101
Genetik
metodda taraqqiyotdagi bosqich, pog`onalar, inqiroz holatlari
ajratib ko`rsatiladi (vertikal aloqa). Donalash metodida
esa shaxsning barcha
xarakteristikalari o‘rtasidagi "gorizontal'' aloqalar aniqlanadi.
Bu metodlardan ayrimlarini ko`rib chiqamiz.
Kuzatish
— psixik xususiyatlarni o‘zoq vaqt davomida, rejali, biror
maqsad
asosida o`rganish. Kuzatish —universal metod bo`lib, turli vaziyatlarda
ishlatiladi. Ilmiy kuzatish xayotiy (ilmiy
bo`lmagan) kuzatishdan tubdan farq qiladi. Xayotiy kuzatish - kundalik hayotda,
rejasiz
amalga oshirilib, turli tasodiflarga bog`liq bo`ladi. Kuzatish ilmiy bo`lishi
shu bilan bir qatorda psixologik-pedagogik kuzatish bo`lishi uchun bir qancha
talablarga
amal qilishi lozim:
1.
Maqsadga yo`nalganlik. Umuman o`quvchini emas, balki
uning shaxsiy
sifatlari qonkret namoyon bo`lishini turli vaziyatlarda va
faoliyatning har xil
turlarida – o`yin, o`qish, mehnat, muloqat jarayonida kuzatish.
2.
Reja. Kuzatishni boshlashdan oldin muayyan vazifalar belgilanishi
(nimani kuzatish), reja tuzilishi (vaqti va vositalari), ko‘rsatkichlari aniqlab olishi
(nimani qayd etish), bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolar va ularni oldini olish yo‘llari,
taxmin qilinayotgan natijalarni o‘ylab olishi lozim. Bunda ko‘zatilayotgan
xususiyat aniq belgilanishi lozim (ular ko‘p bo‘lmasligi zarur). Kuzatishdan
maqsad xulq-atvordagi topilgan kamchiliklarni to‘g‘rilash yo‘llarini ishlab chiqish
bo‘lmog‘i lozim.
3.
Mustaqillik. Kuzatish yo‘l-yo‘lakay qilinishi lozim bo‘lgan emas, balki
mustaqil ravishda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan vazifa bo‘lmog‘i lozim.
4.
Tabiiylik. Psixologik-pedagogik kuzatish o`quvchilar uchun tabiiy
sharoitlarda o`tkazilishi lozim. U o`qituvchining ishtirokisiz o`tkazilishi zarurki,
o`quvchi ko‘zatilayotganini sezmasin.
5.
Tizimlilik. Kuzatish o`qituvchining xohishi bilan emas, balki doimiy
reja asosida, tizimli ravishda yoki rejalashtirilgan ma‘lum oraliqdan so`ng
o`tkazilishi zarur.
6.
Ob‘ektavlik. Kuzatish jarayonida o`z
taxminlarini emas, ob‘ektiv
fakt,harakat,o`quvchilar xulq-atvorining ob‘ektiv xususiyatlarini qayd etish va shu
asosda xulosa chiqarish lozim.
7.
Qayd etish. Olingan barcha ma‘lumotlar ma‘lum tizimda
qayd etilishi
lozim. Olingan natijalar kuzatish jarayonida yoki uni o`tkazilgandan so`ng darhol
qayd qilishi kerak.
Biroq kuzatish metodining kamchiliklari ham mavjud. Bular :
1.
Tekshiruvchining passiv xolatni egallaganligi.
2.
Qayd etishdagi xatolar.
3.
Qaytarish imqoning yo`qligigp.
4.
Natijalarni tahlil qilishdagi subektivizm.
Kuzatish metodining ijobiy tomoni shundaki, eksperimental ravishda
o‘rganish imqoni bo‘lmagan faoliyatni analiz qilish, o`quvchi
xulq-atvori tabiiy
sharoitda o‘rganish imqoniyati mavjud.
Kuzatish pedagogik amaliyotda qo‘llaniladigan asosiy metodlardan
biridir. Kuzatish intervallari yoshga bog‘liq bo‘lishi kerak.
102
Tug‘ilgandan 2-3 oygacha - har kuni
2-3 oydan - 1yoshgacha - har
xafta
Ilk bolalik ya‘ni 1 - 3 yoshda — har oyda
3 yoshdan 6-7 yoshgacha - yarim yilda 1 marta
7-11 yoshda - 1 yilda 1 marta kuzatish o‘tkazilishi zarur.
Dostları ilə paylaş: