O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi



Yüklə 374,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/13
tarix29.12.2021
ölçüsü374,54 Kb.
#48429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
pedagogik konfiliktologiya fanidan

Savol va topshiriqlar 

1. Pedagogik faoliyatda o`zaro munosabatlar ko`rsating 

2. Pedagogik faoliyatning o`ziga xos xususiyati sanab bering 

3. Pedagogik faoliyatdagi o`qituvchi va o`quvchi o`rtasidagi munosabatlarini aytib bering 

4. Pedagogik faoliyatning o`ziga xos xususiyati nimada? 

Adabiyotlar 

1. Karimov I.A. ―Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori‖.-T, ―SHarq‖, 1998 y. 

2.Voronin G.L. Konfliktы v shkole. Sosiologicheskie issledovaniya №3,  1994 g. 

3.Liseskiy 

K.S. 

Preduprejdenie 



mejlichnostnыx 

konfliktov 

sisteme 


otnosheniy 

starsheklassnikov A/R dissertasii M., 1994. 

4.Rыbakova M.M.  Konflikt i vzaimodeystvie v pedagogicheskom prosesse. – M.: Prosveщenie, 

1991. 


5.Podlasыy I.P. Pedagogika. – M.: Vlados, 2003. 

 

1.1 



Pedagogik  faoliyatda  o`zaro  munosabatlarning  ba`zi  xususiyatlari  axamiyatli 

munosabatlar 

tizimi 

insonparvar 

va 

demokratik 



g`oyalarga 

asoslangan 

hamkorlik 

peodagogikasining  amalga  tadbiq  etish  ko`p  jixatdan  o`qituvchining  o`quvchilar  bilan  turli 

pedagogik faoliyatda urganishni to`gri tashkil etishga bog`liq. 

Pedagogik  faoliyatda  o`qituvchi  va  o`quvchining  o`zaro  samarali  munosabati  -  ish 

muvaffaqiyati  va  o`kuvchining  o`z  ishidan  qoniqishi  hissini  ta`minlovchi  asosiy  sharoitdir. 

Uquvchilar  bilan  zarur  aloqa  o`rnata  olmaslik  esa  -  ko`plab  muvaffaqiyatsizlik  va  nizom 

vaziyatlarining asosiy sababidir. Olib borilayotgan tadqiqot natijalari shuni ko`rsatidiki, yuqorida 

kdyd etilgan muammo yosh o`qutuvchilarning yarmidan ko`pini kiynab kelmoqda, xatto tajribali 

o`qituvchilar ham aqti-vaqti bilan mazkur muammoga duch kelishmoqda. 

Pedagogik  faoliyatning  o`ziga  xos  xususiyati  nimadan  iborat,  pedagogik  jarayon 

ishtirokchilarinig o`zaro munosabatlari xarakter va mazmunini aniqlash mumkin? 

Pedagogik  faoliyat  shunday  soxalar  sirasiga  kiradiki,  u  erda  muvaffaqiyat  garovi 

ishtirokchilar munosabatining xarakter va mazmuniga bog`liq. 

O`qituvchining  tarbiyaviy  ta`sirini  ko`p  jixatlan  o`qituvchi  va  o`quvchi  o`rtasidagi 

munosabat  belgilari:  ba`zi  o`qituvchilarda  o`quvchilar  «ochiq»  pedagogik  ta`sirga  ijobiy 

munosabatda, tanbex va tanqidni to`g`ri qabul qilishadi, o`qituvchining xar qanday topshiriqlarni 

bajarishga  tayyor,  u  bilan  tez-tez  maslaxatlashib  turishadi.  Boshqalarida  esa  ziddiyatlarni 

kuzatamiz,  tanbex  va  tanqid  o`quvchilarda  norozilikni  uyg`otadi,  o`quvchi  o`qituvchilardan 

norozi,  sinf  raxbariga  va  direktorlarga  ota  —  onaga  shikoyat  qiladi,  ammo  shu  erda  ham 

munosabatlar  yaxshilikka  o`zgarmaydi.  Axir  o`kuvchi  va  o`qituvchi  o`rtasidagi  iliq  munosabat 

pedagogik  jarayonda  boladi  shaxs  sifatlarini  shakillantirish  va  o`qituvchining  kasbiy  oyoqqa 

turishi uchun zaruriyat hisoblanadi. 

Pedagogik  jarayon  ishtirokchilari  o`rtasida  o`zaro  munosabatlarni  nafaqat  istalajak 

sharoit  sifatida  qabul  qilish  zarur,  balki  pedagogik  faoliyatning  asosiy  tarkibiy  qismi  sifatida 

o`rganish  zarur.  Ammo  bir  paytning  o`zida  30  -40  o`quvchi  bilan  xar  ikki  tomonni 

koniqtiradigan chliq munosabatni o`rnatish o`qituvchi uchun oson ish emas. 

Bola  o`z  ulg`ayish  jarayoni  davomida  uning  uchun  ahamiyatli  bo`lgan  ko`plab 

muammolar  tizimiga  kirib  boradi.  Albatta,  bu  munosabatlar  bolaning  shaxs  sifatida  shakillanib 

borishini  belgilab  beradi,  jumladan  o`qituvchiga  bo`lgan  munosabat  xarakteriga  o`zgartirishlar 

kiritadi. 

Ular  orasida  eng  muxumlari  oiladagi  munosabatlar,  o`kituvchilar  bilan  munosabatlar, 

tengdoshlar orasidagi, shaxslararo munosabatlar, norasmiy munosabatlar va boshqalar. 




 

 

Tug`ilgandan boshlab maktabga o`qishga kelguncha bo`lgan davrda oilada munosabatlar 



tizimi  bola  uchun  ahamiyatli  hisoblanib,  kuchli  tarbiyaviy  ta`sirga  ega.  Bu  davrda  ota-  onalar 

(kattalar)  zimmasiga  katta  mas`uliyat  yuklaydi.  Mas`uliyat  mazmuni  shundan  iboratki,  ular 

bolaning  ham  jismoniy  ham,  ma`nan  ulg`ayishi  uchun  mas`uldirlar.  Oila  munosabatlari  asosini 

bolaning  xatga-xarakatlariga  e`tibori  tashkil  etadi.  O`z  o`rnida  e`tiborsizlik  bola  uchun  jazo 

hisoblanadi. 

Bolaga  maktabga  kelishi  bilan  yangi  munosabatlar  tizimiga  qo`shiladi;  uning  o`zga 

muxitga  muvaffaqiyatli  moslashishi  ko`p  jixatdan  o`qituvchiga  bogliq:  bolani  maqtasa  ona 

xursand,  uni  erkalaydi,  yaxshi  ko`radi,  kichik  xato.  vazifaning  ko`ngildagidek  bajarilmaganligi 

ota-ona  munosabatini  o`zgartirib  yuboradi.  Mazkur  davrda  o`qituvchi  zimmasiga  katta 

mas`uliyat yuklaydi: u bolani nafaqat maktabdagi munosabatlar tizimiga o`rgatadi, balki oiladigi 

munosabatlarni  ham  tashkil  etib  bordi.  Ota-  onalar  odatda  o`qituvchi  bilan  munosabatlarini 

yaxshilashga  intiladilar,  farzandi  xaqida  o`qituvchiga  gapirib  beradi,  dars  qilishga 

ko`maklashadi,  maktabga  o`kituvchining  tajribasizligi  va  uning  okibatidagi  tabiiylikdir: 

o`quvchilarda murakkab vaziyatlarda o`kituvchiga yordam berish istagi mavjud va o`qituvchi bu 

yordamni  qabul  qiladi,  ular  birgalikda  muvaffaqiyatlardan  kuvonishadi,  muvaffaqiyatsizlikda 

tashvishga tushadilar. 

Bugun  maktablarda  faoliyat  ko`rsatayotgan  ko`plab  o`qituvchilarning  o`quvchilarga 

munosabatida  yuqoridagilarning  aksini  kuzatamiz:  tabiiylikni  qadirlamaydi;  o`quvchilardagi 

mustaqillikni ko`rib ko`rmaslikka oladi; o`quvchilardagi betakrorlik o`qituvchi g`ashini keltiradi; 

o`quvchilar  bilan  «dildan»  gaplashishi  o`rnini  shakillanib  ulgurgan  ta`sir  ko`rsatish  usullari 

egallagan  (masalan  talabchanlik)  o`kituvchi  bilan  o`rnatilgan  shaxsiy  munosabat  o`quvchilarda 

ularni  tushinadigan  kishini  topganligi  bilan  qadirlidir,  xar  bir  o`quvchi  o`qituvchi  nigoxida 

betakror  shaxs  sifatida  gavdalanadi.  Bunday  samimiy  munosabatlar  ziddiyatli  xolatlarni 

kamaytadi,  qarshilik  ko`rsatishni  zaiflashtiradi.  Bularning  barchasi  o`kuvchini  pedagogik 

jarayoning  ishtirokchisiga  aylantirshga  ma`lum  ma`noda  xizmat  qiladi.  «Agar  munosabatlar 

o`zaro  xurmat,  tenglik  va  adolatlilik  asosida  qaror  topgan  bo`lsa,  jarayonning  xar  bir 

ishtiroqchisi o`z imkoniyatlarini to`liq namoyon etishga va shaxs sifatida rivojlanishga erishadi» 

deb  yozgan edi tanishi psixolog olima T. P. Gavrilova (Psixologiya mejlichnosnix otnosheniy / 

ped. red. A. A. Bodaleva. M... 1982,-s. 132). 

Ba`zi  o`qituvchi  va  o`kuvchi  o`rtasidagi  shaxsiy  munosabatlar  o`qituvchining  o`ziga 

nisbatan  qiyinchilik  va  ziddiyatni  yuzaga  keltirdi.  Mana  bu  borada  bir  o`qituvchining  fikri: 

«Sinfimda bir o`quvchi bor, men uni yaxshi bilaman—yomon bola emas, qat`iyatli, sofdil ammo 

bir  o`kuvchi  bilan  chiqishaolmaydi,  munosabatlari  yaxshi  emas.  Inson  sifatida  men  uni 

tushunaman, ammo mening kasbiy o`rnim u bilan kelishishga yo`l qo`ymaydi. Uni maqullasam, 

hamkasbim  qanaqa  axvolda  qoladi.  CHorasizman.  Bir  paytning  o`zida  uni  himoya  qilgim  va 

hamkasbimga yordamlashishni istayman». 

Hamkorlik  pedagogikasining  insonparvarlik  g`oyasi  moxiyati  shundan  iboratki, 

o`qituvchi  va  o`kuvchi  o`rtasidagi  o`zaro  munosabatlar  o`quvchi  shaxsini  xurmat  qilish  va  uni 

qo`llab-quvvatlashga  asoslanadi,  nafaqat  uning  faoliyatidagi  muvaffaqiyatlariga  ishonch,  balki 

foydalanilmagan imkoniyatlariga ishonch, uning shaxsiga e`tiborlikka asoslanishi zarur. 

Mavjud  va  orzudagi  munosabatlar  o`quvchilar  bilan  o`rnatiladigan  uzoq  muddatli  aloqa 

jarvyonida  barcha  bilan  bir  xil  tarzda  hamkorlik  munosabatlarini  o`rnatish  murakkab. 

O`quvchilar  turlicha.  Biri  ayni  paytdp  e`tiborga  muxtojlik,  unga  samimiylik  va  g`amxo`rlik 

ko`rsatish zarur, boshkasiga talabchanlik zarur, qattiqo`llik zarur. Bularning barchasi muxum va 

bir paytning o`zida amalga oshiriladi. 

Yuqoridagilarning barchasini yagona munosaat  tarkibiga umumlashtirish o`zaro muiosabatlarda 

rasmiyatchilikni yuzaga keltiradi. 

Tajriba  sinov  tariqasida  olib  borilgan  ekspress-so`rovnoma  natijalari  kiziqarli.  VII-IX  - 

sinf  o`kuvchilariga  o`qituvchilar  bilan  o`rnatilgan  munosabatlarining  amaldagi  va  istaklardagi 

(orpzulardagi) munosabatlarni tanlash topshirig`i berildi. Tanlash uchun munosabatlarning besh 

xil ko`rinishi tavsiya etiladi: buyruq munosabat aralashmaslik, hamkorlik, enagalik, kelishmaslik 



 

 

(mojoroli).  Munosabatlar  mazmunini  quyidagicha  izoxlagan  edi:  kelib  turadi.    Agar  ular 



bolaning  maktab  xayotiga  kam  e`tibor  qaratishsalar,    bolada  yangi  munosabashar  tizimiga 

ko`nikishi bir muncha kiyin kechadi. 

Boshlangich  sinfdan  so`ng  o`kituvchi  va  o`quvchi  o`rtasidagi  munosabatlar  o`zgaradi: 

fan  o`kituvchilari  xozircha  bolani  bilishmaydi,  aloqa  esa  faqat  dars  mashg`ulotlari  orkali 

o`rnatiladi.  Bu  o`zlashtirishning  pasayishiga  sabab  bo`ladi,  maktabdan  sovush  kuzatiladi.  Bu 

muammoni  yangi  sinf  rahbari  xal  etish  mumkin,  bundan  tashqari  bu  jarayonga  boshlang`ich 

sinfdagi o`qituvchilar va ota-onalar ham ta`sir ko`rsatishi mumkun. 

O`spirinning  kichik  guruhlarga  ko`shilish  extiyoji  kichik  tanishuvlvr  orqali  amalga  oshadi,  bu 

extiyoj  ham  ma`lum  qiyinchiliklar  orqali  "'etiladi,  chunki  xar  bir  guruxning  o`z  me`yor  va 

qadriyatlari mavjud, bundan tashqari o`spirin atrofdagi xatti - xarakatlarni ham, maktab xayotini 

ham. 

O`spirinning o`z tengdosholari bilan o`rnatiladigan munosabatlardagi kiyinchiliklar uning 



sinfdagi  o`rni,  egallagan  maqomi  bilan  xarakterlanadi.  Ko`p  hollarda  o`quvchi  o`qish  va 

xulkidagi  yutuklari  bilan  ham  maktabda  o`zini  xissiy  barqaror  muvozanatda  sezmaydi.  Xatto  u 

kichik  guruxda  lider  bo`lsada,  boshqa  guruxlardagilarga  bo`lganidek  o`kituvchiga  ham 

munosabat  bildiradi,  unda  o`zini  ko`rsatish  istagi  paydo  bo`ladi:  o`z  mustaqilligini  ko`rsatadi, 

aytganida  turib  oladi,  o`kituvchilar  e`tiroziga  befarq  qaraydi  va  xakozo.  O`spirin  o`qituvchi  va 

ota—onalar  bilan  tunosabatlarini  buzush  tarafdori.  Bularning  barchasi  o`kituvchi  va  ota-onalar 

uchun o`zaro .«gunosabatlarni me`yorlashtirishda qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. 

Yuqori  sinf  o`kuvchilari  bilan  munosabatlarda  o`qituvchilar  ularga  ko`prok  mustaqillik 

berishi,  oila  bilan  munosabatlar  o`rnatishi  muhum.  Bunday  munosabat  orqali  o`quvchi  shaxsi 

shakillanishiga  norasmiy  guruxlar  ta`siriga  o`zgartirishlari  kiritishi  imkoni  tug`iladi.  Bu  imkon 

o`quvchidek  nafaqat  tengdoshlariga  tobelik,  balki,  katta  yoshdagilar  bilan  teng  xukuklilik  unda 

o`ziga ishonchni mustaxkamlaydi.  

Pedagogik faoliyatdagi o`qituvchi va o`quvchi o`rtasidagi munosabat o`spirinlarning turli 

yosh  bosqichlarida  turli  murakkblikda  o`tadi.  Bu  o`kuvchidagi  dunyoqarashning  boyib  borishi, 

ota-ona,  o`qituvchilar,  tengdoshlariga  bo`lgan  munosabatning  o`zgarib  borishi,  aloqadorlik 

rishtalarining mustaxkamlanishi va zaiflashishi bilan ham izohlanadi. Boshkacha qilib aytganda 

o`quvchi yoshi ulg`ayishi bilan maktab va oilada unga ajratilgan o`rin va topshiriklarni nisbatan 

tez o`zlashtirib boradi. Bu o`rinda katta yoshdagilarning vazifasi bolaga u bajaradigan vazifalar 

ko`lamini kengaytirish, shu bilan birgalika ko`proq mustaqillik berish kabilardan iborat bo`ladi. 

Faqat  shu  ishlar bilangina kattalar va  yoshlar o`rtasidagi  samarali va hissiy  aloqadolikni saqlab 

qolish mumkin. 

SHaxsiy    va  rolli    munosabatlar.    O`kuvchilar  bilan  o`zaro  munosabatllprni  o`rnatishda 

o`qituvchinring      shaxsiy      va      rolli      munosabatlarni      o`yg`unlikda      olib      borish   

ko`nikmasining mavjudligi aloxida ahamiyatga ega. 

Maktabda o`kituvchining o`quvchilarga bo`lgan munosabatida rolli munosabatlar shaxsiy 

munosabatlarda uyg`un turadi. Buni o`qituvchi quyidagiga izolxlaydi: "O`quvchi makutabdaligi 

paytida biz barchasiga javobgarmiz, ham o`qishiga ham xulkiga" . buning o`rida bir muxim jixat 

unitilgandek, agar o`qituvchi barcha mas`uliyat va javobgarlikni o`z zimmmsiga oldigan bo`lsa, 

unda o`kuvchi xech narsaga javob bermaslik, to`liq erkinlik imkoniyatiga ega bo`lmoqda. Bu o`z 

o`rnida  yoki  bolada  mas`uliyatsizlikni  shakillantiradi  yo'ki  unda  maktabga  bo`lgan  qiziktishni 

so`ndiradi, axir unda unda mustaqil fikr mavjud, o`z xayoti egasi bo`lishini istaydi. 

O`qituvchilar  uchun  dastlabgi  bitiruvchilarni  (SH-X1  sinflar)  chiqarish  uitilmas  xodisa 

hisoblanadi. Bu o`ziga xos kasb tanlashda adashmaganlik va o`kitiuvchi sifatida shakillanganlik 

mezoni  sifatida  qabul  qilinadi.  O`qituvchining  yoshligi  va  tajribasizligi  o`zaro  munosabatlarda 

o`zaro  munosabatlarda  tabiiylikni  yuzaga  keltiradi,  bu  tabiiylik  esa  o`z  o`rnida  o`kituvchi  va 

o`quvchilardagi xarakat umumilliyligini yuzaga keltiradi, bir — birini tushinishga xizmat qiladi, 

bir  -  biridagi  xususiy  imkoniyatlarni  ro`yobga  chiqarish  imkonini  yaratadi:  o`quvchilar 

o`qituvchilarning  xaqiqiy  o`qituvchi  sifatida  shakillanishiga  ko`maklashadi,  o`kituvchi 

o`quvchilardagi  layoqat  va  qobiliyatlarni  rivojlantiradi  va  namoyon  etishga  sharoit  yaratadi, 



 

 

shaxsiy  sifatlarni  takomillashtiradi.  Bu  xolatda  ularni  birgina  narsa  birlashtirib  turibdi.  Buyruk 



munosabat  -  qattiq  intizom,  tarbiyaga  aniq  talablar,  munosabatda  rasmiylik;  Aralashmaslik 

munosabati — betakorolik o`quvchilar bilan erkin muloqot o`rnatadi, o`z faniga chuqur beriladi. 

Enagalik  munosabati  -  ortiqchp  g`am  xo`rlik,  xar  qanday  mustaqillikdan  cho`chish,  ota  -onalar 

bilan doimiy aloqa. 

Majorali  munosabat  -  o`quvchilar  yoqtirmaslik  (yashirincha),  o`z  fanidan  va  o`quvchilardan 

doimiy norozilik, ovozida yoqtirmaslik oxangi. Xamkorlnk muiosabati - barcha faoliyat turlarida 

hamkorlik  va  hamfikrlilik,  bir-biriga  qizikish,  o`zaro  muloqotdada  bir—biriga  ishonch. 

So`rovnoma  taxlili  asosan  mazkur  munosabatlarning  ikki  turi  amalda  ko`p  uchrab  turishini 

ko`rsatadi  -  bular  aralashmaslik  va  buyruqbozlikka  asoslangan  munosabatlaridir.  So`rovnoma 

natijalari  taxlilida  shu  narsa  e`tiborga  muolikki,  pedagogik  jarayonning  xar  ikkala  tomoni 

ziddiyatli mugosabatni butunlay yo`q qilib bo`lmasligini e`tirof etishgan. 

Ko`pgina  o`quvchilar  o`qituvchining  aralashmaslik  munosabatini  eng  samarali 

munosabat sifatida ko`rsatishgan (37 %). Buni shu bilan izoxlaganki o`qituvchi o`z fanini biladi 

o`kuvchilarning  bilimli  bo`lishi  kelajak  uchun  zarur,  o`qishga  kirishda  asqotadi.  Tarbiyaviy 

soatlarda, tadbirlarda, darsdan tashqari faoliyatda o`qituvchining ishtirok etishi shart emas, ular u 

yoshdan «o`tgan». Mana darsning izoxi. 

Mazkur xulosa maktabning tarbiyaviy  roli xaqida o`ylab  ko`rishga  majbur qildadi.  Axir 

o`quvchi  yoshlarda  dunyoqarash  va  e`tiqodning  shakillanib  borayotgan  mas`uliyatli  davrida, 

o`quvchilarda  fuqarolik  o`rni  tiklanayotgan  bir  paytda  yanada  muhumroqdir.  Hamkorlik 

munosabatini  ko`plab  o`kituvchi  va  o`quvchilar  (41%)  orzudagi  munosabatlar  sifatida  qayt 

etishgan.  SHu  jaavob  bilan  bir  paytda  ular  bunday  munosabatni  barcha  bilan  bir  xil  tarzda 

o`rnatishga  shubxa  bilan  qarashgan  va  u  qanday  ko`rinishda  namoyon  bo`lishini  tasavvur 

etaolmaydi. 

Bularning  barchasi  qaysidir  ma`nolda  o`kituvchi  va  o`quvchilar  o`rtasida  uzoq  yillar 

davomida  shakillanib  ulgurgan  munosabatlarning  aniq  ko`rinishini  tasavvur  etishimkonini 

beradi. Albatta, hamkorlik pedagogikasi sharoitida ziddiyatlar va murakkab pedagogik vaziyatlar 

to`liqligicha  yo`q  bo`lib  ketmaydi,  ular  oqilona  hal  etish  o`qituvchidan  ma`lum  bilim  va 

ko`nikmalarni talab etadi. 




Yüklə 374,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin