149
O`quvchini hozirgi zamon talabiga javob beradigan, erkin fikrlovchi shaxs
sifatida shakllantirish uchun pedagogning o`zi
mustaqil fikrlovchi, yuqori
saviyadagi bilimli, dunyoqarashi keng bo`lmog`i va o`zida
bu xususiyatlarni
muntazam rivojlantirib bormog`i lozim.
Ota – onalar o`qituvchituvchining ish staji va yoshi qanday bo`lishidan
qat‘iy nazar undan farzandlarini tarbiyalash va o`qitish mahoratini kutadilar.
O`quvchilar esa o`qituvchilarni uch xil hislatlari bo`yicha xarakterlab beradilar.
Jumladan, birinchidan, o`qituvchining odamgarchiligi, adolatliligi, sof vijdonliligi,
bolalarni yaxshi ko`rish hislatlari;
ikkinchidan, o`qituvchining sezgirligi
talabchanligi bilan bog`liq tashqi hislatlari va hulq –
atvoriga qarab; uchinchidan,
o`qituvchining, o`z
fanini bilishi, uni tushuntira olishi kabi ta‘lim jarayoni bilan
bog`liq hislatlariga qarab xarakterlab beradi.
O‟qituvchi psixologiyasi mavzusi bo‟yicha taqdimotlar
Hozirgi zamon pedagogi qanday bo`lishi lozimligi, qanday qilib jamiyatga
kerakli shaxsni shakllantira olishini aniqlash.