105
Testning standartlashtirilishi vazifalar bajarilishini baxolash va uni
o‘tkazishning bir xildagi jarayonlarni hosil qilishdan iborat. Bu esa test o‘tkazilishi
mo‘ljallanayotgan, o‘rganilishi talab qilinadigan katta sonli reprezentativ
sinaluvchilarda (2-3 ming) testni o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Test standartlashtirilishi 2 bosqichda o‘tkaziladi. 1 — bosqichda
testni
qo‘llash yo‘riqnomasi shakllanadi: topshiriqlar tanlanadi, uni o‘tkazish uchun
ko‘rsatmalar ishlab chiqiladi, sinaluvchiga beriladigan yo‘riqnoma to‘ziladi va testi
o‘tqazishning boshqa masalalari ko‘rib chiqiladi. 2 — bosqichda
normalar
aniqlanadi, ya‘ni test natijalarini baholash uchun boshqa individlar yoki guruhlar
natijalari bilan solishtirish uchun normalar tizimi belgilanadi.
Testning ishonchliligi - shu test qayta o‘tkazilganda (aynan shu
tekshiruvchilarda) olingan ma‘lumotlarning bir-biri bilan mos kelishi. Ishonchlilikni
baholashning asosiy ko‘rsatkichi korrelyatsiya koeffitsenti.
Testning validligi - test qanday maqsadda yaratilgan bo‘lsa, o‘sha maqsad
uchun qo‘llanaladi.
Qo‘llanilshi soxasiga karab:
1. Intellekt testlari.
2. Maxsus qobiliyatlarni aniqlash va yutuqqa erishish testlari.
3. Shaxs xususiyatlarini aniqlash testlari.
4. Qiziqishlar, ustanovka, qadriyatlarni aniqlash testlari.
5. Shaxslararo munosabatlar diagnostikasi uchun mo‘ljallangan testlar
farqlandi.
Masalan, shaxslararo munosabatlarni va shaxs sifatlarini diagnostika
qilish
uchun ko‘pincha amerikalik psixolog T. Liri tomonidan yaratilgan metodika
qo‘llaniladi. Bu metodik so‘rovnoma bo‘lib, 128 ta punktdan iborat. Sinaluvchi o‘zi
va atrofidagilarda muayyan xislatlarning mavjudligini, shuningdek, o‘zida va
sheriklarida bo‘lishini xohlaydigan sifatlarni ko‘rsatadi. Natijalar qayta ishlangach,
tadqiqotchi sinaluvchining shaxsi, yo‘nalishini aniqlab va shu asosda shaxslararo
o‘zaro ta‘sirni prognoz qilishi mumkin.
Shunday qilib, testlar - bu maxsus metodlar bo‘lib, u yoki bu ijtimoiy
psixologik hodisa qisqa muddat ichida tekshiriladi. Testlar asrimizning boshlarida
kashf qilingan bo‘lib. ular 20 -30 yillarda xayotga, amaliyotga shiddat bilan kirib
keldi. Natijada maxsus soxa - psixometrika yo‘zaga keldi. Testlarni qo‘llashning
qulayligi shundaki, bir test yordamida ma‘lum shaxsning u yoki bu xususiyatlarini
bir necha marta, takroran sinab ko‘rish mumkin.
Dostları ilə paylaş: