10-mavzu: Bilimli yoshlar - yurt tayanchi (Rus tili fani oyligi doirasida). (1 soat) O`quvchilarga til – dil kaliti ekanligi haqidagi hikmatlarni uqtirib, Davlat tiliga bo`lgan hurmatni yanada rivojlantirish bilan bir qatorda o’quvchilar qalbi va ongiga boshqa millat va elatlar tillariga ham hurmat bilan munosabatda bo’lish tuyg’ularini singdirish.
11-mavzu: Bayrog‘imiz - faxrimiz (18 noyabr - O‘z. Res. Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan). (1 soat) O`quvchilarda davlat ramzlariga bo`lgan hurmatni rivojlantirish,O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ini yuksaklarga ko`tarishda ularning o’rni kattaligini uqtirish, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i o`zga yurtlarda ko`tarilganda g`urur va iftixor tuyg`usini oshirishini singdirish.
12-mavzu Yo‘l qoidasi - umr foydasi. (1 soat) O`quvchilarga yo‘l qoidasi – umr foydasi tushunchalarini shakllantirish.
13-mavzu: Qomusimiz- baxtimiz.(8 dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan). (1 soat) O`quvchilarda Konstitutsiya va qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo’lish, ularni o’rganish va amal qilish tuyg’ularini tarbiyalash hamda ular ongiga “jinoyat jazosiz qolmaydi, har kim qilmishiga yarasha javobgarlikka tortiladi” degan qoidani singdirish.
14-mavzu: O‘zbekiston - Sharq mash’ali (10 dekabr - O‘z. Res. Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan). (1 soat) O`quvchilarda davlat ramzlariga bo`lgan hurmatni rivojlantirish, ular ongiga O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini har bir fuqaro bilishi, yoddan ayta olishi, hurmat qilishi, mazmunini anglashi, davlat madhiyasi matni va musiqasi mualliflarini bilishi lozimligini singdirish.
15-mavzu: Maktab o‘quvchilari jinoyatchilikka yo‘l qo‘ymaydi. (1soat) Maktab o‘quvchilari o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish va uni oldini olish. Tartib intizom va va ma’suliyatni kuchaytirish.