O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi



Yüklə 374,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/13
tarix29.12.2021
ölçüsü374,54 Kb.
#48429
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
pedagogik konfiliktologiya fanidan

 

Savol va topshiriqlar 

1.  Yuqori sinf o`quvchilari bilan uchrab turadigan vaziyatlar va nizolarni sanab bering . 

2.  O`qituvchi  yuzaga  keladigan  pedagogik  vaziyatlar  va  nizolarni  xal  etishida  nimalarga 

e’tibor berish kerak. 

3.  Pedagogik vaziyatlar va nizolarning psixologik taxlili va vositalarini ko`rsating. 

Murojaat qilish va tinglay bilishning so`zsiz vositalarini ko`rsatib bering. 

 

Adabiyotlar 



1. Karimov I.A. ―Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori‖.-T, ―SHarq‖, 1998 y. 

1.  Voronin G.L. Konfliktы v shkole. Sosiologicheskie issledovaniya №3,  1994 g. 

3.Liseskiy 

K.S. 


Preduprejdenie 

mejlichnostnыx 

konfliktov 

sisteme 



otnosheniy 

starsheklassnikov A/R dissertasii M., 1994. 

4.Rыbakova M.M.  Konflikt i vzaimodeystvie v pedagogicheskom prosesse. – M.: Prosveщenie, 

1991. 


 5. Podlasыy I.P. Pedagogika. – M.: Vlados, 2003. 

 

YUQORI SINF O`QUVCHILARI BILAN UCHRAB TURADIGAN VAZIYATLAR 



VA 

NIZOLAR. YOSH XUSUSIYATLARI. 

O`qituvchilarning  fikriga  ko`ra,  yuqori  sinf  o`kuvchilari  bilan  ishlash  birmuncha 

murakkablashgan.  Ular  bu  jarayon  sababini  jamiyatimizda  va  umuman  butun  dunyoda 

bo`layotgan  o`zgarishlar,  u  yuqori  sinf  o`quvchilarining  bunga  o`ta  sezgirligi,  ijtimoiy  hayotga 

o`zgarishlariga  qiziquvchanligi  va  aralashuvga  intilishlarining  mavjudligi,  kasb  egallash 

arafasidagi  ikkilanishlar  bilan  izohlamokdalar.  Hayot  tez  o`zgarmoqda,  aynan  mana  shunday 

tezlikda  o`qituvchi  tajribalari  ham  eskirib  bormoqda.  Yuqori  sinf  o`quvchilari  hayotda  o`z 

o`rnini topishga, maktab ijtimoiy hayotiga aralashishga, o`z imkoniyatlarini real baholashga o`z 

dunyoqarashiga  xos  harakat  qilishga  ehtiyoj  sezadilar.  Hatti-harakati,  mustaqil  qaror  qilishlari 

orqali  ular  ahlokiy  me`rlarni  amalda  sinab  ko`rish  istagidalar.  O`zlarining  shaxsiy  intellektual 

faoliyatlari orqali ularda shaxs shakllanishi davom etmokda, murakkab kishilik munosabatlarini 

anglab  etish  jarayoni  davom  etmokda-bularning  barchasi  o`smirda  ichki  zo`riqishni  yuzaga 

keltiradi.  Bu  zo`riqishlar  ularda  kipoli  gaplar,  hazil-mutoibalar  va  o`z  fikrlarida  kattik  turib 

olishlarida namoyon bo`ladi. O`kituvchining o`quvchilar xulqiga noo`rin baxo berishi, murakkab 

vaziyatlarni keltirib chikaradi. Yukori sinf o`quvchilari shunday bo`lsada, o`qituvchilar orasidan 

ochiqrok gaplashish (dardlashish) mumkin bo`lgan o`qituvchilarni izlaydilar. Bu davr ular uchun 

o`zining  shaxsiy  "Meni"  kidirish  davridir.  Bundan  tashkari  ularda  jinsiy  etilish  jarayoni  davom 

etmoqda,  yangi-yangi  ehtiyojlar  tug`ilmoqda,  shakllanib  ulgurgan  va  ijtimoiy  hayot  me`yoriga 

aylanib  ulgurgan  qoidalariga  shaxsiy  sifatlarning  to`g`ri  kelmasligi  oqibatidagi  siqilishlar 

mavjud.  Yuqori  sinf  o`quvchilarining  ijtimoiy  moslashish  davrida  individual  xususiyatlari, 

kishilar  bilan  yanada  kengrok  aloqa  o`rnatish  istagi  yorqin  namoyon  bo`ladi.  Ba`zan  ular  katta 

yoshdagilarning  yuktimoiy  mavqelariga  e`tibor  qaratishsa,  boshqa  hollarda  barchaning  diqqat 

markazida  bo`lish  istagi  ustun  keladi.  Ulardagi  axloqiy  qoidalar,  beqaror,  vaziyatga  karab, 

o`zgaruvchan, katta  yoshdagilar bilan munosabatini oldindan ko`rib bo`lmaydi. Uzlikni qidirish 

va ikkilanishlar-mana bu shu yoshdagi o`quvchilarning ahloqiy holati. O`qituvchilar bilan o`zaro 

munosabat o`kuvchi uchun o`zining muloqotdagi yangi imkoniyatlarini sinab ko`rish arenasi, bu 

o`ziga  xos  sinov  maydoni.  SHuning  uchun  ham  ular  har  kanday  fikr  bildirishdan  qaytmaydi. 

Bularning barchasi atrofdagilarning shaxsiy sifatlarini o`rganishga qiziqishning yorqin ifodasidir

o`z  hulqi  va  faol  hatti-harakati  orqali  anglash  ehtiyojidir.  "9-Sinf  o`quvchisi  Ilxom  adabiyot 

^arsida  o`qituvchi  tushuntirishi  bilan  birga  asar  qahramonlari  karikaturasini  chizib  o`tirar  edi. 



 

 

O`qituvchi bir-necha marta unga g`azab nigoxi bilan tikildi va oxiri kat`iy ovozda sinfdan chiqib 



ketishni  talab  qildi.  Ilxom  chikmadi.  SHunda  o`qituvchi  direktorga  aytishga  hozirlandi.  Ilxom 

chopib  borib,  eshik  oldini  to`sdi  va  dedi:  "Sizning  vazifangiz-o`kitish,  shikoyat  qilish  emas". 

Ilxom  dars  oxirigacha  eshik  oldida  turdi.  Dars  davom  etdi.  Darsdan  so`ng  o`qituvchi  direktor 

huzuriga kirdi va o`kuvchini jazolashni talab qildi". 

YOSH O`QITUVCHI BILAN SUHBATDAN PARCHA: 

"Endigina pedagogik  faoliyatini  boshlagan edim.  Darslarimning birida to`satdan musiqa 

yangrab  qoldi.  Bu  payt  men  berilib  yangi  mavzuni  tushuntirar  edim.  Musiqa  parta  ostidan 

eshitilmokda. Nima qilish kerak? 

Sinfda jonlanish paydo bo`ldi, hamma kulib yubordi, dastlab sarosimaga tushdim, keyin 

o`ylab  ko`rdim-axir  bu  o`kituvchini  "Sinovdan"  utkazish  usullaridan  biriku.  O`zimiz  ham 

shunday  kilganmiz.  Darsni  to`htatdim,  musikani  tinglay  boshladim,  kim  ijro  etayotganini 

aniqlashga harakat qildim. Afsus, aniqlay olmadim. SHunda men o`kuvchi qizning oldiga borib, 

;im ijro etayotganligini so`radim. U boshini ko`tarib menga qaradi va ijrochi Sevinch ekanligini 

aytdi.  Men  o`z  o`rnimga  boshidan  tinglashga  o`tirdim.  Birozdan  so`ng  musiqa  to`htadi.  Hech 

narsa  bo`lmagandek  darsni  davom  ettirdim.  Qo`ng`irok  chalindi,  men  tanaffusni  e`lon  qilib, 

Yulduz  (musiqa  uniki  edi)  ning  oldiga  bordim:  "Sevinch  senga  yoqadimi?  Uning  hamma 

qo`shiklarini  to`plaganmisan?"  deb  so`radim.  Ko`pchilik  suhbatimizga  guvoh  bo`ldi.  Qo`shildi, 

oxirgi soatdan keyin barchani musiqa tinglashga taklif kildim. Kechga yaqin ular bir narsani tan 

olishdi:  "Biz  sizni  bir  sinab  ko`rmokchi  edik,  sizning  kanday  munosabat  bildirishingiz  bizga 

kizik  edi.  Agar  baqirganingizda-sizdan  hech  qachon  o`qituvchi  chiqmas  edi".  Qanday  mening 

jahlim chikmadi, nega sinfni talab ketib qolmadim? Hayronman". Ko`p hollarda o`qituvchining 

tabassumi vaziyatni har ikkala tomon uchun ijobiy hal etadi, okibatda hech kim hafa bo`lmaydi, 

nizoga o`rin qolmaydi. O`quvchilarning ta`lim olish samarasi fan o`qituvchisining sinfga bo`lgan 

munosabatiga bevosita bogliq. O`qituvchining salbiy munosabatiga, ko`polligiga ular birgalikda 

qarshilik ko`rsatadi, o`quvchilar bir-birini qo`llab-quvvatlaydilar. Norozilik ko`rsatishning shakli 

esa  turlicha.  Ko`plab  o`qituvchilar,  afsuski,  o`kuvchilardagi  fanga  qiziqishning  susayishi 

sababini  bilmaydilar.  O`quvchilarga  ochiqdan-ochiq  bosim  o`tkazish,  ularning  uyushgan 

karshiligiga  uchrashi  aniq.  Bu  yoshda  bolalar  atrofdagi  voqea-hodisalarning  shunchaki  passiv 

guvohiga aylanishni xohlamaydilar, balki ular uning ishtirokchisi bo`lishni va albatta, munosabat 

bildirishni  xohlaydilar.    Ko`plab    nizolarning    asosiy    sababi    o`qituvchining  o`kuvchilar  

shaxsiyatiga  tegib  bola  tug`ilgandan  maktabga  borguncha  oiladagi  munosabatlar  tizimi  kuchli 

tarbiyaviy  ta`sir  ko`rsatib  boradi.  Bu  o`ta  mas`uliyatli  davr  bilan  ota  -  onalar  va  kattalar  bu 

xakida  unutmasliklari  zarur.  Oiladagi  munosabatlar  tizimi  asosini  katta  yoshdagilarning  bola 

xatti  -xarakat,  qiliqlariga  hissiy  munosabatlari  tashkil  etadi,  mazkur  hissiy  munosabatlarning 

me`yoridan ortig`i bola uchun zararlidir. 

Maktabga kelishi bilan bola yangi munosabatlar tizimiga kirib boradi. YAngi muxutdagi 

hissiy muvozanat, bolaning o`qishiga va ota  - onasiga munosabati, ko`p jixatdan o`kituvchisiga 

bog`liq: 

- O`qituvchining rag`bati va maktovi  bilan quvontiradi;  onasi xursand bo`ladi  -natijada 

bolani erkalaydi mexr kuzatiladi

- Bolaning xulqi va o`qishi xaqidagi salbiy xabar ota- onani va bolani tashvishga soladi, 

oiladagi bolaga munosabat o`zgaradi. 

Bu  davrda  boshlang`ich  sinf  o`qituvchilariga  katta  mas`uliyat  yuklanadi.  CHunki 

o`kituvchining  bolaga  munosabati  oila  va  o`kishga  bo`lgan  munosabatlari  o`zgartirib  yubordi. 

Odatda ota- onalar o`kituvchi bilan munosabatlarini yaxshilashga urinadi, o`z farzandlari xaqida 

fikrlashadi,  farzandlarining  xususiyatlarini  gapirib  beradi,  bolasiga  dars  o`zlashtirishda  yordam 

beradi, maktab bilan  yaxshi aloqa o`znatadi. Aks xolda (ota  - ona maktab bilan yaqindan aloqa 

o`rnatmasa) —YAolanin) maktab xayotiga moslashib ketishida muammolar tug`iladi, o`qituvchi 

bilan  munosabatlari  .lurakkablashadi,  tengdoshlari  bilan  chiqisha  olmaydi,  (janjallashadi, 

darsdan  qochadi,  darslarni  o`zlashtira  olmaydi...).  boshlang`ich  maktabdan  keyin  o`qituvchi  va 

o`quvchi  o`rtasidagi  munosabatlar  mazmuni  birmuncha  o`zgaradi:  fan  -  o`qituvchilari  bolani 



 

 

yaxshi  bilmaydi,  o`zaro  aloqalar  faqat  o`quv  mashg`ulotlari  orqaligina  o`rnatiladi.  Bu 



o`zlashtirishning pasiyib ketishiga olib keladigan birinchi sababdir. Bola nafaqat yomon o`qiydi, 

balki  uning  o`qituvchilar  bilan  munosabatlari  keskinlashib  boradi,  yangi  o`kituvchi  va  yangi 

talabalar unitilib ulgurgan muammolarni qayta yuzaga keladi. Bu muammoni yangi sinf raxbari 

va  boshlang`ich  sinf  o`quvchisi  birgalikda  fan  o`qituvchilari,  ota  -  onalari  orqali  turlicha  ta`sir 

ko`rsatishi bilan ijobiy xal etish mumkin. 

O`smirlik  davrida  bolaning  o`zini  namoyon  etishiga  bo`lgan  extiyoji  muntazam 

qondirilavermaydi. YAngicha munosabatlar va yangicha qadriyatlar, o`zgacha munosabatlar xar 

doim xam bolaninig shaxsiy xususiyatlariga to`g`ri kelavermaydi. 

O`smirlik  yoshidagi  muammolardan  yana  biri  o`z  tengdoshlari  orasida  etakchilikka 

intilish  bir  (a`lochilikka,  kuchlilikka,  qiz  (yigit)larga  yoqishga,  o`zini  ko`rsatishga)  Masalan, 

kichik gurux (2-3 o`kuvchi) da ma`lum e`tibor qozongan bola butun sinf o`quvchilari tomonidan, 

talab  darajasidagidek  tan  olinmaydi.  YOki  o`qish  va  xulqdagi  namuna  darajasidagi  o`quvchi 

maktabda tengdoshlari oldida hurmat va mavkeaga ega emas, ammo kichik guruxda u etakchi va 

shu pozisiyada urib o`kituvchiga munosabat bildiradi. Raqib taraf qarshilik ko`rsatadi. Natijada 

o`smir o`z dahlsizligini himoya kidadi, o`z fikrida turib oladi, xatto o`kuvchisining xam gaplari 

kor  etmaydi,  xech  kimni  eshitishni  hoxlamaydi.  Oxir  oqibat  o`quvchi  o`qituvchi  va  ota  -  onasi 

bilan  munosabatlarini  buzishni  afzal  biladi.  Bu  xolat  o`qituvchi  va  o`quvchi  o`zaro 

munosabatlarini  murakkablashtiradi.  Keyingi  paytlarda  o`kuvchilarning  maktab  doirasidan 

tashqaridagi  o`zaro  munosabatlari  maktabdagi  munosabatlarga  xam  ta`sir  ko`rsatmoqda,  o`zaro 

norasmiy munosabatlar maktabga ko`chmokda. 

Yuqori  sinf  o`quvchilariga  nisbatan  o`qituvchi  o`z  mugosabatlarida  ularga  ko`proq 

erkinlik berilish, oila bilan yaxshi munosabat o`rnatishi zarur. Bu munosabatlar orkali norasmiy 

gurux  ta`siri  oldi  olinishi  mumkin:  o`quvchida  o`zini  kattalardek  xis  etish,  o`zini  nafaqat 

tengdoshlari  ta`siriga  taaluqli  tobe,  balki  kattalar  uchun  axamiyatli  ekanligiga,  unga  befarq 

emasligiga  ichki  ishonch  hosil  bo`ladi  gapirishlaridir.  Ularning  shaxsini  taxqirlash  tengdoshlari 

oldida  ko`pollik  kilish-bolalarda  himoyalanish  munosabatini  yuzaga  keltiradi.  Natijada  nizo 

keskinlashib boraveradi. Murakkab bo`lsada, o`qituvchi yuzaga kelgan vaziyatni o`kuvchi ko`zi 

bilan  ko`rishga  va  baho  berishga  harakat  kilishi  zarur.  SHundagina  o`kituvchi  o`z  hatosini 

anglaydi,  vaziyatni  oqilona  boshqarishni  o`z  qo`liga  oladi.  Bularning  barchasi  o`kituvchi  va 

o`kuvchi o`rtasidagi o`zaro munosabatlar harakterini o`zgartirishni talab etmoqda. 

O`QITUVCHI YuZAGA KeLADIGAN PeDAGOGIK VAZIYAT VA NIZOLARNI XAL 

ETISHI (ILG`OR TAJRIBALARDAN) YOKI (SO`ROVNOMA NATIJALARINI 

UMUMIYLASHTIRISH). PeDAGOGIK VAZIYATLAR TAXLILI VA UNDA 

HARAKATLANISH. 

Nizo  sabablari.  O`quvchilar  yoshining  davrlarga  bo`linishi  va  har  bir  bosqich  uchun 

harakterli  xususiyatlarni  o`rganish  o`kituvchiga  vaziyat  va  nizolar  sabablarini  o`kituvchi  va 

o`quvchilar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarga salbiy ta`sir ko`rsatuvchi omil sifatida tahlil qilish 

imkoniyatlarini 

yaratib  beradi.  Mavjud  sabablarni  umumiylashtirgan  holda  o`zaro 

kelishmovchilik  va  nizolar  o`qituvchining  xatti-harakati  va  mulokoti,  o`kituvchi  va  o`quvchi 

shaxsi  xususiyatlari,  maktabdagi  umumiy  holatlar,  okibatida  yuzaga  keladi.  Umumta`lim 

maktablarda shib borilgan tadkiqotlar natijalarini umumlashtirish, mavjud nizolarni tahlil qilish, 

to`plangan natijalarni tahlil qilish, pedagogik vaziyat va nizolar sabablarini aniqlashga asos bo`la 

oladi. Ular quyidagilar: 

-o`quvchilarning  dars  jarayonidagi  xulqini  bashorat  qilishdagi  kam  imkoniyatlar: 

o`kuvchilarning  to`satdan  amalga  oshirgan  harakati  dars  jarayonining  rejali  borishiga  halaqit 

beradi.  Bu  xolat  o`qituvchi  g`azabini  keltiradi  va  uni  bartaraf  etish  uchun  shoshilinch  chora 

ko`radi: o`quvchilar tomonidan amalga oshirilgan voqea-hodisa sababi haqidagi etarli bo`lmagan 

ma`lumot  o`qituvchining  to`gri  xarakatlanish  va  shunga  xos  murojaat  oxangini  belgilashda 

qiyinchiliklarni keltirib chikaradi: 




 

 

-yuzaga  kelgan  vaziyatga  ko`pchilik  guvoh,  shuning  uchun  o`qituvchi  har  kanday  usul 



bilan o`zining ijtimoiy maqomini saqlab kolishga harakat qiladi. Va bu holat aksariyat hollarda 

vaziyatni nizo darajasiga olib boradi: 

-o`qituvchilar,  odatda,  o`kuvchining  alohida  bir  ko`rinishi  baholanmaydi,  balki  uning 

shaxsi  baholanadi.  Bu  baho  ko`p  hollarda  o`kituvchining  o`kuvchiga  bo`lgan,  boshqa 

o`kituvchilar va tengdoshlari munosabatlari bilan belgilanadi: 

-o`quvchiga  berilayotgan  baxo  u  sodir  etgan  vokeani  sub`ektiv  qabul  kilish  va  uning 

sabablari  chaqidagi  kam  ma`lumotlilik,  shaxs  xususiyatlariga,  oilada  yashash  sharoitiga, 

asoslanadi: 

-o`kituvchi yuzaga kelgan vaziyatni to`g`ri taxlil etishga qiynalib, o`quvchini jazolashga 

shoshadi, bu toifadagi o`qituvchi o`quvchilarga qattikqo`llik zarar keltirmaydi degan fikrdalar: 

-o`qituvchi va o`quvchi o`rtasidagi o`zaro munosabatlar harakterli kam ahamiyatli:  

-  o`quvchining  shaxsiy  xususiyatlari  va  me`yordan  og`ishgan  xulqi  doimiy  nizo 

sabablaridir: 

-o`qituvchi  shaxsining  xususiyatlari  ko`pincha  nizoga  sabab  bo`ladi  (bu-g`azabdorlik, 

ko`pollik, kasoskorlik, ojizlik, faqat o`zi hakida o`ylash va hokazo). Bundan tashqari pedagogik 

vaziyat  yuzaga  kelgan  paytdagi  o`kituvchi  kayfiyati,  pedagogik  kobiliyatlarning  mavjud 

emasligi,  pedagogik  faoliyatga  qiziqmaslik,  o`z  ishidan  koniqmaslik,  o`kituvchining  ogir 

yashash  niroiti,  pedagogik  jamoadagi  umumiy  muhit,  ish  taqsimlanishidagi  adolatsizlik  kabi 

omillar  nizo  sabablari  bo`lishi  mumkin.  SHuni  yodda  tutish  kerakki,  o`qituvchining  pedagogik 

vaziyat  va  nizo  bartaraf  etishdagi  har  qanday  hatosi,  o`quvchilar  tomonimdan  adolatsizlik 

ko`rinishi  sifatida  qabul  qilinadi,  ular  xotirasiga  o`rnashib  oladi  va  o`zro  munosabatlarning 

keyingi bosqichlariga uzoq muddat ta`sir ko`rsatadi. Albatta, bir xil maktab, bir xil o`kuvchilar 

va  o`qituvchilar  yo`q  va  shuning  uchun  ham  har  bir  vaziyatni  oldindan  ko`rib  bo`lmaydi  eki 

ularning bartaraf etishning universal usullarini ishlab chiqib bo`lmaydi. Uquvchi o`qituvchi bilan 

yakka  turgan  holdagina  nizo  yuzaga  keladi.  (Begonalar  yoki  ma`muriyat  guvohligida  nizo 

bo`lmaydi),  shuning  uchun  maktab  ma`muriyati  nizoni  hal  etishda  yordam  bera  olmaydi.  SHu 

narsa  qizikki,  maktab  rahbariyati  yuzaga  kelgan  nizoli  vaziyatlarda  o`qituvchi  ayibdorligini 

ko`rib turadi, juda kam hollarda o`kituvchi o`z aybiga ikror bo`ladi. shuning uchun ma`muriyat 

oldida  turadigan  abadiy  muammo-kanday  kilib  ham  o`kituvchiga,  ham  o`kuvchiga  yordam 

berish,  ular  o`rtasida  iliq  va  do`stona  munosabat  o`rnatishdir.  Agar  direktor  yoki  direktor 

o`rinbosari  o`quvchini  himoya  qilishga  o`tsa,  o`qituvchi:  "Har  doim  o`kuvchilarni  himoya 

kilasizlar, bu esa har doim ayibdor, unda bizni kim himoya qiladi"-qabilidagi fikrlarni bildiradi. 

Mana maktab ma`muriyatim oldidagi pedagogik vaziyat. Bu holatda birgalikda oqilona vaziyatni 

taxlil  kilish,  ularga  qandaydir  yordam  berish  mumkin.  O`kituvchi  o`kuvchilar  bilan  ishlash 

jarayonida har doim ham dars reja bo`yicha amalga oshishiga ishonchi komil emas, u kutilmagan 

tasodiflarga ruxan tayyor, ammo aytish kerakki, bu tasodiflar betakror emas: ular bir-biriga juda 

yaqin,  mohiyatan  o`xshash,  mazmunan  turdosh,  faqat  ishtirokchilar  har  xil  va  o`zgacha 

ko`rinishda xolos. Achinarlisi shuki, nizo darajasiga ko`tarilgan pedagogik vaziyatlarda ko`plab 

vaqt yo`kotiladi, o`kuvchilarning ishchi kayfiyati susayadi, o`kituvchining sog`ligiga putur etadi. 

Bu ko`rinishdagi vaziyatlar uzok mudsatli nizolarga aylanadi, ular asosan o`kuvchining darsdan 

ketishi,  o`kituvchining  esa  direktor  oldiga  ketishi  bilan  yakun  topadi.  Pedagogik  nizolarni 

bartaraf  etish  va  ularning  oldini  olishda  o`qituvchiga  yordam  berish  yo`llari  o`qituvchi  va 

maktab  raxbariyatining  birgalikdagi  faoliyata  orkali  erishilishi  yukorida  izohlab  berilgan. 

Natijada biz quyidagi xulosaga keldik: 

-  dars  jarayonida,  asosan  o`smirlar  sinfida,  nizoli  vaziyatlarning  bo`lib  turishi  ko`plab 

o`qituvchilar va maktab raxbarlarining fikrlaricha, tipik holat hisoblanadi. Buni hal qilish uchun   

o`kuvchilarning   jamoaviy   o`quv   faoliyatini   tashkil   eta   bilishi,   o`quvchilarning   yosh 

xususiyatlarini  hisobga  olishi,  o`zaro  munosabatlarni  rasmiy  jihatdan  oshirib  borishi  zarur 

hisoblanadi. 

PeDAGOGIK VAZIYAT VA NIZOLARNING PSIXOLOGIK TAXLILI VA VOSITALARI. 




 

 

Pedagogik  vaziyatlarni  hal  qilishda  asosiy  o`rin  psixologik  taxlilga  taalukli.  Bu  bilan 



o`qituvchi pedagogik vaziyat mohiyatini anglab etishga, vaziyatning nizoga aylanib ketmasligiga 

erishadi.  Boshqacha  qilib  aytganda  bu  orkali  o`kituvchi  vaziyat  "Ichiga"  kirib  boradi,  uning 

tarbiyaviy  ta`siridan  foydalanish  imkoniyatiga  ega  bo`ladi.  Ammo,  pedagogik  vaziyatni 

psixologik  taxlil  qilish  o`zaro  munosabatlardagi  muammolarni  hal  qiladi  degan  fikr  hato 

hisoblanadi.  Psixologik  taxlildan  foydalanish  o`kituvchi  tomonidan  yo`l  ko`yilayotgan  hatolar 

sonining  kamayishiga  olib  keladi.  Bu  kabi  taxlillar  mustaqil  to`gri  qaror  qabul  kilishga  asos 

bo`lib  xizmat  kiladi.  Psixologik  taxlilning  asosiy  maqsadi  mavjud  vaziyatning  hal  qilinishda 

asosli 1sixologik karor kabul kilish uchun etarlicha ma`lumotlarga ega bo`lishdir. O`qituvchining 

shoshkaloq  qarori  o`quvchida  shunday  paydo  bo`lishiga  olib  keladi,  tezkor  dialog-aytishuvni 

yuzaga  keltiradi  va  natijada  vaziyat  nizoli  tus  oladi.  Mazkur  taxlilning  yana  bir  ahamiyatli 

maksadi shundan iboratki o`qituvchi diqkatini o`quvchi xulqidan gazablanishdan uning shaxsiga 

va uning faoliyatda namoyon bo`lishiga, uning boshkalar bilan o`zaro munosabatiga o`tkazishga 

yordam  beradi.  Psixologik  taxlil  o`quvchi  hulqiga  baho  berishda  ko`p  hollarda  o`kituvchiga 

yoqimsiz  bo`lgan  o`kuvchi  ayibdor  bo`lib  qoladi,  (bu  ayol  o`qituvchilarga  ko`proq  xos). 

SHuning uchun ham o`kituvchilar bu toifadagi o`quvchilarning eng kichik va ahamiyatsiz tartib 

buzarliklariga  ham  e`tibor  qilishadi.  O`qituvchining  bu  munosabati  shunga  olib  keladiki, 

o`kuvchi xususiyatini ob`ektiv o`rganish oldin amalga oshirilgan va o`kituvchi tomonidan kayd 

kilingan  kiliklarni  sanash  bilan  almashinadi:  yaxshi  o`quvchining  yaxshi  xulki  esga  olinadi, 

o`rinsizlariga  ahamiyat  berilmaydi.  SHu  paytda  "Murakkab"  o`quvchi  doim  ayibdor  bo`lib 

qolaveradi.  Psixologik  taxlil  "YOmon"  o`kuvchida  yaxshi  sifatlarni  ko`rish  va  na`munali 

o`quvchidagi  soxtalikni  ko`rish  imkonini  beradi.  Bularning  barchasi  vaziyatga  to`g`ri  baho 

berishda,  hatto  murakkab  o`quvchining  shaxs  sifatida  "O`sishini"  ko`rishda  muhim  ahamiyat 

kasb etadi. Oqilona psixologik taxlil o`kituvchiga ko`plab vaziyatni hal etishning nafaqat ko`plab 

variantlarini topishda yordam beradi, balki uning oldini olish va nizoni "o`chirish" yo`llarini ham 

ko`rsatishi mumkin. Axir nizoni bashorat kilish, uni pedagogik vaziyat darajasida  hal   kilish-bu  

har  ikkala  tomon   uchun   vaziyatdan  oqilona  va  "Jangsiz" chiqishning  yagona variantidir. 

Bunda  o`qituvchi  vaziyatning  nizoga  o`tish  davrini  aniklaydi,  turli  usullar  bilan  zo`riqishni 

susaytadi  va  vaziyatni  o`z  nazoratiga  oladi.  Nizoni  o`chirish-bu  tomonlar  munosabatini  har 

ikkalasi  uchun  manfaatli  darajaga  o`tkazish,  affekt  munosabatini  o`quv  faoliyatidagi  rasmiy 

munosabatlar  doirasiga  olib  chiqadi.  Afsus  bilan  aytish  mumkinki,  keyingi  paytlarda  o`quvchi 

maqomi  tushub  bormoqda,  ammo  uning  yuqori  ijtimoiy  maqomisiz  murakkab  pedagogik 

faoliyatni  tasavvur  etib  bo`lmaydi.  Uqituvchilar  odatda  ba`zan  yoki  o`zlashtirish  uchun,  yoki 

tartib-intizomga  barcha  e`tiborini  qaratadilar,  hattoki  ba`zan  o`zaro  musobaqalarda  birinchi 

o`rinni olish uchun bor kuchini sarflaydilar. Mazkur jarayonda o`quvchi bilan hech kimning ishi 

yo`q, u bilan hech kim kayg`urmaydi, u bilan dildan suhbatlashmaydi. Ba`zan yosh o`qituvchilar 

pedagogik  faoliyatning  insonparvar  tamoyillariga  rioya  kilish  maqsadida  (o`kuvli-o`quvsiz) 

bolalar bilan samimiy va berilib ishlashga harakat qiladilar. Ammo, o`quvchilar o`qituvchilarga 

bo`lgan  munosabati  haqidagi  ma`lumotlar,  o`quvchilar  ko`pollikka,  sergaklikka,  undaydi. 

O`kuvchilarga  ko`p  ham  yaqinlashmaslik  fikrini  uygotadi.  Bu  hushyorlik  va  fikrlar  tajribali 

o`kituvchilarning  quyidagi  nasihatlari  bilan  yanada  chuqurlashadi  va  o`quvchilarga  munosabati 

o`zgarib  boradi:  "Bekorga  harakag  kilayapsan.  yaxshisi  ular  bilan  masofa  sakla,  vaqtingni 

uslubiy  ishlarga  sarfla".  Oilasidagi  og`ir  munosabat  haqida  xabardor  bo`lsada,  boshqa 

o`qituvchilar ishiga aralasha olmaydi. Maktab ma`muriyati tomonidan malakali yordam mavjud 

emas.  „Bularning  barchasi  o`qituvchida  ojizlik  tuyg`usini  uyg`otadi,  tashqi  natija  muhimrok, 

individual  odam  ahamiyatsiz  kabi  fikrlarning  faoliyatga  singib  borishiga  turtki  bo`ladi. 

O`kituvchilar,  asosan,  uzoq  muddatlargacha  sinf  yoki  alohida  o`quvchilar  bilan  o`zaro 

munosabatlar  o`rnatishdagi  qiyinchiliklarini  yashiradilar,  oshkor  qilmaydilar,  o`z  muammolari 

doirasida  yolg`iz  "Qovuriladi".  Bularning  barchasi  munosabatlarni  nizo  darajasiga  olib  keladi. 

Mavjud  vaziyatni  tahlil  qilish  uning  ob`ektiv  sabablarini  aniqlashga  yordam  beradi  va  tajribali 

o`qituvchilar bilan maslahatlashish esa vaziyatdan chiqish variantlarini tanlashda ahamiyatlidir. 

Mavjud vaziyatni chukur va asosli taxlil kilish, uni hal qilish variantlarini ishlab chiqish kabilar 



 

 

o`qituvchining  mehnat  stajiga  to`g`ridan-to`g`ri  bog`liq  emas.  O`kuvchilar  yosh  davrlar 



xususiyatlarini  o`rganishga  kiziqish,  o`quvchi  shaxsiga  qiziqish,  vaziyatni  o`quvchi  ko`zi  bilan 

ko`rishga  va  baholashga  intilish,  o`zini  ular  o`rniga  qo`yib  ko`rish-oqilona  pedagogik  tahlil 

asosini tashkil etadi. Tajribali o`qituvchilar fikricha bunday tahlil mavjud vaziyatdan chikishda, 

nizolarni  bartaraf  etishda,  o`z  hato  va  kamchiliklarii  anglashda  va  takrorlamaslikda  o`z 

tajribasini  sinab  ko`rish  imkonini  beradi.  SHu  bilan  birgalikda  o`kituvchi  ortiqcha  hayajonsiz 

karor qabul qilish, ta`sir ko`rsatishning an`anaviy usullardan vos kechish kabilarga o`rganadi. Bu 

o`z  o`rnida  usullaridan  o`qituvchilar  tanlash  erkinligini  oshiradi  va  kasbiy  shakllanib  borishiga 

ko`maklashadi. 

NIMA DeYISH KeRAK? QANDAY GAPIRISH KeRAK? 

Bolalar  bilan  gaplashganda  o`kituvchi  nima  deyishipi,  qanday  gapirishni  (suhbatning 

hissiy oqimi), bolaga karatilgan nutqning maqsadga erishishi  uchun qachon gapirishni (vakt  va 

joyi),  kimning  guvohligida  va  nima  uchun  gapirish  (natijani  ko`ra  bilish)  ni  aniq  bilishi  kerak. 

Tadqiqot  natijalari  shuni  ko`rsatadiki,  ko`plab  o`kituvchilar  turli  yoshdagi  o`quvchilar  bilan 

dialog  qilishda  qiynalishadi.  O`kituvchining  o`kuvchilar  bilan  dialogi  asosan  ma`muriy-

buyrukbozlik  darajasida  olib  boriladi  va  u  shakllanib  ulgurgan  ibora,  tanbeh,  do`k-po`pisa, 

o`quvchilar  xulqidan  norozilikni  ifodalovchi  gaplardan  iborat  bo`ladi.  Bunday  murojaat 

maktabda  ko`p  yillar  davom  etadi  va  oxir  oqibatda  katta  yoshdagi  yukori  sinf  o`quvchilarida 

o`kituvchi  bilan  o`zaro  muloqotning  ma`lum  shakllari  qotib  ulguradi.  Ba`zi  o`kituvchilarda  bu 

o`quv-rasmiy harakterga ega:  "U (o`qituvchi)  gapiradi-men eshitaman",  "U so`raydi-men javob 

beraman,  hammasi  joyida",  "O`kituvchimiz  tushuntiradi-biz  tinglaymiz,  o`z  bilganimizcha 

bajaramiz",  "Darsga  yo`klamadan  o`tish  uchun  kiramiz",  dars  zerikarli,  baribir  hammasi  esdan 

chiqib  ketadi".  (O`quvchilar  bilan  suxbatlardan).  Keyingi  yillarda,  bu  ko`pgina  o`kituvchilar 

fikri,  o`qituvchi  va  o`quvchi  o`rtasidagi  muloqot  madaniyati  anchagina  zaiflashgan.  Buning 

sababiii  ular  oila  tarbiyasidagi,  jamoat  joylaridagi,  ko`chadagi  muloqot  madaniyatining 

zaiflashishida  deb  biladilar.  Odatda  o`qituvchining  qo`pol,  kat`iy  tanbehi,  o`kuvchi  tomonidan 

ko`pol  javobning  paydo  bo`lishiga  olib  keladi,  natijada  bu  vaziyat  o`qituvchining  "Sinfdan 

chikib  ket"  gapi  bilan  yakunlanadi.  O`quvchi  o`qituvchining  bosik,  muloyim  hayrixoh 

murojaatiga  ko`pollik  bilan  javob  qaytarmaydi.  Bunday  murojaatdan  o`quvchi  ayibdor  kabi 

sukut saqlaydi  yoki bosiqlik bilan o`zini oqlashi mumkin yoki o`kituvchidan kechirim so`raydi. 

O`kuvchining  xulqi  haqida  u  bilan  gaplashganda  o`qituvchi  uning  shaxsiga  samimiy  befark 

emasligini namoyon etishi muhim pedagogik  ahamiyatga ega. O`quvchi xulkiga baho berishda, 

o`z g`azabini bildirishga jazo bilan qo`rqitishga, odobsizligiga ta`na qilishga shoshmaslik zarur. 

Aks holda, o`quvchi o`zini o`kituvchidan himoyalanishga harakat qiladi, muloqotdan yoki javob 

berishdan qochadi, o`rtadagi dialog esa, "So`z zarbalari" dan iborat bo`ladi. Uqituvchi ko`zi esa 

nafakat  tartibni  buzgan  o`quvchini  ko`rishi  zarur,  balki  og`ir  vaziyatga  tushgan  bolani  ham 

e`tiborga olishi, unga hamdardlik bildirishi, yordam berishi, u bilan birga kayg`urishi zarur. Bu 

holat  tomonlar  o`rtasida  do`stona  hissiy  muhitni  yuzaga  keltirish  bilan,  suhbatlashayotganlarni 

bir-biriga  yaqinlashtiradi,  o`zaro tushunishni  yuzaga keltiradi,  munosabatlarni  mustahkamlaydi. 

O`qituvchi  va  o`quvchini  bir-biriga  yaqinlashtirishga,  o`zaro  tushunishni  tarkib  toptirishga 

yordam  beradigan usullardan hamma o`qituvchilar ham  foydalanavermaydi.  Ulardan ba`zilarini 

eslatib  o`tamiz.  O`kuvchini  o`z  ismi  bilan  chaqirishga  harakat  qiling,  hatto  u  sizning 

gazabingizni keltirgan paytda xam. Bu murojaat shaklida erkalash orqali talab yashirin, u bolani 

befarq qoldirmaydi. Sababi o`quvchi maktabda asosan familiyasi bilan chaqirishga o`rgangan, bu 

rasmiy  holat,  o`z  ismi  bilan  faqat  oilada  va  yaqinlar  murojaat  ^kilishadi.  O`z  ismini  eshitish 

o`quvchi uchun yoqimli. Bundan tashqari bu yoshdagi o`quvchilar bir-birini laqab bilan, ismning 

yarmini  aytish,  otasini  ismi  bilan  chaqirishni  afzal  biladilar.  Har  bir  o`quvchi  (inson)  o`z 

ismining  lug`aviy  ma`nosini  boshqalarnikidan  afzal  biladi,  albatta,  uni  eshitishi  bilan  o`zini 

mexanik ravishda kishi bilan iliq va ishonarli munosabat o`rnatishga tayyorlaydi. 

MUROJAAT VA TINGLAY BILISHNING SO`ZSIZ VOSITALARI. 

O`qituvchining  o`quvchilar  bilan  muloqotida  nafaqat  nutq  mazmuni  katta  ahamiyatga 

ega, balki mimikasi, ovoz ohangi, intonasiyalar ham, muhim pedagogik ta`sir ko`rsatish kuchiga 



 

 

ega.  Mutaxassislarning  aniqlashishicha  katta  yoshdagilar  orasidagi  muloqot  jarayonidagi  ohang 



40 % gacha ma`lumotlarni etkazadi, bolalar bilan muloqotda esa, uning ta`siri yanada kuchliroq. 

Bola  katta  yoshdagilarning  unga  bo`lgan  munosabatini  ovoz  ohangidan  aniq  va  behato  ajratib 

olishi  xususiyatiga  egadirlar,  ular  tabiatan  "Hissiy  tinglash"  qobiliyatiga  egadirlar.  Ular  ovoz 

ohanglaridan  nafakat  bildirilgan  fikrlar  mohiyatini  anglaydi,  balki  kattalarning  unga 

munosabatini  ham  sezadilar.  O`kuvchi  so`zni  tinglay  turib,  dastlab  ovoz  ohangiga  karab  javob 

berishga  hozirlanadi  va  shundan  so`nggina  bildirilgan  fikr  moxiyatini  anglab  etadi. 

^^•Sattalarning  ovoz  ohangida  o`quvchiga  munosabat  sezilib  turadi,  o`quvchi  ko`proq  mana 

shunga ^K`tibor karatadi.O`qituvchining baqirigi va bir maromda nutki ta`sir etuvchi kuchga ega 

emas,  sababi  bunday  nutkdan  hissiy  munosabatpi  ilg`ab  olish  murakkab.  Bu  o`z  o`rnida 

tinglovchilarda  befarqlikni  va  loqaydlikni  keltirib  chiqaradi,  o`kuvchida  his-hayajon 

uyg`otmaydi  va  natijada  o`qituvchi  o`kuvchi  ongiga  ta`sir  ko`rsatish  imkoniyatidan  mahrum 

bo`ladi.  Bundan  tashqari  o`qituvchi  o`kuvchini  eshita  bilishi  va  tinglay  bilishi  pedagog`ik 

ahamiyatga  ega.  O`kituvchi  nutkining  samaradorligi  ko`p  jihatdan  uning  tipglash  malakasi 

mavjudligiga  bogliq.  Buni  amalga  oshirish  qator  sabablarga  ko`ra  oson  ish  emas:  Birinchidan, 

o`quvchi  hali  o`z  fikrini  to`g`ri,  mantiqli,  bog`liqli,  ifodalay  olmaydi,  buping  ustiga  o`qituvchi 

uning  gapini  tez-tez  bo`lib  turishi,  o`kuvchi  fikrini  ifodalashda,  yanada  ko`proq  qiyinchiliklar 

tug`diradi.  ("Bo`ldi,  etarli,  tushunarli").  Oqibatda  bola  o`quvchi  eng  muhimini  ayta  olmaydi. 

Ikkinchidan,  o`qituvchilarning  o`quvchini  tinglashga  vaqti  yo`k:  o`z  fikrini  aytay  deganda 

o`kituvchi  tinglamaydi,  ma`lum  muddatdan  so`ng  o`qituvchi  eshitishni  talab  qilganda, 

o`quvchida  qizikish  so`ngan.  Bundan  tashqari,  tinglamagan  kishiga  nimanidir  tushuntirish 

yanada zerikarli. 

O`QUVCHIGA YAQINLARINI TA`NA QILMANG. 

Hech  qachon  o`kuvchini,  o`smirii,  jazolashda  uning  oilasidagi  noxushlikni,  ota-onasi, 

akasi,  singlisi,  opasi  hulkini  ta`na  qilmang.  Bu  o`quvchiga  tengdoshlari  oldida  og`ir  botadi  va 

mavjud vaziyat nizoga aylanishi tayin. Mazkur hatoga yo`l qo`ygan o`qituvchi o`quvchilar ko`z 

o`ngida xam o`qituvchi,  ham katta yoshdagi inson sifatida, o`z hurmat va mavqesini yo`qotadi. 

Afsuski,  bu  kabi  holatlar,  amaliyotda  tez-tez  uchrab  turadi.  Uqituvchining  bu  usullardan 

foydalanishi,  so`kinish,  va  argo-jargolardan  foydalapishlari  bilan  teng.  Unisi  ham,  bunisi  ham, 



o`qituvchiga mumkin emas. Har bir o`quvchi o`z oilasi va ota-onasini mukaddas hisoblaydi. 

 

Yüklə 374,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin