Savol va topshiriqlar
1. Pedagogik vaziyatlar va nizolar xususiyati ko`rsating
2. Pedagogik vaziyat va nizo turlarini sanab bering
3. Faoliat bilan bog`liq vaziyatlar va nizolarni aytib bering
4. Hulq (Hatti-harakat) bilan bog`liq vaziyat va nizolar sanab bering
Adabiyotlar
1. Karimov I.A. ―Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori‖.-T, ―SHarq‖, 1998 y.
2.Voronin G.L. Konfliktы v shkole. Sosiologicheskie issledovaniya №3, 1994 g.
3.Liseskiy
K.S.
Preduprejdenie
mejlichnostnыx
konfliktov
v
sisteme
otnosheniy
starsheklassnikov A/R dissertasii M., 1994.
4.Rыbakova M.M. Konflikt i vzaimodeystvie v pedagogicheskom prosesse. – M.: Prosveщenie,
1991.
5.Podlasыy I.P. Pedagogika. – M.: Vlados, 2003. y.
PeDAGOGIKAVAZIYATLAR VA NIZOLAR XUSUSIYATI
O`kituvchi o`kuvchilar bilan o`zaro munosabatni pedagogika vaziyatlarni xal kilish orqali
o`rnatadi. "Pedagogika" vaziyat"- bu o`quv guruhidagi murakkab munosabatlar va o`quvchilar
o`zaro munosabatlarining murakkab tizimi bo`lib, o`quvchilarga ta`sir etishda e`tiborga oladigan
real xolatdir"- deb izoh beradi N.V.Kuzmina (Psixologiya-proizvodstvu i vospitaniyu.-L.1977,-
S.212). Pedagogika' jarayonda o`qituvchi oldida turadigan biriichi galdagi vazifa o`kuvchilar
faoliyatini boshqarishdir. Uni oqilona boshqarish uchun o`qituvchi o`quvchi nuqtai nazarini anik
bilishi, uning fikrini tasavvur eta bilishi, tushunishi, o`kuvchining sezishi yuzaga kelgan
vaziyatni kanday idrok etayotganligini bilishi zarur. Pedagogika vaziyatda o`qituvchi
o`quvchining aniq xatti-harakati yuzasidan aloqa o`rnatadi. Pedagogika vaziyat murakkab va
oddiy bo`lishi mumkin. Murakkab vaziyatlar o`kuvchining hech qanday qarshiligisiz maktabdagi
faoliyatini boshkarish orqali hal qiladi. O`quv kuni davomida o`qituvchi o`quvchilar bilan keng
qamrovli munosabatlar o`rnatib boradi. Natijalarni to`htatadi, kelishmovchiliklarni bartaraf etadi,
bir-biriga yordamga undaydi, suxbatlariga aralashadi va hokazo.
Murakkab vaziyatlarda o`qituvchi va o`kuvchining xissiy holati tomonlar o`rtasidagi
unosabatlar xarakteri, guvoh o`kuvchilar ta`siri muhim rol o`ynaydi. Pedagogika vaziyatlarni hal
qilishda o`qituvchi hatti-harakatini asosan uning o`quvchilarga ginasi belgilaydi. Bu o`rinda
o`kituvchida ziddiyatdan golib chiqish istagi namoyon bo`ladi. Uqituvchi o`kuvchini unutgan u
bilan qizikmaydi, bu holat o`quvchida norozilik kayfiyatini keltirib chiqaradi, natijada vaziyat
yanada murakkablashadi. Pedagogika faoliyatidagi nizolar asosan o`qituvchining o`z o`rnini va
mavkesini o`rnatishga intilish hamda o`kuvchining adolatsiz jazolanishiga karshilik ko`rsatish
sifatida namoyon bo`ladi. Uquvchiga har kuni maktab ichki intizom tartib-qoidalarini muntazam
bajarish va o`qituvchining darsdagi va tanaffusdagi talablarini so`zsiz bajarishi qiyin. SHuning
uchun umumiy tartibni qay joydadir buzushi tabiiy: Ahir bolaning maktabdagi hayoti faqat
o`qishdan iborat emas, bu erda tortishuvlar, hafachiliklar, kayfiyat o`zgarib turishi aniq.
O`kuvchining ayni paytda hatti-harakati va hulqiga to`gri baho berish orqali o`qituvchi
nazoratni o`z qo`liga oladi va tartib o`rnatadi. Vaziyatga baho berishdagi shashqaloqlik hatolikka
olib keladi. Uquvchilarda norozilik paydo bo`ladi va oqibatda pedagogik vaziyat nizo darajasiga
ko`chadi.
"Har doimgidek maktabda oy oxiridagi umumiy yigilish bormokda. To`satdan 10 sinf
o`quvchisi Ravshanning qizlarga qilgan tegajoqligi tanqid kilindi. Bu katta intizomsizlik emas,
uning ustiga yig`ilishgacha Ravshanning o`ziga aytilmagan edi. Ravshan o`rtaga chiqarildi va
qizlar bilan bir hafta navbatchilik qilish jazo sifatida berildi. Urtaga chiqarish bir jazo,
navbatchilar katoriga ham kiritish ikkinchi jazo. Qizlar va o`qituvchilar kulib yuborishdi.
Ravshan jazodan va tengdoshlari munosabatlaridan qattiq tashvishga tushdi. U tartibli, sportchi
va sinf hamda maktabda mavqega ega o`kuvchi edi.
Darsdan so`ng yuqori sinf o`quvchilari uchun yig`ilish tashkil etildi. Yig`ilishda maktab
direktori a`lochi va jamoatchi o`quvchilarga faxriy yorliqlar tarqatdi. Ravshan ham faxriy yorliq
bilan taqdirlandi, ammo direktor uni takdirlash chog`ida yana bir marta intizomsizlik va
axloqsizlikda tana qildi. Ravshan faxriy yorlikni olishga chiqmadi. Uni sinfdoshlari buni qarsak
bilan karshiladi. SHunda direktor 10 sinf o`quvchilarini tartibsiz va hurmatsizlikda ayibladi.
Oqibatda bir-biriga karshi ikki guruh yuzaga keldi nizo chuqurlashdi". Mazkur vaziyatda
direktor harakatini tushunish kiyin. Uning harakati qarori oddiy vaziyatni nizo darajasiga olib
keldi. Bu esa o`z o`rnida barcha o`kuvchilarning tarbiyaviy ishida muammolarni keltirib
chiqarishi tayin.
Pedagogik faoliyatda vaziyat va nizolar o`rtasidagi aniq chegara mavjud emas. CHunki
o`kuvchilar xar doim ham o`z munosabatlarini ochiq ifodalayvermaydi, o`zlarini haq
hisoblayveradilar. Diplomli o`qituvchi go`yo o`kuvchilar bilan o`zaro munosabatlarda o`zini
doim hak hisoblaydilar, o`z bilganida mahkam turib oladilar. Pedagogik faoliyatidagi nizolar
o`kituvchi va o`kuvchilar o`rtasidagi munosabatlar tizimiga uzok muddatli putur etkazadi,
o`qituvchida kuchli asabiylashishni va zo`riqishni keltirib chikaradi, o`z ishidan koniqmaslik
kayfiyati paydo bo`ladi. Bunday holat o`z o`rnida pedagogik tushunchaning tobora chukurlashib
borishiga olib keladi va bu holat o`kituvchining o`kuvchilarga borgan sari tobelashib borishida
namoyon bo`ladi. V.A.Suxanlinskiy maktabdagi nizolar haqida shunday yozadi: "Pedagog va
bola urtasidagi o`kituvchilar va ota-onalar o`rtasidagi, o`qituvchi va jamoa o`rtasidagi nizolar-
maktabning eng katta fojeasidir. Nizo aksariyat holatlarda o`kituvchining bola haqida adolatsiz
fikrlashi oqibatida yuzaga keladi. Bola haqida yaxshi fikr yuriting- nizo paydo bo`lmaydi. Pizoni
chetlab o`tish-bu o`qituvchi pedagogik donoligining (mahoratining) bir ko`rinishidir. Nizoning
oldini olish bilan birga o`qituvchi nafaqat o`z mavqesi va tarbiyaviy ta`sirini saqlab qoladi. Balki
jamoaning tarbiyaviy kuchini oshiradi". (V.A.Suxamlinskiy jamoani tarbiyalash metodi-Moskva
1981 yil 185-bet).
PeDAGOGIK VAZIYAT VA NIZO TURLARI
Maktab amaliyotida uchrab turadigan nizoli xarakterdagi pedagogik vaziyatlarning
quyidagi turlarini ajratib ko`rsatish mumkin.
- Faoliyatli vaziyatlar (yoki nizolar) ular o`kuvchilarning o`quv topshiriqlarini bajarishi,
o`zlashtirishi, o`qishdan tashqari faoliyati bilan bog`liq xolda yuzaga keladi.
- Hulq (hatti-harakat) bilan bog`liq vaziyatlar (yoki nizolar) ular o`quvchilar tomonidan
maktab ichki tartib intizom qoydalarini buzishi oqibatida yuzaga keladi.
- Munosabat bilan bog`lik vaziyatlar (yoki nizolar) ular o`qituvchi va o`quvchilarning
o`zaro shaxsiy xissiy munosabatlari doirasida, pedagogik faoliyat jarayonidagi o`zaro mulokat
doirasida vujudga keladi.
Pedagogik vaziyatlarda to`g`ri harakatlanishda o`qituvchilarni hatoliklardan saqlash
maqsadida yuqorida sanab o`tilgan vaziyat va nizo turlarini bir muncha kengrok ko`rib chiqamiz.
FAOLIYAT BILAN BOG`LIQ VAZIYATLAR VA NIZOLAR
Ukuv faoliyati bilan bog`liq bo`lgan vaziyatlar asosan dars jarayonida o`qituvchi va
o`kuvchi o`rtasida namoyon bo`ladi. Bu asosan o`kuvchining o`quv topshiriklarini bajarishdan
bosh tortishi ko`rinishida yuzaga keladi. Mazkur holat turli sabablarga ko`ra paydo bo`ladi:
toliqish, o`kuv materiallarining murakkabligi, uyga vazifani bajarmaslik, ko`p hollarda
o`kituvchining noo`rin tanbehi va boshqalar. Misol keltiramiz. "6-sinfda matematika darsi
bormokda. Doskaga 2 o`kuvchi 'shqarilgan. Ularning har biri aloxida-alohida kartochkalar bilan
ishlamoqsa. Qolgan o`kuvchilar o`qituvchi rahbarligida topshiriqni bajarmoqda. Doskada
ishlayotganlardan biri (Ruslan) qiynalayotganligidanmi, yozganini tez-tez uchirar, atrofdagilarga
muhtojlik nigohi bilan karar edi. Ikkinchi o`quvchi topshiriqni bemalol bajarar edi. O`tirganlar
topshiriqni bajarib bo`lishdi-da, izohlab berishdi. Uqituvchi doskada ishlayotganlarni
tekshirishga kirishdi. U Ruslanning ishini ko`rib, qonikmadi va dedi: "Mana, har doimgidek
topshiriqni bajarmabsan. Qaranglar u hech narsani bilmaydi . "Menga hech narsa kerak emas,
kerak bo`lsa o`zing o`rgan -deb javob qildi o`kuvchi va sinfdan chiqib ketdi".
O`quvchi sinf rahbariga boshqa bu darsga kirmasligini tushuntirdi. Matematika
o`qituvchisi Ruslandan buni kutmagan edi, u taajubda qoldi. Uavval bosik, tortinchoq bola edi,
tanbehlarga bunday munosabat bildirmas edi.
O`quv faoliyati bilan bog`lik bo`lgan bu vaziyat o`kuvchida o`kituvchiga to`lik
bo`ysinmaslikka olib keladi. Natijada vaziyat nizo harakteriga ega bo`ladi. Bu kabi nizolarni
bartaraf etish oson ish emas. YAna bir misol, "Rus tili darsida o`kituvchining bir necha
tanbehiga e`tibor qilmasdan bir o`kuvchi boshqalarga halakit berishda davom etardi. SHunda
o`qituvchi uning sinfdan chiqib ketishini talab qildi. Uquvchi ko`pol javob qaytardi va chiqib
ketmadi. O`qituvchi darsni to`xtatdi, sinfda shovqin ko`tarildi. Ayibdor o`z o`rnida o`tirar edi,
ammo boshqalarga halaqit berishni to`xtatdi. O`qituvchi o`z o`rniga o`tirib, jurnalga nimalarnidir
yoza boshladi, o`quvchilar o`z holiga tashlab ko`yildi. 20 daqiqadan so`ng qo`ng`iroq chalindi.
O`kituvchi o`rnidan turib hamma sinfda kolishini e`lon qildi, sinfda norozilik shovqini
ko`tarildi".
O`quvchining bunday hulqi o`qituvchi bilan to`lik munosabatni buzganligidan dalolat
beradi va vaziyat bu o`rinda shunday tus oldiki, o`qituvchining faoliyati go`yo o`quvchilar
roziligiga bog`liqdek.
Bunday nizolar o`quv mashg`ulotlarini o`zlashtirishda qiynalayotgan o`quvchilar bilan
yuzaga keladi. Boshqa yana bir sabab, o`qituvchi o`quvchilar bilan faqat dars
mashg`ulotlaridagina uchrashadi, ular o`rtasidagi munosabat faqat dars bilan bogliq. Sinf rahbari
darslarida bu kabi nizolar deyarli uchramaydi, chunki u o`kuvchilar bilan darsdan tashkari
holatlarda ham birga, ular bir-birini tushunadi, natijada ular orasida umumiylik paydo bo`lgan.
Keyingi paytlarda bunday nizo va kelishmovchiliklar o`qituvchining fanini
o`zlashtirishga ko`ygan yukori talablari oqibatida yuzaga kelmoqda. O`kituvchi bu o`rinda
o`zlashtirmaganlik uchun yomon bahoni jazo sifatida qo`llaydi. Hatto "ikki" baho tartibni
buzganlik, topshiriqni bajarmaganlik, sho`hlik uchun ham jazo hisoblanadi. Bu holat o`z o`rnida
o`kuv faoliyatining haqiqiy ma`nosini yo`qotadi va natijada faol va mustaqil fikrlovchi
o`kuvchilarning maktabdan ketib qolishiga olib keladi, qolganlarda kiziqishning susayishiga
sabab bo`ladi.
HULQ (HATTI-HARAKAT) BILAN BOG`LIQ VAZIYAT VA NIZOLAR
Pedagogik vaziyat o`quvchi hulqini tahlil qilishda o`qituvchining hatosi okibatida nizo
harakteriga ega bo`ladi. Ko`p hollarda o`kuvchining asossiz xulosalari hatti-harakat mativlarini
aniqlay olmaslik, muloqot etikasining buzilishi, taktsizlik va o`rinsiz tanbehlar va qo`pollik
nizoni keltirib chikaradi. SHuni unutmaslik kerakki, o`kuvchilar tomonidan amalga oshirilgan
aynan bir xil hatti-harakat yoki hulq ko`rinishi turlicha mativlar oqibatida yuzaga keladi.
O`qituvchi o`quvchilar hatti-harakatini baholashda va munosabat bildirish, avvalida
tegishli ma`lumotlarni to`plashi va haqiqiy sababni bilishi zarur. O`qituvchi har doim ham
bolalar hayoti guvohi emas, balki u hulq mativlarini taxmin kiladi, o`kuvchilar orasidagi o`zaro
munosabatlarni yaxshi bilmaydi, shuning uchun ham qo`yish kafolatlanmagan, albatta, bu holat
o`quvchilarda haqli e`tirozning paydo bo`lishiga olib keladi.
O`qituvchilar o`kuvchilarning hatti-harakatini baholay turib, uning oqibatlari hakida
o`ylab ko`rishmaydilar, Aslida esa bunday baholar ular o`rtasida keyingi o`zaro munosabatlarni
keskinlashtirib yuboradi.
O`quvchi hulqi va hatti-harakatini yuzaki baholash va uning sabablarini chukur tahlil
qilmaslik oqibatida o`qituvchi o`quvchi shaxsini qarolovchi munosabat bildiradi. O`z o`rnida bu
holat o`kuvchilarda asosli e`tiroz va qarashlikni uyg`otadi, ba`zi hollarda o`qituvchiga yoqish
yoki uning istagini oqlash maqsadida o`zini boshqacha tutushga harakat qiladi, O`smirlik
yoshida bu holat nizoga sabab bo`ladi, o`smir ko`r-ko`rona mavjud namunaga taqlid kiladi, o`z
qalbiga nazar tashlashga qiynaladi, o`z hatti-harakatini baholagaga ojizlik qiladi. Ko`p hollarda
o`qituvchi o`quvchining o`zini baxolashi bilan hamda vaziyatda tutgan o`rni bilan kizikmasdan
chora kabul kilishga, jazolashga oshiqadi. Buning oqibatida vaziyat o`zining tarbiyaviy
mohiyatini yo`qotadi, ba`zan hatto nizoga sabab bo`ladi. Misol keltiramiz: "O`g`il bolalar
ertalabdan qizlarni film ko`rish uchun darsdan qochishni iltimos qila boshlaydi. (Oxirgi ikki
darsdan) To`rtinchi soatdan keyin barcha qizlar uylariga ketishdi, faqat uchta kiz va o`g`il
bolalar darsda qolishga karor qilishdi.
Ertasi kun ertalab sinf rahbari qochib ketgan 25 qizni sinfda olib koldi, Muhokama uchun
ularning ota-onalarini chaqirtirdi. Ota-onalar ham sinf rahbarini ma`qulladilar va sababini
surushtira boshladilar. Qizlar ayibdorlarcha sukut saqlar edi. Nihoyat, Saida chiday olmadi va
dedi: "Biz nima qilishimiz kerak edi? Axir hamma qochib ketishga kelishgandek. Agar biz
ketmaganimizda, bu o`gil bolalarga nisbatan hurmatsizlik hisoblanar edi, qo`rqoqlikda ayiblanar
edik. SHunday emasmi? Kattalar bu javobni kutmagan edilar. Ular aybiga ikrorlikni va kechirim
so`rashni kutgan edilar. O`rtacha og`ir sukut cho`kdi. Sinf rahbari do`stlik haqida suhbat ba`zi
o`quvchilarda nizolar ko`plab uchraydi, to`qnashuvlar tez - tez sodir bo`lib turadi, o`qituvchining
tanbexiga e`tiroz bildiradi, o`qituvchi o`quvchilardan noliydi, muntazzam shikoyat qiladi,
o`kuvchilar ham o`z sinf raxbarlariga ota - onalariga shikoyat qiladi, ammo bular ham
munosabatlarni yumshatmaydi.
- Pedagogik faoliyatda o`qituvchi va o`kuvchilar o`rtasidagi iliq munosabat jarayonida
o`kuvchining shaxsiy insoniy munosabatlari tarkib topadi va o`kituvchining kasbiy oyoqqa
turishi amalga oshiriladi.
«SHaxs xususiyatlari - bu shaxsning rivojlanishi jarayonidagi kishilar bilan o`zaro
munosabatlar mahsulidir, taqlid- mamnun oqibatidir» - deb yozgan edi V. N. Myasishev
(Xrestiyan po psixichiskiy- sost.A. M. Mironenko; ped. Red. A. V. Perovskogo. —M, 1987. s.
149). Mubolag`asiz aytish mumukinki, o`qituvchi va o`quvchi o`rtasida iliq munosabati nafaqat
istalgan (xoxlaymiz) - sharoit sifatida o`rganish kerak, balki pedpgogik faoliyatning asosiy
elementi sifatida qaralmog`i zarur.
Xamma, sinfdagi 30 - 40 o`quvchi bilan pedagogik axamiyatga ega bo`lgan va xar ikkala
tomonni qoiiqtiruvchi munosabatni uzoq davom etuvchi va turli xil vaziyatlarga boy bo`lgan
jarayonda ushlab turish (saklash) oson ish emas.
Bola yoshi ulgayib borish oqibatida turli munosabat tizimlariga kirib boadi, xar -
^andayyangi munosabatlar uning dunyoqarashiga, munosabatlariga ta`sir etib boradi, darsga va .
qituvchiga munosabatlarini o`zgartiradi.
Bola dunyoqarashiga va munosabatlariga nimalar kiradi? Ular:
1.
- Oiladagi munosabaglar:
a)
ota - onaning o`zaro munosabati;
b)
oiladagi nizolar;
v)
oila nochorligi (to`liqligi);
g)
ota - onalar ma`lumoti;
d)
o`zaylik, asrandilik;
e)
mexrning etishmasligi;
yo) qagtiqqo`llik;
j)
nazoratsizlik o`z xoliga tashlab qo`yish;
2. - o`qituvchilar munosabati:
a)
yoqtirmaslik;
b)
kiziqmaslik;
v)
e`tiborsizlik;
g)
yosh xususiyatlarini bilmaslik;
d)
vaziyatga to`g`ri baho bermaslik;
e)
xaqoratlash, shaxsiyatiga tengish;
yo) qattikko`lik;
j)
mexrsizlik;
z)
uquvsizilik;
k) taktsizlik, qo`pollik.
2.
Tengdoshlar bilan munosabat
a)
ajratib tashlash;
b)
sirdoshinig yo`qligi;
v)
xamfikrning etishmasligi;
g)
nuqson va taxqirlanish;
uyushtirishni taklif etdi, ammo bu qizlarda tabiiy holat, qizikish uyg`otmadi, yigilish
natijasiz yakun topdi.
Dostları ilə paylaş: |