O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi


-mashq. “Asosiy ehtiyojlarimizni qondirish”



Yüklə 414,05 Kb.
səhifə17/71
tarix22.08.2023
ölçüsü414,05 Kb.
#140163
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71
8 11 sinf o‘quvchilari uchun korreksion va rivojlantiruvchi mashgʻulotlar

4-mashq. “Asosiy ehtiyojlarimizni qondirish”.
O‘z-o‘zini hurmat qilishga intilishning uchinchi bosqichi - bu uyqu, ovqatlanish, jismoniy mashqlar va ijtimoiy bog‘liqlik kabi insonning to‘rtta asosiy ehtiyojlarini qondirishga ishonch hosil qilishdan iboratdir.
Uyqusiz, och, charchagan yoki yolg‘iz bo‘lsangiz, miya va tanangiz uchun og‘ir kechib, natijada hayotiy ehtiyojlarni qondirish, shu jumladan stressga qarshi turish ancha qiyinlashadi.
Oziq-ovqatga kelsak, ba’zi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, odamlar iste’mol qiladigan yeguliklar ularning kayfiyatiga ta’sir qilishi mumkin. Ba’zi vitaminlar va ozuqa moddalarining etishmovchiligi yuqori darajadagi depressiya bilan bog‘liq. Ovqatlanish ko‘nikmalariga (oraliq, miqdor va sifat) e’tibor qaratish va sog‘lom ovqatlanish amaliyotga amal qilish sog‘lom turmush tarzining tarkibiy qismi bo‘lib, bu o‘zini qadrlash darajasini oshiradi. Bizning kayfiyatimizga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ba’zi oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga shakar, kofein (faqat me’yorida), alkogol va qayta ishlangan va qadoqlangan mahsulotlar kiradi. Sabzavot, loviya, sut mahsulotlari, meva, butun don va ba’zida baliq kabi tabiiy mahsulotlardan iborat parhezga rioya qilish samaraliroqdir
Jismoniy mashqlar yoki faollik: jismoniy mashqlar kayfiyatni ko‘tarish va o‘z-o‘zini hurmat qilishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mashq qilish jarayonida, miyada kayfiyatni ko‘taruvchi kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish ko‘payadi. Kundalik hayotingizda engil-o‘rtacha darajadagi mashqlarni bajarishga odatlansangiz, o‘zingizni yanada barqaror his qilishingiz mumkin. Bu juda mushkul, chunki odamlarning o‘zlarini hurmat qilish darajasi pasayganida, ularning energiyalari ham pasayadi. Ehtimol, ular biron bir narsaga qiziqishlari bo‘lmaganligi sababli, reja tuzishga istaklari ham bo‘lmasligi mumkin. Faoliyatni to‘xtatish, aslida o‘z-o‘zini hurmat qilish muammolarini yanada kuchaytiradi. O‘zingiz istamasangiz yoki "kayfiyatda" bo‘lmasangiz ham, faol bo‘lish juda muhimdir.
Ijtimoiy aloqa: O‘zini boshqalardan nari tutadigan odamlar uchun, qo‘llab-quvvatlaydigan do‘stlar va oilalar bilan aloqada bo‘lgan odamlarga nisbatan, odatda stress va hissiyotlar bilan kurashish qiyinroq kechadi. Bu, albatta, o‘zimizga bo‘lgan hurmatimizga ta’sir qiladi. Qo‘llab-quvvatlaydigan odamlar hayotning eng og‘ir paytlarida bizni hissiyotlarga qarshi turishga yordam beradigan qutqaruv to‘ri vazifasini bajarishlari mumkin. Sizning atrofingizda rag‘batlantiradigan va qo‘llab-quvvatlaydigan odamlarning bo‘lishi sizning o‘zingizga bo‘lgan hurmatingizni oshirishga yordam beradi.
Yakun yasash.
O‘quvchilarning barcha savollariga javob bering
•Agar vaqt imkon bersa, 3-4 talabadan mashg‘ulotda o‘rgangan 1 narsa haqida aytib berishlarini so‘rang.
•O‘quvchilarga ishtiroklari uchun minnatdorchilik bildiring.


Yüklə 414,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin