KIRISH
Har safar maktab ma`muriyati va o`qituvchilari bilan maktab muammolari xaqida
suxbatlashganda, ular o`quvchi va ota-onalar bilan o`zaro munosabatlardagi kiyinchiliklardan
noliydi.
Pedagogik jarayon ishtirokchilari o`rtasidagi vaziyat va ziddiyatlar bugungi kun maktabi
oldida turgan eng dolzarb masalalar sirasiga kiradi. Maktab ishini tubdan o`zgartirish mazkur
muammoni xal etmasdan amalga oshmaydi, insonparvarlikka asoslangan pedagogik hamkorlik
g`oyasi esa navbatdagi shior sifatida kabul kilinaveradi. Bu shior mazkur muammoni aniq
echimini topish bilangina xayotga tadbik etiladi.
Misol tariqasida maktab raxbariyati va ko`p yillik tajribaga ega o`qituvchillar fikriga
.lurojat etamiz:
Maktabda 20 yildan ziyotroq ishlab kelmokdaman. Keyingi yillar shu narsa guvohiga
aylaimokdamanki, bugun maktabga fan mutaxassislari kirib kelmokda, ammo ular mazkur kasb
mohiyatini anglab etishmagan. Ular o`z fanlarni yaxshi bilishadi, o`qitish metodikasini
takomllashtirishga intiladilar, yaxshi dars tashkil eta biladilar, ammo bolalar bilan aloka o`rnata
olishmayapti, «til» topishishda qiynalishmokda, o`quvchilar qalbiga yo`l topishga xoxish yo`q.
Albagta, bu xolat o`quvchilarda norozilikni keltirib chiqaradi, ular bunday o`qituvchilarga
«ochilmaydi» ular bilan do`stona aloqa o`rnatmaydi.
«O`tgan yili o`qituvchilarning o`kuvchilar bilan nizosi shu darajaga borib etdiki, xatto
qagiy bir qarorga kelish o`zim uchun ham kiyin bo`lib koldi: o`qituvchi turli xil sabablarga ko`ra
o`kuvchilar bilan ziddiyatlarga borib yurdi». Navbatdagi nizodan so`ng xonamga kirib: «Siz
o`quvchi K. Nisbatan xech qanday chora ko`rmayapsiz, men uning kiliqlari va kamsitishlariga
ortiq chiday olmayman: yoki men qolaman, yoki u qolsin maktabda - o`zingiz xal qiling!. Bu
masalani xal qilish direktorga oson emas: yoki o`quvchilarni o`kuv yili o`rtasida qoldirish kerak
yoki o`quvchini maktabdan xaydash zarur ( boshqa maktabga o`tkazay desam kishlokda boshqa
maktab mavjud emas)» -deydi Jizzax viloyati Baxmal tumani №43 - maktab direktori. Bu kabi
vaziyatlar xar o`qituvchi xayotida uchraydi. Bu xolatda kishi o`zini yolg`iz sezadi, boshi berk
ko`chaga kirib kolgandek ilojsiz, Muvaffaqyatsizlikni ichiga yutsa, uni afsus— nadomatlar
qiynaydi va maktabdan ketishga karor kiladi. Keyingi yillarda o`qituvchi va o`quvchi o`rtasidagi
munosabatlar, kattalar va bolalar o`rtasidagi munosabatlar kabi ancha murakkb kechmokda.
Insonparvarlik g`oyasiga asoslangan xamkorlik pedagogikasini xayotning o`zi talab etmokda,
ammo uni xar bir o`quvchining faoliyatida amalga tadbiq etish oson emas. Maktab xodimlari va
o`qituvchilarida hamkorlik pedpgogikasini targib etish kerak emas, faqatgina ularga uni tadbiq
etishda ko`maklashish zarur.
Ko`pgina xollarda bu muammo xayotning jadallashishi, birgina avlod xayotida
jamiyatdagi o`zgarishlarning tezlashishi bilan bogliq. Natijada katta yoshdagi avlodning
to`plagan tajribasi yosh avlodlar uchun o`zining dolzarbligini yo`qotib bormoqda. Bu erda
yagona chora shundan iboratki, katta yoshdagilar xayotdagi o`zgarishlarga moslasha olsin,
o`zlari to`plagan tajribani yagona va o`zgarmas qadriyat degan fikrdan xoli bo`lishi zarur.
Ko`pgini maktab raxbarlari va tajribali o`qituvchilar fikricha, bu kabi nizoli vaziyatlarni xal
etishning yangona to`gri yo`li keskinlashgan munosabatni nizo darajasiga etkazmaslikda
o`qituvchiga yordam berish, bu xolatni uzok muddatli nizoga aylantirmaslik yo`lini ko`rsatishdir.
Axir bu ziddiyatlarda kim yutqazadi, albatta, birinchi galda o`qituvchining o`zi, u o`z sog`lig`ni
yo`qotadi, o`qituvchilik maqomiga putur etadi. O`qituvchining o`quvchilar bilan me`yor
darajasidagi munosabatlarni o`rnatish mexanizmini ziddiyatlarni pedagogik vaziyatga o`girish
orqaligina erishish mumkin deb o`ylaymiz. Mazkur xolatda pedagogik jarayondagi o`zaro
munosabat buzulmaydi. Buni amalga oshirish barcha o`qituvchilar uchun oson ish emas.
Tarbiyalanuvchilar bilan bo`ladigan ziddiyatlarni bartaraf etish borasida A. S. Makarenko
shunday degan edi: «o`kituvchidan ilon donishmandligi va takti talab etiladi».
Ko`plab adabiyot va boshqa nashrlarda zamonaviy maktab muammolari xususida fikr
yuritilganda, mualliflar bir narsaga e`tibor qaratishmoqda: bosh nuqson - bu o`qituvchining
o`quvchi shaxsiga qiziqmasligi, uning ichki dunyosini o`rganishga loqaydligi va uquvsiligidir.
Aynan mana shuning ortida o`qituvchi va o`quvchi o`rtasida, maktab va oila o`rtasida
kelishmovchilik va nizolar paydo bo`laveradi.
SHu o`rinda ta`kidlash lozimki, bu erda avvalambor o`qituvchining hoxishiga qaraganda
uning ukuvsizligi, o`quvchiga yondashish taktikasini bilmasligi ko`proq namoyon bo`lmoqda: u
ziddiyatni bartaraf etishda chorasiz. Asosan bunday xolat endigina ish boshlayotgan
o`kituvchilarda uchraydi.
Mazkur tadqiqot ishi asosini Jizzax viloyati maktablarida aniqlangan aniq nizoli
vaziyatlar taxlili tashkil etadi. Aytish mumkinki, bunday xolatlar barcha uchun begona emas.
Tadqiqot taxlili uchun misol tariqasda olingan pedagogik vaziyatlar va ziddiyatlar
ma`lum ma`noda o`qituvchininng pedagogik faoliyatiga tayyorgarlik darajasini ifodalasa,
ma`lum ma`noda o`qituvchi tomonidan pedagogik etika me`yorining ko`pol ravishda buzilishini
ifodalaydi.