16-mavzu: Yangi yilda yangi orzular (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan). (1 soat) O`quvchilarda yangi yil bayramida ezgu orzular bilan yangi yilga qadam qo’yish, maktabning odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish, yangi yilda tashkil etilgan bayram tadbirlarida namunali ishtirok etish xislatlarini tarbiyalash hamda o’quvchilar ongiga yangi yilda inson qalbi ham qor kabi oppoq bo`lishi lozimligini singdirish.
17-mavzu: Mardlar qo‘riqlaydi vatanni (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan). (1 soat) O‘quvchilar qalbi va ongiga Vatan muvaffaqiyatida o‘zlarining ham shaxsiy burchlari va mas’uliyatlari borligini chuqur singdirish, ularda ona yurtga mehr-oqibatli bo`lish, Milliy armiyamiz haqida ma’lumotlarga ega bo`lish, Vatan muammolarini o‘zinikidek qabul qilish, Vatan yukini o‘z elkasiga olish, mumkin qadar ona yurtiga foyda keltiradigan shaxs bo‘lib ulg‘ayish xislatlarini tarbiyalash.
18-mavzu: Mening mahallamda yashash yaxshi (Tarix fani oyligi doirasida). (1 soat) Mahallang – otang-onang, mahallamiz faollari, mahallamizdagi tadbirlar.
19-mavzu: O‘quvchilarning yo‘l transport hodisasi ro‘y bergandagi vazifalari (Yo‘l harakati qoidalari). (1 soat) Svetoforlarda yashil, sariq, qizil va oq rangli yorug'lik ishoralari qo'llaniladi. Qatnov qismidagi harakat yo'nalishi qarama-qarshi tomonga o'zgarishi tushuntirish.
20-mavzu: Salomatlik va shaxsiy gigiena (1 soat) Tanani parvarishlash ko‘nikmalarini shakllantirish. Sanitar-gigienik qoidalarni bajarish zaruriyati haqida tushunchalarni shakllantirish. O‘z sog‘lig‘iga avaylab munosabatda bo‘lishni tarbiyalash. Sog‘liqqa salbiy munosabatda bo‘lish va fikrlashni korreksiya qilish.
21-mavzu: Barkamol avlod orzusi (matematika, informatika fanlari oyligi doirasida). (1 soat) Dunyo ilmu-fanidan bebahra xalq, boshqalarga poymol bo’lur. Fan oyligini yuqori saviyada tashkil etish.