22-mavzu: Olamni mahliyo aylagan diyor! (O‘zbekiston BMTga qabul qilingan kunga bag‘ishlanadi). (1 soat)
Bugungi kunda BMTga 192 davlat kiradi. Shu jumladan Markaziy Osiyodagi barcha respublikalar. O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston unga bir kunda, 1992 yilning 2 martida qabul qilingan. BMT butun dunyoda tinchlikni saqlash, global muammolarni hal etish, ochlik va kasalliklarga qarshi birgalikda kurashish maqsadida tuzilgan xalqaro tashkilot ekanligi.
23-mavzu: Tabiat va biz (fizika, biologiya fanlari oyligi doirasida). (1 soat)
O‘quvchilar ongida atrof-muhitga, olam va odamga, hayvonot va o‘simlik dunyosiga mehr-muhabbat bilan munosabatda bo’lish, tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, atmosfera va atrof-muhit tozaligini asrash, tarixiy va tabiiy boyliklarni asrash tuyg’ularini shakllantirish.
24-mavzu: Onalarni ardoqlab (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan).
(1 soat)
O`quvchilarga aziz onajonlarimiz va opa-singillarimizga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo’lish tuyg’ularini singdirish orqali ularni “Ayolga e’tibor – kelajakka e’tibor”, “Ayol baxtli bo’lsa, jamiyat ham baxtli bo’ladi” degan g’oyalarga sadoqat ruhida tarbiyalash.
25-mavzu: : Suvni tejang - u hayot manbai. (1 soat)
Suv – hayot manbai. Gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvi milliy boyligimiz. O`quvchilarni tejamkorlikka o`rgatish, ularga ortiqcha isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslikni uqtirish orqali o’quvchilarning iqtisodiy savodxonligini, iqtisodiy ongini, iqtisodiy fikrlashi va iqtisodiy madaniyatlilik darajasini oshirish.
26-mavzu: Umrboqiy qadriyatlar (21 mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan).
(1 soat)
O`quvchilarda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimizga hurmat tuyg’ularini kuchaytirish orqali ular ongiga mehr-oqibat, insoniylik, milliyligini yo`qotmaslik, boy, asrlardan asrlargacha yetib kelayotgan urf-odatlarimizni saqlab qolish xislatlarini tarbiyalash.
Dostları ilə paylaş: |