nigohida, o`quvchining nigohida,
Savol va topshiriqlar
1. Munosabat bilan bog`liq vaziyat va nizolarni ko`rsatib bering.
2. Pedagogik nizolarning ba`zi xususiyatlari nimalarda?
3. Pedagogik faoliyatda aloqa o`rnatish metodlarini sanab bering.
4. O`quvchilar bilan uchrab turadigan vaziyat va nizolarni ko`rsating.
5. O`smirlik yoshida murakkab pedagogik vaziyatlarning kelib chiqishini ko`rsating
Adabiyotlar
1. Karimov I.A. ―Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori‖.-T, ―SHarq‖, 1998 y.
2.Voronin G.L. Konfliktы v shkole. Sosiologicheskie issledovaniya №3, 1994 g.
3.Liseskiy
K.S.
Preduprejdenie
mejlichnostnыx
konfliktov
v
sisteme
otnosheniy
starsheklassnikov A/R dissertasii M., 1994.
4.Rыbakova M.M. Konflikt i vzaimodeystvie v pedagogicheskom prosesse. – M.: Prosveщenie,
1991.
5.Podlasыy I.P. Pedagogika. – M.: Vlados, 2003.
MUNOSABAT BILAN BOG`LIQ VAZIYATLAR VA NIZOLAR.
Nizoli munosabatlar asosan o`kituvchining vaziyatni o`quvsiz hal etishi oqibatida yuzaga
keladi va odatda, ular uzok muddatli nizoga sabab bo`ladi. Nizoli munosabatlar shaxsiy
mohiyatga ega bo`lib, o`kuvchining o`qituvchini yoqtirmasligi yoki nafratini shakllantiradi, uzoq
muddatga o`zaro munosabatlarga putur etkazadi va o`quvchida adolatsizlikdan va katta
yoshdagilarning tushunmasligidan himoyalanishga qat`iy ehtiyojni tug`diradi. Uqituvchi va
o`quvchi o`rtasidagi yuzaga kelgan vaziyatga karab, mohiyatiga qarab ularning o`zaro
munosabatlarini harakterini aniqlash mumkin. Uquvchilar bilan o`zaro munosabatlar harakterini
aniqlash o`qituvchi uchun oson ish emas: ular orasida o`qituvchi bilan hamfikrlilari bor,
betaraflar bor, ko`pchilikka ergashuvchilari bor, qarshilar bor, norozilari bor. Bir guruh yoki sinf
bilan nizoli vaziyatlarga tushub qolish og`ir, o`qituvchi bundan qattiq istirob chekadi. Bunday
vaziyat qachon yuzaga keladi? Qachonki o`qituvchi o`zining munosabatlar harakterini bolalarga
majburlab o`tkazishga (singdirishga) harakat qilsa, ulardan javob tariqasida xurmat va
muhabbatni talab kilsa, Hurmat talab qilishdan avval o`zi ularni hurmat qilsin. Uzgadan kanday
muhabbat talab qilish mumkin, zi muhabbat ko`rsatmay turub, Ahir xalqimizda ham naql
mavjud: "Birovning hurmatini qozonmokchi bo`lsang, avval o`zing uni xurmat qil. Birovning
sevib qolishini istasang, avval o`zing sev", bu naql zamirida asl haqiqat mujassamlashgan.
Uqituvchi va o`kuvchilar orasidagi o`zaro munosabatlar maznun va mohiyatiga karab ham
turlichadir. Bu tashqariga chiqishi ham mumkin. O`qituvchi ularning qiziqishlarini o`rganishi
mumkin, yashash sharoiti va darsdan bo`sh vaqtlari bilan qiziqishi mumkin. Bu holatlar o`z
o`rnida vujudga keladigan vaziyat va nizolarning tarbiyaviy qadriyatlaridan foydalanish
imkoniyatlarini yaratadi. Aks holda o`zaro munosabatlarga darz ketadi. Ko`p xollarda pedagogik
vaziyatlar o`qituvchining` qo`polligi tufayli nizo darajasigna ko`tariladi. Aksariyat o`qituvchilar
doimo o`zlarini haq deb biladilar, yo`l qo`yilgan hatolarni topa olmaydilar, mavjud variantlarni
yumshatishda tashabbusni o`z qo`llariga olmaydilar, har kanday holatda ham o`quvchilarni
ayiblashga
oshiqadilar.
Bularning
barchasi
yuzaga
keladigan
vaziyatlarni
yanada
murakkablashtirish bilan birga o`rtadagi o`zaro munosabatlarga uzok muddatli salbiy ta`sir
ko`rsatadi. Uqituvchining pedagogik faoliyatidagi har kanday vaziyat, hatti-harakat va hatto
nizolar ham ularni oqilona tahlil qilish orqali o`kuvchi shaxsi haqida kimmatlim' ma`lumot
manbani bo`lib xizmat qilishi mumkin.
PeDAGOGIKA NIZOLARNING BA`ZI XUSUSIYATLARI.
Ular orasida kuyidagilarni ajratib ko`rsatish mumkin:
Pedagogik vaziyatni pedagogik nuqtai nazaridan to`g`ri hal etishda o`kituvchining kasbiy
ma`suliyati: axir maktab-jamiyat modelidir, o`quvchilar u erda kishilar orasidagi
munosabatlarning ijtimoiy me`yorlarini o`zlashtiradi:
Nizo ishtirokchilari turli ijtimoiy maqomga egadirlar (o`kituvchi-o`quvchi) aynan mana
shunga bog`lik. Ularning nizo jarayonida tutgan o`rni: tomonlar orasidagi yosh va xayotiy tajriba
tafovuti ularning nizoli vaziyatlarda turlicha harakatlanishiga olib keladi, bu o`z o`rnida nizoni
hal kilishdagi yo`l qo`yilgan hatoga javobgarlikning turlicha darajalarini keltirib chikaradi:
Voqea va ularning sabablarini tomonlarning talqin kilishi (nizo "Uqituvchi nigohida",
"Uquvchilar nigohida" turlicha kabul kilinadi), shuning uchun bolaning ichki his-tuygularini har
doim to`g`ri aniqlay olish o`qituvchi oson ish emas, Uquvchi esa o`zini ko`lga olishda, aql bilan
ish tutishga ojizlik kiladi:
Nizo jarayonida ishtirok etayotgan boshqa o`quvchilar voqea guvohiga aylanishadi, nizo
ular uchun tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi: o`qituvchi buni har doim yodda tutishi lozim. Nizo
ishtirokchisiga aylangan o`kituvchi kasb taqozosiga ko`ra uni hal etishda tashabbusni o`z qo`liga
olishi lozim va birinchi o`ringa shaxs sifatida shakllanayotgan o`quvchi manfaatlarini ko`yishi
maksadga muvofiq:
2. SINF BILAN DASTLABKI UCHRASHUV TANISHUV VARIANTLARI.
O`quvchilar bilan o`rnatiladigan munosabat ko`p jihatdan o`qituvchining sinf bilan
dastlabki uchrashuvni kanday tashkil etishiga bog`liq. Oxir oqibat bu holat pedagogik faoliyat
muvaffaqiyatini belgilaydi.
O`smirlik yoshidagi har bir bola uchun u bilan aloka o`rnatayotgan yangi kishi qiziqarli
tuyuladi, shuning uchun ular yangi o`qituvchini faol o`rganishadilar, O`kuvchilarning har bir
hatti-harakati, qiliklari o`qituvchi nazariga tushushga qaratilgan, ular o`zlarini ko`rsatishga
oshiqadilar. Ammo bularning barchasi o`qituvchi kutganidek namoyon bo`lavermaydi.
Eng yaxshisi o`qituvchi-har bir tasodifiy kutulmagan voqeaga betakror munosabat
bildirib borishi tavsiya etiladi, ammo har qanday holatda baqir-chaqirsiz do`q-po`pisasiz yoki
maktab ma`muriyatini sinfda tartib o`rgatishga chakirishsiz. Dastlabki uchrashuvda o`qituvchi
o`zining ular bilan tanishayotganligidan samimiy xursand ekanligini ko`rsata bilishi o`kuvchilar
chun o`ta kadrli hisoblanadi. SHu bilan birgalikda u o`quvchilarga qiziqayotganligini, ular bilan
hamkorlik o`rnatishga moyilligini xotirjam va yoqimli tarzda namoyon eta bilishi zarur.
Dastlabki uchrashuvda o`kuvchilarning o`zini tutushlari variantlaridan bir nechasini misol
tariqasida keltiramiz. (O`qituvchi fikrlaridan). "6-sinfda matematika o`kituvchisi birinchi darsida
yangi mavzuni tushuntirishni boshlashi bilanok orqa o`rindikdan o`ziga qaratilgan" "Oxo`-o`,
kiyinishni qaranglar" degan gapni eshitdi. "Boshka maktabdan o`qituvchi ishga keldi. "8-
sinflarga dars berishdi". O`quvchilar uni odatdagidek kutib olishdi, ammo dars boshlanishi bilan
hamma og`zilarini yumgan holatda shovkin ("m-m-m") ko`tarishdi. Ularning yuzlaridan hech
narsani ilg`ab bo`lmasdi. Kim shovqin ko`tarayotganligini aniqlash mumkin edi. Uqituvchi
darsni davom ettiraveradi. SHovqin to`htamadi shunda tushundiki, bolalar uni irodasini sinovdan
o`tkazishmoqda va albatta undan qandaydir munosabat kutmoqda. O`qituvchi hech narsa
bo`lmagandek darsni davom ettiraverdi. "Kuylash" to`htatildi, ammo o`kituvchi buni ham go`yo
sezmagandek edi. Bir-birini o`zaro o`rganish faoliyatning birinchi oyi davomida uzluksiz olib
boriladi, shuning uchun o`quvchilar kutilmagan qiliqlarni chiqaradi, o`zlikni namoyon etadilar.
O`qituvchining e`tiborini qaratishga urunadilar. Ammo bu harakatlarning aksariyati asossiz va
taktsizdir. "YAqinda ish boshlagan o`qituvchi ishda bo`shatish haqidagi ariza bilan direktor
huzuriga kirdi. CHima bo`ldi? Darslarning birida o`kituvchi doskaga sana va mavzuni yozish
uchun o`chirilganda, orkadan hushtak ovozi eshitildi. O`kituvchi o`girildi va hushtak chalganni
o`rnidap turishni talab qildi, sinf jim. O`qituvchi darsni to`htatdi, ammo ayibdor topilmadi. Sinf
yigilishi samara bermadi. Hech kim tan olmadi. O`qituvchi dars o`tishdan bosh tortdi va hatto
ishdan ketishga ariza yozdi. Har qanday taklif va mulohazalar uni bu yo`ldan qaytara olmadi.
Arizaga rozilik bildirishdan boshqa chora qolmadi.
ALOQA O`RNATISH AMALIYOTIDA IKKI HODISA
Quyida qiyoslash uchun ikki o`qituvchining o`quvchilar bilan pedagogik faoliyatda aloqa
o`rnatish metodlarini ko`rib chiqamiz. "Murakkab sinf: 4-sinfdan boshlab sinf rahbari 3-marta
o`zgardi, 7-sinfda esa sinf rahbari etib shu yil bitirgan yosh o`qituvchi tayinlandi, u ham olti
oydan so`ng homiladorlik dikretiga chiqib ketdi. YAngi sinf rahbari u ham matematika
o`qituvchisi 33 yil ish stajiga ega. Hozirgi yoshlarni, uning so`zi bo`yicha tushunmaydi. Birinchi
tarbiyaviy soatni u jurnaldagi baholar tahlilidan boshladi, ba`zi o`kuvchilar nomiga ki^oyali
so`zlar yo`lladi. Sinfda intizom o`rnatish zaif boshlandi, o`quvchilar bilan aloqa o`rnatilmadi.
Keyingi tarbiyaviy soatga o`qituvchi kelmadi. O`qituvchi stolida "Agar shunday davom etsa, biz
maktabga kelmaymiz" mazmunidagi xat paydo bo`ldi. Sinf rahbari maktab direktoriga murojaat
qildi.
Direktor o`z o`rnida kechiktirmasdan bugun kechgayoq sinf onnf faollarini maktabda
to`planishga chaqirdi. Maktabga sinf yoshlar etakchisi va sinf sardori keldilar. Sinf rahbari yana
ulardan nima uchun ketib qolganliklarini aniqlay boshladi. Suhbat samarasiz bo`ldi, yoshlar
etakchisi yig`lagan holatda uyga ketdi, ertasi kuni sinf bolalaridan hech kim maktabga kelmadi".
Ikkinchi bir misol. "Maktabda 7-"b" sinf bezori sinf sifatida tanilgan. Birinchi chorak davomida
sinf rahbari ikki marta o`zgardi. Ulardan biri erkak kishi, kuchli, irodali. "Men ularni qayira
olaman"-der edi har doim o`qituvchilar xonasida. Ammo o`quvchilarni "Sindirish" oson ish
emas. Kunlarning birida o`qituvchi o`zini tiyib tura olmadi va o`quvchilardan birini urib yubordi.
Natijada, u o`zi maktabdan ketishga majbur bo`ldi, Boshqa sinf rahbari o`zgacha yo`l tutdi. U
so`z san`atining cheksiz imkoniyatlariga ishonar edi va u har kuni bolalarni tartibli, intizomli
bo`lishlariga da`vat qilar edi. Uquvchilar va`da berishsa-da, tartibsizlikda davom etardi. Birinchi
chorak yakuniga boshqa o`qituvchini sinf rahbari etib tayinlashdi. U dastlab rozi bo`lmadi, uni
zo`rg`a ko`ndirishdi. Bu o`qituvchi shu sinfda dars o`ta turib, tanaffusga 10 dakiqa qolganida
sinf raxbari etib tayinlanganini e`lon qildi. Biz yukorida bu ikki misolni bekorga keltirmadik.
CHunki o`qituvchining aloxida o`quvchilar bilan aloqasi va o`zaro munosabati, sinfda yuzaga
keladigan turli vaziyat va nizolar harakteri va ularni hal etish asosan sinf rahbarining
(o`qituvchining) shaxsiy sifatlariga, o`quvchilar bilan o`rnatiladigan munosabat usullariga
bevosita bog`liq.
3.I-IV-SINF O`QUVCHILARI BILAN UCHRAB TURADIGAN VAZIYAT VA
NIZOLAR
O`qituvchi va o`quvchi o`rtasidagi yuzaga keladigan vaziyat va nizolar turli yosh
boshqichlarida ulg`ayib borish natijasida o`zgarib boradi. Kichik maktab yoshidagi
o`quvchilarning o`kituvchi bilan o`zaro munosabati bolaning o`qituvchiga yaqinroq bo`lish,
uning e`tiboriga tushish, yoqish istagi, turli topshiriqlarni bajarish bilan kuvontirishning yorkin
namoyon bo`lishi doirasida amalga oshadi. Bu yoshda o`qituvchi uchun ochiq, shuning uchun,
odatda, pedagogik vaziyatlar nizo darajasiga ko`tarilmaydi, mabodo yuzaga kelsa ham,-buning
asosida o`kituvchi e`tiborini o`ziga qaratish istagi yotadi. Bu yoshdagi bolalarning muhim
xususiyati shundan iboratki, ular o`z hissiyot va hatti-harakatlarni deyarli nazorat qilisha
olmaydi. Bu ularning yuzaga kelgan vaziyatga kutilmagan tarzda (yig`i, tez hafa bo`lish, xayrat)
munosabat bildirishlarida namoyon bo`ladi. Ko`pgina bolalarda sabrsizlik, doim o`kituvchiga
murojaat kilaverish, maqsadsiz savollar berish, diqqatni jamlay olmaslik kabilar yorqin namoyon
bo`lib turadi. Mashg`ulot jarayonida qat`iy talab va boshqaruv, dars sur`ati bu yoshdagi
o`quvchilarni tez toliqtiradi. Bu toliqishlar turlicha ko`rinishga ega: uykusirash, befarqlik,
sho`xlik, o`jarlik va boshqalar. O`jarlik ko`p hollarda "qituvchi gapini eshitmaslikda namoyon
bo`ladi. "Qancha gapirma, farki yo`k, u baribir hech narsani gushunmaydi. So`zni qanday
yozishni necha marta tushuntirma, u baribir hato qilaveradi, to`g`ri yoza olmaydi. U bilan ishlash
befoyda"-bu toifadagi bolalarga o`qituvchi uz fikrini mana shu kabi ifodalaydi. Bunday baho
o`quvchining bilish faoliyatini zaiflashtiradi, shunday bo`lsada ba`zi bolalar qo`rquv bilan hech
qanday qiziqishsiz o`qituvchi nazoratida topshiriqni bajaradilar. "O`kuv yili boshida o`kituvchi
3-sinfda mushuk hakida xikoyani aytib bermokda. Bir bola mushuk ovoziga taqlid qilib ovoz
chiqardi ("Miyau-miyau"). O`qituvchi bu o`kuvchining kundaligiga ikki baho ko`yish bilan jazo
chorasini qo`lladi. O`quvchi o`rniga o`tirdi va sekin baho qo`yilgan varaqni yirtib oldi. Buni
ko`rgan o`qituvchi uning sinfdan chikib ketishini talab qildi. O`quvchiga bu yoqib tushdi.
O`quvchi chiqib ketdi. Ueshikni sekin ochdi-da yana bir marta o`sha ovozni takrorladi. Sinfda
kulgu ko`tarildi. O`qituvchi ko`zda yoshi bilan ma`muriyatga, murojaat qildi. U bolaga nisbatan
barcha choralarni qo`llaganligini, foyda bermaganligini ma`lum qildi va uni boshqa sinfga
o`tkazib yuborishini talab qildi. O`quvchini boshqa sinfga o`tkazishdi. Bolaning oilasida avval
murakkab edi. U tarbiyani faqat oilada olar edi. Bu kabi vaziyatlar nisbatan keng tarqalgan.
Ularning asosiy sababi bolaning o`z hatti-harakatini to`liq boshqara olmaslik va o`kituvchining
bularni bezorilik sifatida baholashidadir. Natijada o`qituvchi bu bolaning o`rtoqlariga
quyidagicha fikr bildiradi: "Nasim yomon bola, men u bilan do`stlashmayman, u o`qituvchini
hafa qildi, o`qituvchi uni darsdan chiqarib yubordi". Sinfda tortishuv, janjal boshlashadi.
Uqituvchi ularni ajratadi, barcha ayibni, mohiyatni chuqur tushunmasdan, o`sha bolaga
ag`daradi.
YANA BIR QIZIQ VAZIYAT.
"O`kituvchi yozma ish daftarlarini bolalarga tarqata turib, nisbatan yaxshi bajara
olmaydigan bir necha o`gil bolalarning ishlari bu gal ancha yaxshilanib qolganini ma`lum qildi
va maktab kuydi. Bundan ko`zlangan maksad-ularga nisbatan o`quvchilarning munosabatini
o`zgartirish, ularning o`zlariga esa-o`z kuchlariga ishonch uygotish edi. Tanaffusda bir necha kiz
ko`zlarida yoshi bilan hafa holatda dedi: "Siz nega bugun bizni maqtamadingiz, axir biz "5" baho
olganmiz, ular esa "4" , SHunday bo`lsada siz ularni maqtadingiz". Bu vaziyat shuni
ko`rsatadiki, bolalarga munosabatlarda egoizm va shaxsiy muvaffakiyatlar o`zgalar
muvaffaqiyatidan quvona olmaslikni keltirib chiqaradi. Biz esa bu usuldan tez-tez
foydalanishimiz zarur.
MAKTABDAN QO`RQISH
Keyingi paytlarda bolaning maktabga moslashishi bilan bog`lik bo`lgan vaziyatlar soni
bir muncha ko`paydi. Bu turlicha namoyon bo`lmokda: maktabga borishni xoxlamaslik, o`jarlik,
ba`zan o`kituvchiga, "Qasdlashish" maqsadida. Moslashishda qiynalayotgan bolalarni o`qituvchi
o`z vaqtida aniklay ola bilishi zarur va ularga yordam berishning turli variantlarini ishlab
chiqishi takozo tiladi. Bundan tashqari ba`zi bolalarda ichki qo`rquv mavjud bo`lib, bu ularning
erkin harakatlanishiga, o`qituvchi savollariga javob berishiga halaqit beradi. Bunday hollarda
o`qituvchi ularga alohida e`tibor va mehr ko`rsatishi, moslashishni engillashtiradi. Aks holda bu
holat bolalarda barqaror tus olib, ta`lim olishga va umuman, maktabga nisbatan salbiy
munosabat shakllanib ulguradi. Maktabga moslasha olmaslikning yana boshka keng tarqalgan
sabablaridan biri og`zaki nutqning rivojlanmaganligi oqibatida aloqa o`rnatish ko`nikmalarining
mavjud emasligidir. Ko`p hollarda yuzaga kelgai vaziyat bolalar asab tizimining barqaror
emasligi oqibatida nizo harakterini oladi. Bunday bolalar asosan jizga^ak, yigloqi. asossiz
harakatlanish, kayfiyatning o`zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Kichik maktab yoshidagi
bolalarda hatti-harakat bilan bog`liq nizolar xos. Bu nizolar zamirida o`yinga bo`lgan ehtiyoj
yotibdi, o`yinlar esa bola uchun eng kadrli mashgulot ekanligini unutmaslik zarur.
4.V-VSH-SINF O`QUVCHILARI BILAN UCHRAB TURADIGAN VAZIYAT VA
NIZOLAR
O`smirning ruxiy portreti. O`quvchilarning o`smirlik yoshida murakkab pedagogik
vaziyatlar soni sezilarli darajada ko`payib boradi, ularning ko`pchiligi nizo harakteriga ega.
/kuvchilarning mazkur ziddiyatli davrida atrof-muhitdagi voqea-hodisalarga faol munosabat
bildirishi kuzatiladi. Bu yoshda ular voqealarning shunchaki guvohigina bo`lib kolishni
xohlamaydi, balki ular o`zlarida jarayon ishtirokchisi bo`lish ehtiyojini sezadilar, o`zini
faoliyatda ko`rsatishni istaydilar, o`z munosabatlarini bildirish harakatida bo`ladilar. Ammo ular
hali aralashuv oqibatlari nima bilan yakun topishini tasavvur eta olmaydilar. Mana shu asosiy
ehtiyoj o`kuvchini bu yoshda faollashuviga turtki bo`ladi. Bu ehtiyojlarga quyidagilarni kiritish
mumkin:
-o`spirinning o`zini ko`rsatishga bo`lgan ehtiyoji kizikuvchanlik va o`zini hurmat kilish
oqibatida, o`zfikrini himoya qilishida qo`pol muomalaga ko`pol munosabat bildirishida namoyon
bo`ladi:
-jinsiy etilish o`z kuchini ko`rsata boshlaydi: o`g`il bolalar "erkaklarcha" hatti-harakatlarini
namoyish eta boshlasa, qizlar esa- "ayollarcha" , bu holatlar ayol o`qituvchilarni kabul kilmaydi
va natijada nizoli vaziyatlar yuzaga kela boshlaydi:
-ular nafaqat o`qishga, balki ko`p hollarda "Nimanidir bajarishga" ehtiyoj sezadilar. Taniqli olim
Simonova P.V. fikricha aynan mana shu yosh bosqichida ular barcha narsada qoniqishni juda
istaydilar. O`zini tengdoshlariga ko`rsatishni xohlaydi va ular buni qadrlaydi, tengdoshlarining
bahosi ko`p hollarda o`qituvchi bahosidan uning uchun ahamiyatliroq, boshqalar uchun
ahamiyatli bo`lish, o`zining shaxsiy sifatlari, yutuq va kamchiliklari bilan kimgadirkerak yoki
ahamiyatli bo`lish, tengdoshlari va katta yoshdagilar nigohida o`zini "yaroqsiz" sezishni
xohlamaslik kabi ehtiyojlar faol harakatlanish sabablaridir. O`spirinda tengdoshlari davrasiga
qabul qilinish istagi muhim ahamiyatga ega. Davraga qo`shilishi bilan u o`zining shaxsiy
sifatlarini tartibga soladi, o`zicha baholab ko`radi. Tengdoshlariga birlashish bilan birga u jamoa
kuchini seza boshlaydi. Bu esa o`zining shaxs sifatida namoyon etishning jiddiy birinchi
ko`rinishidir. "Mana, adabiyotdan "4" , "4" , mana "5" , matematikadan esa "3". SHu masalada u
bilan ishlash kerak. Matematika o`kituvchisiga uchrashib, maslaxatlashib oling"-deydi va shu
bilan suhbat yakunlanadi. Bu bilan bolaning o`qishdagi muvaffakiyatlari ham o`z ahamiyatini
yo`kotadi, uning o`rnini shaxs sifatida shakllanayotgan hulq-atvor egallaydi. Sub`ektiv
baholashdagi bunday tafovut vaturli fikrlilik o`kuvchi bilan o`rnatiladigan o`zaro munosabatga
putur etkazadi.
"VP-SINF O`QUVCHILARI QUVNOQLAR VA ZUKKOLAR"
Darsdan so`ng tanlov boshlanadi. Sinf o`kuvchilari geografiya o`qituvchisining darsdan
javob berishiga umid qilishar edi. Kimdir kiyim olib kelishi kerak, yana boshqasi o`ziga
yuklatilgan vazifani oxiriga etkazishi zarur.
-Tanlovga kiyim olib kelishim uchun menga ertarok javob bersangiz, iltimos, - dedi bir
o`quvchi.
-Yo`q, avval sendan vazifani so`rayman, keyin ketishing mumkin. - bu o`qituvchining
javobi. O`kuvchi hafa bo`lib o`rniga o`tirdi. Sinfda majburiy sukut hukumron. O`kituvchi o`sha
o`quvchini doskaga javob berish uchun chaqirdi: -Qani javob ber, gapir. -Tayyor emasman, -
dedi o`quvchi. -Ikki, endi kiyim uchun ketishing mumkin. O`quvchi eshikni tepib chiqib ketdi".
Bu o`rinda o`kituvchining harakatini pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq deb hisoblash
mumkinmi?
BOSHQA NIZOLI VAZIYAT.
"Matematika o`kituvchisi dars o`tayapti. Sinfda biroz shovqin bor, o`quvchilar o`zaro
gaplashib o`tirishar edi. O`qituvchi ko`ziga doim Salim ko`rinib kolar edi. U sinf faoli,
qobiliyatli, egoistroq, ammo juda harakatchan bola. O`qituvchiga Salim hammadan ko`prok
gapirayotgandek tuyuldi. -Salim gaplashishni to`htat, aks holda seni darsdan chiqarib
yuboraman,-deb tanbeh berdi o`qituvchi bir necha marta. -Hamma Salimni ko`radi, nima bo`lsa
men ayibdor. Go`yo oitta men gaplashayotgandek,-dedi Salim hayratlanib.
-Hoziroq chiqib ket va qaytib mening darsimga kirma!-baqirdi o`qituvchi. O`quvchi
darsdan chiqib ketdi va boshqa-ish darsga kirmay ko`ydi."
Bu xolatda o`qituvchi o`zi nizoga borayapti-ku. U nizoning oldini olishga harakat xam
kilgani yo`q. Kundalikka ko`yilgan baho esa jazo chorasi edi. Bu chora ular orasidagi
munosabatga butunlay chek qo`ydi. Bu kabi nizolar uzok muddatli harakterga ega bo`ladi,
o`qituvchining kichik tanbehi ham javobsiz kolmaydi, Tartibbuzar sinfdoshlari e`tiborini o`ziga
qaratishga harakat qiladi.Sinfdoshlar esa uni bu yo`ldan kaytarmaydi, aksincha, sukut va kulgu
bilan ko`llab-quvvatlaydi.
Ko`pincha o`qituvchilarning o`zlari ham dars jarayonida o`quvchi hulqini tuzatishga
karatilgan tanbehning ijobiy ta`sir kilmasligini biladilar: "Unga hech qanday gap ta`sir qilmaydi,
u bilan gaplashishning foydasi yo`k"-bu o`kituvchilar fikri, unday bo`lsa, tanbehning nima
keragi bor. "O`rganib kolganmiz, umumiy tartib uchun"-deb javob beradi o`qituvchilar. Bunday
vaziyatlar bo`lishi muqarrar, faqat ularni birmuncha oldin sezish, ruxan tayyor bo`lish,
keskinlashib ketishiga yo`l ko`ymaslik zarur. Bunga faqat o`kuvchilar bilan darsdan tashqari
faoliyat va muloqotlarda yaxshi alokalar o`rnatish orqaligina erishish mumkin. O`zlarining
samimiyligi va adolatliligi orkali hurmat kozongan o`qituvchilar bilan o`quvchilar kam hollarda
nizoga boradilar, ularning darslarida tartib-intizomga rioya qiladilar. Ko`plab o`kituvchilar ba`zi
o`kuvchilarga tanbehning befoyda ekanligini biladilar, aksincha ular o`kituvchiga o`z
munosabatlarini so`z zarbalari" orqali bildiradilar. Bularning barchasi boshqa o`qituvchilar
guvoxligida amalga oshiradi. Tengdoshlarning guvohligi o`kuvchini ilhomlantiradi. O`qituvchi
hurmatiga va uning ijtimoiy maqomiga putur etadi. Albatta u asabiylashadi, o`zini ancha nokulay
sezadi va jahli chikadi. Jahl holatda esa o`kituvchi o`z harakati va gapini nazorat kila olmaydi.
Quyidagi misolda o`qituvchi yuzaga kelgan vaziyatdan hech qanday baqir-chaqirsiz va o`kuvchi
shaxsiga tegmasdan chikib keta olishi namoyon bo`lgan. "O`tgan chorakda 8-sinfda fizika
darsini o`tdim. O`quvchilarning ko`pchiligini o`g`il bolalar tashkil etadi. Ular nimadandir
ta`sirlangan shekilli, bezovta edilar, bir-biri bilan gaplashar, boshqa ish bilan band edilar. Dars
Nyutonning birinchi qonuniga oid edi. Darsga bir necha qiziqarli topshiriqlar tayyorlagan edim.
Dars ishchan kayfiyatda o`tishiga ishonardim. Ammo kutilgandek bo`lmadi. Kitob va boshqa
tayyorlangan materiallarni tezda yig`ishtirdim va xotirjam dedim!" Ko`rinib turibdiki,
barchangiz o`z ishlaringiz bilan bandsizlar. Men esa darsda sizlarga qiziqarli tajribalarni
ko`rsatishni rejalashtirgan edim. Buning ustida ko`p ishladim. Biror natijaga erishishim biroz
qiyin bo`ldi. Nihoyat bir natijaga erishdim va birinchi bo`lib sizlarning oldingizga olib
kelganman, dastlab sizlarga ko`rsatishni, g`alabamni sizlar bilan baham ko`rishni istagan edim.
Endi buni kelgusi darsga qoldiramiz, hozir esa har doimgidek masalalar echamiz".
Ikki kundan keyin yana fizika darsi boshlandi. Bu safar sinfda muhit o`zgacha: hamma
o`z joyida, xonada jim-jitlik, dars oxirigacha shu holat saklanib qoldi". Mazkur vaziyatda
o`qituvchi o`z vaqtida mashg`ulot shaklini o`zgartira oldi va nizoga aylanishi mumkin bo`lgan
vaziyatning oldini oldi.
O`QUVCHILARNI JOYLASHTIRISH.
Odatda, o`quvchi xohish istagini e`tiborga olmasdan sinf raxbari uning kim bilan va qaysi
o`rinda o`tirishini belgilab beradi. Ko`pchilik o`quvchilar bundan norozi. O`qituvchi
buniularning
gaplashmay
o`tirishi,
diqqatliroq
bo`lishi,
dars
materiallarini
yaxshi
o`zlashtirishlarini maqsad qilib amalga oshiradi. O`quvchi bu tartibga faol qarshilik ko`rsatadi.
Deyarli hamma o`qituvchi o`z darsini "Hamma o`z joyiga" degan so`zi bilan boshlaydi. Bu holat
tabiiyki,
o`kuvchilarda
norozilik
uyg`otadi,
natijada
ular
qarshilik
ko`rsatadi,
o`kituvchitalablarini bajarmaydi. Ba`zan shu talabni amalga oshirguncha 10-15 daqiqa vaqt
sarflanadi,hamma asabiylashgan, natijada o`qituvchi va o`quvchilarning ishchan kayfiyati
zaiflashadi. "6-sinfgeografiya o`qituvchisi Sevinchning o`rnida o`tirmaganligini ko`rib qoldi.
Undan o`z o`rniga «tirishni talab qildi. O`quvchi o`jarlik qilib o`z joyidan qo`zgalmadi. SHunda
o`qituvchi uning .qasidan tortib, o`z joyiga o`tirishni talab qildi. Sevinch o`qituvchi qo`lini siltab
tashladi va qarg`ab berdi, o`sha joyda o`tirishda davom etdi. Buni kutmagan o`qituvchi boshqa
chora qolmagandek, sinfdan chiqib ketdi. Qolganlar Sevinchni sukut saqlash bilan ma`qullar
edi". Bu yoshdagi bolalarda o`z tengdoshiga nisbatan shaxsiy tanlov aniq namoyon bo`lib turadi,
tanlovini yanada yaqinroq bilishni istaydi, u bilan birga bo`lishni xohlaydi. O`qituvchi esa darsda
o`quvchilarning murakkab ichki munosabatlariga kirib boradi. Tartib o`rnatish maksadida bu
munosabatlarga aralashish nizoli vaziyatlarni yuzaga keltiradi. O`spirin o`zi xohlagan joydan va
tengdoshidan ajralmaslik uchun qattiq qarshilik ko`rsatadi. "Ingliz tili darsi yaqinda onalik
ta`tilidan ishga qaytgan o`qituvchi ish sinf bolalarini yaxshi bilmaydi. Juft ishlash uchun
Ulugbekni Akmal bilan o`tirish, o`tirishga ko`rsatma berdi. Ammo Ulug`bek unga ko`nmadi,
sababini xam aytmadi. O`qituvchi qat`iy talab ko`ydi: "Akmal bilan o`tirmasang, sinfdan chiqib
ket" . O`qituvchi bu gapni o`ylab ko`rmasdan gapirgan edi, u bola bundan ko`rkadi va talabni
bajaradi, deb umid qilgan edi. O`quvchi o`rnidan turdi va chiqib ketdi. Ertasi kuni o`quvchining
onasi ko`zida yoshi bilan nima uchun farzandini darsdan chiqarib yuborganligini talab qila
boshladi. Onasining aniqlashicha, Ulugbek ayibdor emas, Akmal yoniga o`tirishga rozilik
bermagan. O`qituvchi O`kuvchi shaxsi xususiyatlarini hisobga olmagan edi: o`quvchining
nutqida nuqson bor edi, u juda sekin va kam gapirar va hamma uning ustidan mazax qilar edi.
To`satdan barchaning e`tibori markazida bo`lib qolishi Ulug`bek uchun og`ir edi. Bundan
tashqari o`kituvchi Ulugbek va Akmal o`rtasidagi o`zaro munosabatni bilmas edi. Ular bir-birini
yoktirmas edi. Umid kilamizki, maktabdagi va umuman o`qituvchi va o`kuvchilar o`rtasidagi
o`zaro munosabatlarni demokratiyalashtirish orqali bu kabi nizolarning oldini olish mumkin.
DARSDAGI SHO`XLIKLAR.
"5-7-Sinflarda ko`plab vaziyatlar o`quvchilarning sho`xliklari orkali yuzaga keladi. Bu
bolalarning toliqishi, maktabdagi kiziqarli holatni rang-barang kilish extiyojlari, jazo choralari va
yomon baholarning ta`siri zaiflashi oqibatida paydo bo`ladi. Ba`zi xollarda o`kuvchilar ataylab
o`kituvchi jigiga tegish uchun xam kiliqlar ko`rsatadi. Ukituvchi talablariga karshilik maksadisiz
ham bolalar ko`plab sho`xliklar kilishadi".
VAZIYAT.
"7-Sinfda o`qituvchi matematika darsini o`tmoqda. Parta oralarida topshiriklarning to`gri
bajarilishini nazorat kilib yurgan o`qituvchi kostyumiga o`kuvchilardan biri sezdirmasdan bir-
biriga takilgan tugmachalarni ilib qo`ydi. Bolalar buni ko`rishdi. Ulardan biri "Bizning
o`kituvchi-metallist"-deb ko`ydi. Buni sezib, ko`rib qolgan o`kituvchi o`quvchilardan birini
yibladi va uni direktor xuzuriga olib kirdi. O`kuvchi kim kilganini aytmadi. Suhbatdan so`ng
o`zimning o`kuvchilik davrimni eslab kulib qo`ydim"-deydi maktab direktori. YOki boshqa bir
xolat: "Tushlikka qo`ngirok chalindi 8-"b" sinf navbatchisi va laborant anatomiya darsi uchun
jihozlarni tayyorlay boshladi, kolganlar tushlik uchun oshxonaga ketishdi. Tushlikdan bolalar
birin-ketin sinfga qayta boshladi. Sinf oldida odam skileti ilingan turardi. (Oyogi o`rnida ko`li,
qo`l o`rnida oyogi). Qo`ng`irokdan so`ng xam kulgu to`htamadi. Sinfga kirib kelgan o`kituvchi
avval hech narsani gushunmadi. nokeadan xabardor bo`lgach. dedi: "Hamma o`rnidan gursin,
vokeani gushuntiringlar, ayibdorni ko`rsatinglar. Bolalar bir-biriga karab ko`yishdi, hamma jim.
45 dakiqa hamma tik turdi. Deyarli dars utilmadi. Ammo kimning xatosi bilan". Har kanday
o`qituvchi bunday vaziyatga tushub kolishi mumkin, fakat unga tayyor bo`lishi kerak, bu barcha
maktab uchun harakterli, ammo ularni hech kachon nizo darajasiga ko`tarmaslik ksrak. Bu kabi
ishni bolalar kasddan qilishmaydi, ularning o`qituvchi ustidan kulish maqsadi yo`k. YAna bir
an`anaviy tus olgan misolni keltiramiz. Bu vaziyat barcha avlodga tanish, ammo ular bir xil
echimga ega emas. "Qishlok maktabi yosh o`kituvchi 6-sinfda rus tili darsini boshladi. Darsning
ikkinchi yarmi, o`quvchilarga topshirik berilgan. hamma ish bilan band, o`qituvchi jurnalga
yozish uchun o`z o`rniga o`tirishga hozirlandi. "Stulga o`tirmang-dedi bir qizga birdan.
O`kituvchi stulni tortib nazar tashladi: stulga bir necha mix ^rulgan edi. "Kutilmagan holat.
Tushunmadim. Sinfda hamma jim. Nima uchun aynan menga? Men ularga nima qildim". Bolalar
kalbi toza. Demak kaerdadir munosabatda o`qituvchi soxtalik kilgan, o`kuvchilarni aldagan. Har
qanday holatda ham ayibdorni izlash o`rinsiz, sababi ularning xammasi ishtirokchi. Buni fojeaga
aylantirmaslik kerak, bu masalani ma`muriyatga olib chikish umuman yaramaydi.
SINFDA "BeZORILAR".
O`kituvchi uchun eng murakkab narsa-bu turli xil sabablar bilan "Bezori" lar guruhiga
kirgan bolalar bilan munosabat o`rnatishdir. Bu toifadagi bolalar soni ko`payib bormoqda, yoki
boshqacha kilib o`kituvchilar so`zi bilan aytganda bola bu yoshda o`ziga xos murakkab. U
nafaqat birovlar uchun murakkab, balki o`zi uchun ham murakkab. Misol keltiramiz: "Sinfga
yangi o`kuvchi keldi: engil, jahldor, arazchi, qolok, gap ta`sir kilmaydigan. Darsda harakat
kilmaydi, uyga vazifani tayyorlamaydi, o`qituvchi savollariga javob bermaydi. Uqituvchilar
bilan chiqisha olmaydi. O`qituvchi tanbehiga darsdan chiqib ketishi bilan javob beradi. Uning
onasi yo`q. Uch o`g`ilni yolg`iz ota tarbiyalamoqda. O`kuvchi hulqi sins[) yig`ilishida, ota-
onalar ko`mitasida, pedagogik kengashda muhokama kilindi. Ammo unga sinfdoshlari, xususan
bir qiz kuchli ta`sir ko`rsatdi. U kiz juda e`tiborli bo`lib, bolaning har bir qiliklarini kuzatib borar
edi. U kanday yo`l bilan bo`lmasin sinfdoshini umumiy ishga ko`shish harakatida. Qizcha sinfni
10 kishilik guruhlarga bo`ldi. Guruh barcha ishni birga bajarar edi, vaqtni birga o`tkazar, uyga
vazifalarni birga bajarar edi. Guruxdagilar bolaga birday ta`sir ko`rsatishi kerak: ular bola bilan
birga darsdan keyin ishlar, bezorilik qilishga yo`l qo`ymas edi. Mana shu paytda har bir
o`qituvchi bolani baholashda va o`zaro munosabatda o`ta ehtiyot bo`lishlari zarur, kerak bo`lsa
uning sho`xliklarini "ko`rmaslik" kerak, uni nizoli vaziyatga aylantirmaslik zarur. Bolaga kanday
munosabatda bo`lish kerak? Misol tariqasida o`z fanini yaxshi biladigan, tajribali ikki
o`qituvchini olamiz. Ammo ularning biri darsida o`quvchi ishlar, biroz kam, ba`zan daftari yo`k,
yoki ruchka olib kelmagan. Ukituvchi unga baqirmas, tanqid qilmas edi, aksincha, xotirjam borib
uning oldiga toza varak berar, qalam tutqazar, boshqalar kabi xarakat qilishga undar edi.
Navbatdagi darsda uDsa daftar va ruchka bor, ishlayapti. Asosan o`qituvchi bajargan ishni
albatta ko`rib chiqar edi, maqtab qo`yar edi, kichik bo`lsada g`alabasini boshqalarga ko`rsatar
edi. Ikkinchi o`qituvchida o`quvchi ishlamas, doim janjallashib yurar edi. O`qituvchi uni tanqid
qilar, darsdan chiqarib yuborar edi, sinfdosh qiz doim ular o`rtasidagi vaziyatni yumshatishga
harakat qilar edi. U tufayligini hammasi yaxshi tugadi: u bezorilikni tashladi, maktabni tugatdi,
jinoyat sodir etmadi. Kollejga o`qishga kirdi. Hozir armiyada". Ukituvchining ushbu
mulohazasidan bola "Murakkabligi" ning haqiqiy sababi, ko`rinib turibdi: yolg`izlik, oilasidagi
muammo, o`zaro munosabatdagi qo`polliklar, buni o`z vaqtida payqagan sinfdosh qizi va
tengdoshlari uning bezoriligiga qaramasdan yordam qo`lini cho`zdi. Afsus bilan aytish
mumkinki, aksariyat, ''qituvchilar, "Tarbiyasi og`ir bolalarga sinfdagi norasmiy liderlar orqali
ta`sir ko`rsatish metodidan foydalanmaydilar, buning o`rniga rasmiy lider (sinf sardori, faoli)
bilan ishlashni afzal biladilar. Uspirinlik yoshida bolalar har qanday tanqidga o`ta sezgir
bo`ladilar va natijada ular buni shunday "O`tkazib" yubormaydilar, so`z yoki hatti-harakati bilan
qarshilik (munosabat) bildiradilar. Bu davrda ularni tanqid qilish va tanbeh berish o`rniga unga
yaqinlashish, e`tibor ko`rsatish, zarur hollarda qo`lidan tutib "etaklash" maqsadga muvofiq.
Faqat shundagina u o`zini inson sifatida sezadi va topshiriklarni dildan bajaradi, dars jarayoiiga
halaqit bermaydi, o`zini qo`lga olishga harakat qiladi.
MAKTABDAN TASHQARIDA.
Maktabdan tashqari holatlarda yuzaga keladigan vaziyatlarda bola, o`z hulqi va hatti-
xarakatida, yanada erkinroq. O`quvchilarning guruhdagi o`zaro munosabatlari bir-biriga katta
ta`sir ko`rsatadi. Uqituvchi xam o`zaro muloqot uchun o`zini erkin sezadi. Ko`plab o`qituvchilar
uchun mazkur sharoit bolalarning o`zaro munosabatlardagi o`rnini aniqlab olishda o`ziga xos
sinov vazifasini o`taydi. Bundan tashqari, maktabdan tashqaridagi hamkorlik faoliyati o`qituvchi
va o`quvchilarning bir-birining shaxsiy xususiyatlarini yaqinroq o`rganish imkoniyatini yaratadi,
chunki ular bu sharoitda tabiiydirlar. "6-Sinfning ikki o`quvchisi kishlok xo`jaligi ishidan qochib
ketdi. (Bu qishlok xo`jaligi ishining uchinchi haftasida sodir etildi). Keyingi kun ularga har
doimgidan kattaroq maydon berildi. Bu xolatning bir hafta davom etishini e`lon kildi sinf
rahbari. Bolalar bir kun topshiriqni bajarib, keyin yana ishga kelmadi. Direktorning nima
bo`lyapti degan savoliga sinf rahbari "Ular ish yoqmas va dangasa, ulardan yana nimani kutish
mumkin". Deb javob berdi. Uqituvchilar bolalar bilan gaplashib ko`rishga qaror qildi.
Uquvchilarning tushuntirishlaricha, sinf rahbarining bir zayil boshda turib olishi, qo`lini
cho`ntakka solib, qolib ketgan kartoshkalarni oyog`i bilan tepib, bolalarga baqirishlari jonga
tekkan. Uqituvchi direktor tanbehiga "Hech kisi yo`q, ularni erkalatish kerak emas" deb javob
berdi. Keyingi kun boshqa o`qituvchi bu ikki bolani o`z brigadasiga qo`shib oldi".
O`quvchilarning maktabdan tashqari xulqi va hatti-harakatini tashkil etish va boshqarish ancha
murakkab. CHunki bolalar, o`z hatti-harakati okibatini baholashga ojizlik qiladi. Yukorida
aytilganidek, keng erkinlik imkoniyatiga egadirlar.
MAQOM NIZOLARI.
O`spirinlar o`zaro munosabatlardagi o`rni va egallagan maqomi tufayli bir-biri bilan tez-
tez nizolashib turadilar. "6-Sinfga boshqa maktabdan o`quvchi keldi. Uning nomi Toxir, Toxir
erkin harakatchan, samimiy, adolatsevar bola edi. Bu sinfda Karnm liderlik kilar edi. Karim to`q
oiladan, kuchli, irodali, a`lochi, bir so`z bilan aytganda, "Na`munali". "7-Sinfga kelib Toxirning
liderlik xususiyatlari ko`rinib boshladi. Bu uning ochikligida, samimiyligida, kamtarinligida,
ishga kiziquvchanligida namoyon bo`la boshladi. Buni sezgan Karim ich-ichidan liderlikni
bergisi kelmas edi. Sinf o`kuvchilari sekin-asta Toxir tarafga o`ta boshladi, uning qadri ko`tarila
boshladi. Natijada Toxir va Karim munosabatlari nizo shakliga kira boshladi. Nizoga ularning
ota-onalari ham qo`shilib ketishdi. (Ular ma`lumotli kishilar). Vaziyat shu darajaga etib bordiki,
sinfda yashirin kurash borar edi: bir tomonda Toxir va ko`pchilik bolalar, ikkinchi tomonda ota-
onasi qo`llab turgan Karim. Ikkinchi tomon ota-onasi o`quvchilarni boshkara olmaslikda
o`qituvchi voqeaga lokayd munosabatda turgan maktab ma`muriyatini ayiblar edi. Ota-onaning
bunday munosabati va aralashuvi bolalarning Toxir atrofida yanada jipslashuviga sabab bo`ldi.
O`qituvchilarning vaziyatni yumshatishga qaratilgan urinishlar foyda bermadi. Nizo davom
etmoqda". Bu kabi nizolarning mohiyati turlicha, faqat birgina narsa ularni birlashtirib turadi, u
ham bo`lsa o`kituvchilarning bolalar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarga kam e`tibor karatishi
hamda aralashmasligidir.
O`QITUVCHI FARZANDLARI.
O`qituvchi va o`quvchilar o`rtasidagi nizolar orasida o`qituvchilar farzandlari bilan
uchrab .uradiganlari alohida o`rinni egallaydi: Ba`zi hollarda sinf o`quvchilari bu toifadagi
tengdoshlari ma`lumotlarini "etkazuvchi" sifatida o`z saflariga ko`shavermaydilar. Boshqa
hollarda esa o`qituvchilar bunday bolalarga muntazam namuna bo`lishda ta`na kilishaveradi.
Ba`zi hollarda esa u bu toifadagi o`quvchining o`z-o`zini boshqalardan imkoniyati kengroqdek
tutishi bilan ajralib turadi. "Salim onasi ishlaydigan maktabda o`qir edi. U tengdoshlari bilan
yaxshi aloka o`rnata olmas edi, u hamma bilan urushar, talashar va hatto janjallashar edi xam.
Salimning mag`lubligi bolalarga kimmatga tushar edi: onasi ularni qattik jazolar edi. Kunlarning
birida Salim o`zidan ancha kuchsiz bo`lgan Farxod bilan tortishib qoldi va munosabatlarini
"Erkaklarcha" hal etishga qaror qildi. Ular tepalashishni boshladi. Vokeaga ulardan bir yosh
katta bo`lgan Eldor guvoh edi. Eldor adolatli bola. Salim Farxoddan ancha ustun keldi va borgan
sari jahl otiga minar edi. SHunda Eldor janjalni to`htatish uchun ularni ajratdi. Ammo Salim
tepalashishni to`htatmadi, qayta-qayta tashlanar edi. Eldor bir urib Salimning burnini qonga
beladi, ammo uni yuzini yuvishga yordam berdi va uyiga kuzatib qo`ydi, kechirim so`radi.
Voqeadan xabar topgan onasi millisiyaga Eldor ustidan shikoyat xatini berdi. Uchastka noziriga
voqea tavsiloti aytib berildi, ish shu bilan yakun topdi. Salimni boshqa maktabga o`tkazishga
majbur bo`lishdi".
Dostları ilə paylaş: |