanti, izohli diktant, ko‘rsatish diktantlarni yozish; taklif qilish, tabriklash kabi nutq madaniyatiga doir murojaat qoidalariga rioya qilish.
IV sinf Bilim: Uyushiq bo‘laklar; undalma; so‘z turkumlari: ot, otlarning turlanishi, egalik qo‘shimchalari, kelishik qo‘shimchalari; fe’l, fe’l zamonlari, fe’llarda shaxs-son qo‘shimchalari; sifat, sifat darajalari; son, sanoq son, tartib son.
Ko‘nikma: Ketma-ket kelgan bir xil unlilar imlosini ajrata olish; ketma-ket kelgan bir xil undoshlar imlosini farqlay olish; so‘z oxirida talaffuzda tushib qoladigan undoshlar imlosini farqlay olish; so‘z ma’nolarini farqlash va ularga so‘roq bera olish; so‘z va iboralarni to‘g‘ri yoza olish; gaplarni ifoda mazmuniga ko‘ra farqlay olish; gaplarni ohangga rioya qilib o‘qish va yozma to‘g‘ri shakllantira olish; gap tarkibida tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘ya olish; gapning bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarini farqlay olish; gapni ikkinchi darajali bo‘laklar qo‘shib kengaytira olish; gapda so‘zlarni o‘rinli qo‘llay bilish; egalik va kelishik qo‘shimchalarining
imlosini farqlay bilish; fe’l zamonlari, shaxs-son qo‘shimchalarining imlosini ajrata olish; sifat darajalarini to‘g‘ri qo‘llay olish; sanoq son, tartib sonlarning imlosini bilish; matndagi gaplarning mazmunan o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi, ko‘rsatilgan mavzu doirasida birlashishini anglay olish; tasvirda tilning ifoda vositalaridan foydalana olish; matnda so‘zlarni takrorlashdan saqlanish va sinonimlarni qo‘llay olish; diktant turlari: ta’limiy va nazorat diktantlarini
farqlay olish; ma’nodosh, qarama-qarshi ma’noli, shakldosh, uyadosh so‘zlar
guruhini tuza olish; so‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nolarini farqlay bilish;
xabarnoma, xat, tabriknoma, taklifnoma, e’lon yoza olish, ro‘yxat tuza
bilish.
Malaka: 75-80 so‘zdan iborat diktantni to‘g‘ri yozish; grammatik tahlil qilish
(fonetik, so‘z tarkibi, morfologik va sintaktik tahlil); xabar, tasvir,
muhokama elementli matn yaratish; ijodiy matnning mantiqiy izchilligiga
rioya qilish; diktant turlarini: saylanma diktant, lug‘at, izohli diktant;
ko‘rsatish, nazorat diktantlarini yozish; matndagi gaplarning mazmunan
o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligini anglash; bayon va insho yozish; iltimos,
minnatdorchilik, uzr so‘rash, taklif qilish, tabrik kabi nutq madaniyatiga
doir murojaat qoidalarini bilish.