Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni
to‘g‘ri talaffuz qila olish, ularni nutqda belgi va faoliyat bildiruvchi so‘zlar bilan
qo‘llab, gaplar tuza olish.
26-27-mavzu. Yangi yil bayrami. (2 soat, A1+3 soat)
Lug‘at: yangi yil, atrofida, turli, bezadik, yalmog‘iz, niqob kiygan,
quvnoq, supurgiga mingan, aytdilar, tabriklayman kabi tayanch so‘zlar (1
soat). -sin qo‘shimchali buyruq-istak fe’lining qo‘llanishi (1 soat).
Nutq namunalari: Yangi yil bayrami boshlandi. Archamizni turli
o‘yinchoqlar bilan bezadik. Archa atrofida niqob kiygan bolalar o‘ynadi. Anvar
tulki bo‘ldi, Saida quyon bo‘ldi. Hamma raqsga tushsin. Qorqiz qo‘shiq aytdi.
Supurgiga mingan yalmog‘iz ham keldi. Yangi yil bilan tabriklasin. Yangi yilingiz
bilan!
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar
Tinglab tushunish va so‘zlash: mavzuga oid savollarga javob bera olish,
mavzuga oid sodda gaplar tuza olish. Tinglab yoki o‘qib, eslab qolingan matnning
asosiy mazmunini so‘zlay olish.
Talaffuz qilish, yozish va o‘qish: E – u tovushlarning talaffuzini ona tilidagi
shu tovushlarni ifodalovchi harflar bilan qiyoslab, farqlagan holda o‘qiy olish,
buyruq-istak fe’llarini talaffuz qila olish va ko‘chirib yoza olish.
28-30-mavzu. Kun tartibi. (3 soat, A1+:4 soat)
Lug‘at: kun tartibi, ertalab, kunduzi, kechqurun, badantarbiya,
kiyinaman, nonushta, tushlik, kechki ovqat, turaman, yotaman, ketaman,
kelaman kabi tayanch so‘zlar (1 soat).-dan qo‘shimchasi, qayerdan? so‘rog‘i (2
soat).
Nutq namunalari: Har kuni tartib bilan qanday ishlarni bajarasan? Ertalab
turaman va yuz-qo‘limni yuvaman. Keyin badantarbiya qilaman. Maktabdan kelib
ovqatlanaman.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar
Dostları ilə paylaş: |