28-mavzu: Velosiped, motosikl, hamda motorollerlarda odam va yuklarni tashishi qoidalari (Yo‘l harakati qoidalari 1soat) Velosiped, motosiklhamda motorollerlarda odam tashishga qo‘yiladigan talablar. Harakatni boshlashdan oldin haydovchining vazifalari. Bolalarni tashishda qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar. Yukni tashish, joylashtirish va mahkamlash qoidalari
29-mavzu: Ona zamin. (22 aprel xalqaro yerni muhofaza qilish kuni munosabati bilan) (1 soat) O‘quvchilarda ona zamin, ya’ni yer to‘g‘risidagi tushunchalarni shakllantirish. Uning tirik organizmlar uchun muhimligini tushuntirish
30-mavzu: Shaxsiy layoqatlar. (1 soat) Ilk o’spirinlik davridagi yoshlarning shaxsiy xususiyatlari va layoqatlar kurtaklarining birlamchi rivojlanishi to’g’risida tushunchalar berish
31-mavzu: Xotira –ulug’ qadriyat (9 may – Xotira va qadrlash kuni oldidan).
(1 soat) O`quvchilar qalbi va ongiga ajdodlar xotirasiga hurmat, tiriklarni qadrlash tuyg’ularini singdirish orqali ularda hozirgi kunlarimizga shukronalik, tinchlikning qadriga yetish hamda ajdodlarga munosib voris bo’lish xislatlarini tarbiyalash.
32-mavzu: Mening xarakterim, kamchilik va yutuqlarim. (1 soat) Shaxsning xarakteri, kamchiligi va yutuqlari uning atrofidagilari bilan bog’liqligi.
33-mavzu: Vaqtni qadrlash. (1 soat) Vaqt nima? G’. G’ulomning vaqt haqidagi she’ri, vaqtni sotib olib bo’lmasligi.
34-mavzu: Foydali va maroqli dam – mehnatga hamdam. (1 soat) O`quvchilarga yozgi ta’tilni mazmunli o`tkazish bo’yicha tavsiyalar berish, ularga yozgi oromgohlarga yoki cho`milish havzalariga borganda ehtiyot bo`lishlikni uqtirish.
8 – sinf (34 soat)
1-mavzu: Mustaqil O‘zbekiston farzandlarimiz. (1 soat) 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, shuningdek, “Faol investitsiya va ijtimoiy rivojlanish yili”, davlat dasturi, “Obod qishloq”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar kelajagimiz”, “Besh ijobiy tashabbus” kabi muhim dastur va rejalar doirasida olib borilayotgan tub islohotlarning ma`no – mazmuni va ruhi mujassam etgan holda singdirish.