O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi ona tili adabiyot


muntazam, salomatlik garovi, sog‘lom turmush, musobaqada qatnashmoq



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə211/229
tarix26.08.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#140592
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   229
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi-fayllar.org (1)

muntazam, salomatlik garovi, sog‘lom turmush, musobaqada qatnashmoq, 
Barkamol avlod” musobaqalari kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Ko‘makchilar (1 soat), ularning qo‘llanishi (2 soat).
Adabiy o‘qish: salomatlik va sportga oid matnlar, rivoyatlar, maqollar,
she’rlar.



193


47-49-mavzu. Mening orzularim. (3 soat, A2+: 4 soat) 
Leksika: yozgi ta’til, yozgi yumushlar, ta’til rejasi, turli sayohatlar, zilol 
suvlar, bepoyon qirlar, so‘lim oromgohlar, kuch-quvvat yig‘ib qaytish, dam 
olish kerak, uy yumushlariga yordam berish, bajarish lozim kabi tayanch
so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Yuklamalar (1soat), ularning qo‘llanishi va imlosi (2 soat).
Adabiy o‘qish: mavzuga oid matnlar, suhbatlar, she’rlar.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar 
Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish
kompetensiyalar:
A2 
mavzu bo‘yicha suhbatlar, qoidalar va ular bilan bog‘liq topshiriqlarni tinglab
tushuna oladi;
grammatik bilimlarni mustahkamlashga doir savollarga javob bera oladi;
mavzuga oid dialoglarda so‘zlovchining fikriga munosabat bildira oladi;
matnlar mazmuni bo‘yicha savollar tuza oladi va o‘zaro suhbatlasha oladi;
ko‘rsatilgan o‘quv filmi mazmunini so‘zlab bera oladi;
matndan grammatik mavzuga doir birikmalar va jumlalarni ajratib yoza oladi;
mavzu bo‘yicha berilgan matnlarni to‘g‘ri o‘qiy oladi, she’rlarni o‘qib,
yoddan ayta oladi;
grammatik bilimlardan qo‘shma, juft, takror so‘zlar va sifatlar, to‘liqsiz
fe’llar, buyruq istak maylidagi va shart maylidagi fe’llar; kerak, zarur, shart
so‘zlari; ko‘makchilar va yuklamalarning qo‘llanishiga oid og‘zaki va yozma
topshiriqlarni bajara oladi.
e’lon, tabrik, taklifnoma matnlarini yoza oladi.
berilgan savollar, tayanch so‘zlar yoki rasm asosida 15-20 ta gapdan iborat
bog‘lanishli matn tuza oladi.
o‘rganilgan mavzular bo‘yicha 51-60 ta gapdan iborat diktant yoza oladi;
A2+ 
mavzu bo‘yicha monologik matnlar yoki dialogik muloqotlar mazmunini
tinglab tushuna oladi;
audiovideo vositalar yordamida eshittirilgan matnni yoki namoyish etilgan
filmning mazmunini tinglab tushuna oladi;
tavsiya etilgan hikoya, rivoyatlarning mazmunini so‘zlab bera oladi;
mavzu bo‘yicha berilgan matnlarni to‘g‘ri, ravon o‘qiy oladi, she’rlarni
ifodali o‘qib, yoddan ayta oladi.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   229




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin