Psixik taraqqiyot va ta‟lim mavzusi bo‟yicha taqdimotlar
113
114
115
116
14-mavzu: TA‟LIM PSIXOLOGIYASI.
Ma‟ruza mashg`uloti rejasi
1. Ta‘lim psixologiyasining mohiyati.
2. O‘qishning mohiyati va qonuniyatlari.
3. Dasturlashtirilgan ta‘lim.
4. Ta‘limni individuallashtirish.
Darsning maqsadi:
Ta‘lim psixologiyasi mohiyati yoritiladi. Uning shaxs kamolotidagi o‘rnini
ta‘limning noan‘anviy usullari va vositalari ta‘lim jarayonining samaradorligi va
unga ta‘sir etuvchi omillar to‘g‘risidagi bilimlarini rivojlantirish. Ularga
jamiyatning kelgusi rivoji va ta‘limning o‘zaro bog‘liqligini tushuntirish va
anglatishdan iborat.
1997 yilda qabul qilingan "Ta‘lim to‗g‘risida"gi qonun va "Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturida" shaxs kamoloti asosiy masala sifatida e‘tirof etilgan.
Prezidentimiz
I.A.Karimov:
"Iqtisodiy
va
siyosiy
sohalardagi
barcha
islohotlarimizning pirovard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar
uchun munosib hayot sharoitlarini tashqil qilib berishdan iboratdir. Aynan shuning
uchun ham ma‘naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta‘lim va
maorifni yuksaltirish, milliy uyg‘onish g‘oyasini ro‘yobga chiqaradigan yangi
avlodni voyaga etkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo‗lib
koladi", degan edilar.
Maktab jamiyatning ijtimoiy institutlaridan biri. Maktab jamiyatning
buguni emas, balki kelajakka yo‗naltirilgan rivojini belgilaydi. Maktabning maqsadi
ta‘lim va tarbiyadir.
O„quv faoliyatining psixologik mohiyati
Uquv faoliyati bu shunday faoliyatki, unda shaxsning psixik jarayonlari
shakllanadi va rivojlanadi, uning asosida yangi faoliyatlar yo‘zaga keladi.
Uquv faoliyati insonning butun hayoti davomida namoyon bo‗luvchi
o‘zluksiz jarayondir.
Rus psixologi A.N.Leontьev inson faoliyatining psixik va amaliy shakllari
mavjudligini ta‘kidlaydi, bola ongi aynan o‗quv faoliyatida o‗sishini ta‘kidlaydi.
D.B.Elьkomin esa o‗quv faoliyatining xususiyatlarini ko‗rsatib, uni
mohiyatiga, mazmuniga va o‗zini namoyon bo‗lish shakliga ko‗ra ijtimoiyligini
ta‘kidlaydi.
Uquv faoliyati bu shunday faoliyatki, uning natijasida avvalo uquvchida
o‗zgarish yo‘z beradi. Uning maxsuli turli motivlar asosida qurilgan bo‗lishi darkor.
Bu motivlar bevosita o‗quvchi shaxsining o‗sishi va rivojlanishi bilan bog‘liq
bo‗lishi kerak. Uquv faoliyati ta‘lim, o‗qish va o‗rganish degan tushunchalar bilan
bevosita bog‘liqdir.
Ta‘lim o‗qituvchi va uquvchi hamkorligidagi o‗quv faoliyati, o‗qituvchini
bilim, ko‗nikma va malakalarini o‘quvchilarga o‗rgatish jarayonidir.
117
Ta‘lim jarayoni bevosita muayyan axborotni, harakatlarni, hulq-atvorning
shakllarini o‗zlashtirishga karatilgandir.
O‗qish va o‗rgatish tushunchalari o‗quv faoliyati bilan bog‘liq bo‗lib, ular
bilim, ko‗nikma va malakalarni o‘zlashtirishga, o‗rgatishga xizmat qiladi.
O‘quv faoliyatining besh elementi mavjud:
1. O‘quv motivlari
2. O‘quv topshiriqlari
3. O‘quv xarakatlari
4. O‘qituvchining nazorati
5. O‘qituvchining baholashi
D.B.Elkominning yozishicha, o‘quv faoliyatining shakllantirilishi bu
faoliyat ayrim kishilarbajarilishini asta-sekinlik bilan o‗quvchining o‗ziga
o‗qituvchining ishtirokisiz mustaqil bajarish uchun o‗tkazilishidir.
Ta‘lim jarayoni alohida tashqil etiladigan hamda boshqariladigan faoliyat
bo‗lib, u o‗quvchilarning o‗quv faoliyatlarini tashqil etadi va ularni boshqaradi.
Ta‘lim jarayoni besh elementdan iborat:
1. Ta‘limning maksadi - nima uchun o‗qitish kerak?
2. Ta‘limning mazmuni - nimaga o‗qitish kerak?
3. Ta‘limning metodlari, usullari va pedagogik muloqot yo‗llari.
4. Ta‘lim beruvchi
5. O‘quvchi
Ta‘lim jarayonini tashqil etish: ideal va amliy faoliyatning u yoki bu turini
muvaffaqiyatli tashqil etish uchun zarur bo‗lgan tashqi olamning muhim ahamiyatli
xossalari xususidagi axborotning o‗zlashtirilishi:
- faoliyatning ana shu barcha turlari tarkib topgan usullari va
jarayonlarining o‗zlashtirilishiga;
- maqsadga muvofik keladigan usullar va jarayonlarni to‗g‘ri tanlash va
foydalanishga boqliq.
Ta‘lim jarayonining muvaffaqiyati:
1. Motivatsiya
2. Ma‘lumot usullari
3. Ma‘lumotning tushunarliligi;
4. Xotira
5. Ma‘lumotni qo‗llash
Ta‘lim va ta‘lim jarayonida 'bolani rivojlanish muammosi psixologik
markaziy masalalardan biridir. Ta‘lim va rivojlanish muammosiga doir qator
nazariyalar ishlab chiqilgan bo‗lib, ulardan biri:
1. Aqliy hatti-harakatlar, bilimlar, malaka va ko‗nikmalarni bosqichma-
bosqich rivojlantirish nazariyasi (P.YA.Galьperin).
Galьperin nazariyasi bo‗yicha bilimlarni o‗zlashtirish jarayoni olti
bosqichni boshidan kechirib, ularga:
1. motivatsiya
2. tushuntirish
3. moddiy formadagi hatti-harakatlarni bajarish
4. baland ovozda hatti-harakatlar va vazifalarni bajarish
5. bajariladigan hatti-harakatlarni ichki rejada ovoz chiqarmay bajarish
118
6. faoliyatni fikran bajarish kiradi.
Ushbu nazariyada ta‘limning uchta asosiy turlari ajratiladi: Birinchi tipda -
hatti-harakatlarni o‗zlashtirish xatolar bilan
kechadi, berilayotgan material etarli darajada anglanilmaydi, ta‘limoluvchi
ta‘limning asl mohiyatini tushunib etmaydi.
Ikkinchi turda - materialni nisbatan dadil va to‗la tushunilishi va material
bilan bog‘liq tushunchalarni ajratilishi bilan xarakterlanadi.
Uchinchi tir tez, samarador va bexato hatti-harakatlarni o‗zlashtirilishini
ta‘minlab beradi.
V.V.Davidov nazariyasi. Ushbu nazariya kichik maktab yoshidagi
o‘quvchilarni ilmiy tushunchalarni o‘zlashtirilishini targ‘ib qiladi. Bunda
uquvchilar tomonidan ta‘lim jarayonida nazariy tushunchalar tizimini
o‗zlashtirilishi lozim bo‗lib, bu o‗z o‗rnida xususiydan umumiy bilimlarga o‗tilishni
ta‘minlaydi.
qator nazariyalar muammoli ta‘lim bilan bog‘liq bo‗lib, L.V.Zankov va
A.M.Matyushkin tomonidan olib borilgan tadqiqotlar ta‘limda muammoli darslarni
tashqil etishga qaratilgandir.
Ta‘limning psixolik asoslari muammosi ko‗pgina masalalarni qamrab oladi.
Ta‘limning muvaffaqiyati bir qator psixologik omillarga bog‘liq bo‗ladi. Avvalo
o‗quvchining o‗qishga bo‗lgan munosabatiga to‗xtalaylik. Bu munosabat dikkatda,
his-tuyg‘ularda, qiziqishlar va irodada, shuningdek, shaxsning tutgan yo‗lida
namoyon bo‗ladi.
Ta‘lim jaraeni avvalo uquvchilar diqqatini yo‗lgan solishni talab etadi.
Darslarda ko‗rgazmali qurollardan, texnik vositalar, EHM vositalaridan foydalanish
ta‘lim oluvchida ixtiyorsiz diqqatni yo‘zaga keltiradi. Ta‘lim jarayonida ta‘lim
beruvchining vazifasi darsda ishlash holatini yo‘zaga keltirishgina emas, balki
uquvchilarning darsda o‗tiladigan materialini idrok etishga tayyor turishlarini
kuzatish hamdir. Dars jarayonida uquvchilarning diqkati o‗zgarib turadi. O‗qitish
jarayonida bu qonuniyatlarni nazarda tutish va o‗quvchilar diqqatini materialning
asosiy eralriga jalb etish hamda ularni takrorlash kerak.
Ta‘lim jarayonining samaradorligi ko‗p jihatdan o‗qituvchi tomonidan
beriladigan ko‗rsatmalarga ham boqlik. Uqituvchining roli shundan iboratki, u
o‗quvchilarga tegishli ustanovkani hosil qilishi, nimani vaqtincha, nimani umrbod
esda olib qolishi kerakligini, nimani butunlay esda olib qolmasdan, faqat tushunib
olish kifoya qilishini, nimani so‗zma-so‗z esda olib qolishni, nimaning ma‘nosini
o‗z so‗zlari bilan aytib berish uchun esda olib qolish zarurligini ko‗rsatib o‗tishi
lozim. Kuzatishlar ko‗rsatadiki, bunday ko‗rsatmalar berilmaganda, o‗quvchilarda
ko‗pincha noto‗g‘ri tasavvurlar vujudga keladi.
Uqitishning emotsionalligi ta‘limning muvaffaqiyatliligini ta‘minlovchi
omillardan biridir. Ta‘lim berish jarayoni emotsional jarayon. Ugar o‗quvchilarga
berilayotgan axborot ularda hech kanday xis tuyg‘u uyg‘otmasa, uni o‗quvchilar
yaxshilab esda olib qolmaydilar. Gap o‗quvchilarning psixik holatlari, ya‘ni
ularning muayyan bir paytdagi kechinmalari haqida ham borishi kerak, albatta.
Ulardagi quvonchli, optimistik kayfiyat o‗quv faoliyatini juda samarali qiladi.
Uquvchilar emotsional ruxdagi materialni durustroq o‗zlashtirib oladilar.
119
Utkazilgan tajribalar o‘quvchilar hech qanday his tuyg‘u uyg‘otmaydigan
materialga qaraganda, emotsional ruxdagi materialni yaxshiroq eslab qolishlarini
ko‗rsatadi. Uqutuvchi o‘quv jarayonining emotsional tomoni haqida g‘amxurlik
qilishi kerak. Bu muammo juda muxim axamiyatga ega. CHunki, birinchidan,
ta‘limning mazmuni nihoyatda murakkablashib, hajmi esa g‘oyat kattalashib
ketgan. Uning muvaffaqiyatli o‗zlashtirilishiga erishish uchun o‗quvchilarning
o‗quv faoliyatini kuchaytirish lozim. Ijobiy tuyg‘ular o‗quv mehnatining
samaradorligiga kuchli ta‘sir etadi. Xafsala bilan bijarilgan beg‘araz munozara
paydo bo‗ladi, bahslashiladi, befarq qaragan yoki undan ham beshbattar, salbiy
munosabatda bo‗lishgan ishga esa hech qanday xafsala bo‗lmaydi.
Jamiyatimizdagi mehnat - haqiqiy ijod, quvonch manbai. Maktab
o‗quvchilarida o‗quv mehnatiga ijodiy munosabat uyg‘otib, mehnatning haqiqiy
ijodga, quvonch manbaiga aylanishiga ko‗maklashish kerak.
qadimda greklar juda ajoyib iborani ko‗llaydilar: "Talaba-to‗ldirilib
turilishi kerak bo‗lgan idish emas, balki yoqib turilishi lozim bo‗lgan mash‘aldir".
Bu fikrning tagida chuqur ma‘no bor. Zero, o‗qituvchi biz yuqorida ta‘kidlab o‗tgan
ta‘lim metodlari muammoli ta‘lim, qisman izlanish metod iva tadqiqot metodlaridan
keng qo‗llanishi kerak. Ta‘lim jarayonini bugungi kundagi asosiy talabalaridan biri
erkin fikrlovchi, mustaqil tafakkurga ega bo‗lgan shaxsni shakllantirish bo‗lib,
yuqorida aytib o‗tgan metodlardan foydalanish uchqunlardan kata mash‘allar paydo
bo‗lishini ta‘minlab beradi.
Ta‘lim jarayonida o‗quvchilarning bilishga qiziqishlari g‘oyat kata rol
uynaydi. Ma‘lumki, qiziqish uquvchilarning emotsional bezagi, biror buyumni,
biror faoliyatni tanlash munosabati va yo‗nalishidir.
Ma‘lumki, psixologiyada qiziqishning ikii turi o‗quvchilarning ta‘lim
jarayonida aniqlanadi. Birinchisi, bevosita qiziqish, ikkinchisi bilvosita qiziqish.
Har bir o‗qituvchi o‗z o‗quvchilarida o‗z faniga nisbatan bilvosita qiziqishni tarkib
toptirishga harakat qiladi. qiziqishlar orqali o‗quvchilarda ta‘limga aktiv munosabat
namoyon bo‗ladi. Psixoligiyada qiziqish bu - shaxsning o‗zi uchun qimmatli yoki
yoqimli bo‗lgan muayyan narsa yoki hodisalarga munosabatidir. qiziqishlar
shaxsning muhim va individual xususiyatlaridan biri bo‗lib hisoblanadi. qiziqishlar
uquvchilar hayotida kata rol uynaydi. Ular ukuv faoliyatini faollashtiruvchi asosiy
turtqilar motivlaridir. qiziqishlar maktab uquvchisiga fan asoslarini durustroq
o‘zlashtirib olishlariga, aqliy qobiliyatlarning o‗sishiga, bilim doirasining
kengayishiga imqon beradi. Uqituvchilarning vazifasi o‗quvchini dastlab qiziqtirib
qolgan ishning o‗zi bilan shug‘ullanishga majbur qilish emas, balki undagi
qiziqishlarni chuqurlashtirish va kengaytirish, ta‘sirchan qilish, qiziqishlarining
markaziga aylanib qolgan faoliyat bilan shug‘ullanish istagiga, mayliga aylantirishd
ir.
Uquvchilarning muayyan maqsadni ko‗zlab ish tutishida, qiyinchiliklarni
enga olishida, ishdan chalg‘itadigan narsalar bilan shug‘ullanishdan o‗zini tiya
olishida, unda o‗qishga ishtiyoq tarkib toptirishda namoyon bo‗ladigan iroda ta‘lim
jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi.
Umumiy psixologiya kursidan sizga ma‘lumki, iroda bu shaxsning o‗z
oldiga qo‗ygan maqsadining aniqligi, uni amalag oshirish uchun intilishi, maqsad
yo‗lida ma‘lum bir qarorga kelish tezligi va uni o‗z vaqtida ijro etishi bilan
120
belgilanadigan sifatidir. Ta‘lim jarayonida o‗quv materialiga bo‗lgan diqqatning
barqaror bo‗lishida irodaviy zo‗r berishning ahamiyati nihoyatda kattadir. Ta‘limda
iroda o‗quvchida maktab va uyda o‗tkaziladigan mashg‘ulotlarga tayyor turishda
namoyon bo‗ladi. Uquv materialini o‗rganish -eslab qolish va o‗quvchining
irodaviy zo‗r berishgaiga bog‘liq. Iroda o‗quvchilarning firklash faoliyatlarida -
masalani echishga, qo‗yilgan savolga javob topishga va hakozolarga intilishda
namoyon bo‗ladi. Ular o‘quvchilarda ko‗nikma va malakalarni hosil qilishda ham
tarkib topadi.
Psixologlar olib borgan tadqiqotlarida uquvchilar tomonidan berilgan
materialning o‘zlashtirilishi ko‗p jihatidan irodaning tarbiyalanishiga ko‗p jihatidan
bog‘liqdir. Irodaviy aktivlik ta‘limning zarur shartidir. Ta‘lim muassasidagi ta‘lim
jarayonining o‗zi uquvchilardan irodaviy ustirish omillaridan biridir. Bunda
uquvchilarning kundalik rejimi, uqish va oqilona dam olishni bir-biri bilan to‗g‘ri
almashtirib turish katta rol uynaydi.
Ta‘lim jarayonida bilish jarayondarini shakllantirishga aloxida e‘tibor
berish lozim. Zero bilish jarayonlari juda murakkab faoliyat bo‗lib, unda jonli
mushohadadan abstrakt tafakkurga, abstrakt tafakkurdan amaliyotga o‗tiladi, anna
shundan so‗ng ob‘ektiv haqiqat bilib olinadi. Binobarin, biz birinchi navbatda
ko‗rib chiqishimiz lozim bo‗lgan narsa uquv materalini idrok qilish jarayonidir.
Umumiy psixoligiya kursidan ma‘lumki, idrok bu narsa va hodisalarni sezgi
organlariga ta‘sir etishi natijasida ularning kishi psixikasida yaxlit obrazini paydo
bo‗lishi bo‗lib, idrok etish jarayoni ta‘limda turli formalarda o‗qituvchining og‘zaki
hikoya qilishida, suhbat o‗tkazishda, leksiya o‗qishida, kinodars, televizion parcha,
sxemalar va ko‗rsatmali qurollar ko‗rsatish, ekskursilar o‗tkazish, o‗quvchining
o‗ziga darsliklar hamda boshqa qo‗llanmalarni o‗qitish tarzida o‗tishi mumkin.
SHuni alohida ta‘kidlash lozimki, idrokni tarkib toptirishda o‗quvchilarning yosh
xususiyatlarini hisobga olish nihoyatda muhimdir. CHunki, fazoni, vaqtni va
xarakatlarni idrok etishda ham yosh xususiyatlarda turli farqlar mavjud bo‗ladi.
2. Uqish mativlari.
Mativ-inson xulq-atvorining ichki barqarorligi, harakatga undovchi
tushunchadir.
Mativatsiya esa xulq-atvorni psixologik va fiziologik boshqarishning
dinamik jarayoni bo‗lib, unga tashabbus, yo‗nalganlik tashqilotchilik, qo‗llab-
quvvatlash kiradi. Ta‘lim jarayonida o‗qash mativlari "nima uchun? " "nimaga? "
"kanday maqsad bilan?" kabi savollar asosida yo‘zaga keladi. Matvlar birinchidan,
o‘quv faoliyatiga undasa, ikkinchidan, maqsadga erishish uchun zarur yo‗l va
usullar tanlashga yordam beradi. Ukuv faoliyatida o‗quv mativlar o‗quvchilar
tomonidan tanlanib, ular o‗quvchining maqsadi, qiziqishi kelajak rejalari bilan
bevosita bogliq bo‗ladi. YOsh xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda o‗quv mativlari
turli yosh davrlarida turlicha bo‗ladi.
O‗quv faoliyati mativatsiyasining manbalari mavjud bo‘lib, ularga
quyidagilar kiradi :
1. Ichki manbalar . Ular insoniy tug‘ma yoki ortirilgan extiyojlari bilan
belgilanadi.Ulardan
eng
muximi
tug‘ma
infarmatsiyaga
bo‗lgan
extiyojdir.Ortirilgan extiyojlar esa gnostik va ijtimoiy ijobiy extiyojlar xisoblanadi.
121
2. Tashqi manbalar. Ular shaxsning ijtimoiy xayot shart-sharoitlari bilan
belgilanadi.
Talabalar ularning birinchisi bo‗lib, jamiyatning shaxsdan talab qiladigan
doimiy xulq-atvor bildiradi. Bog‘cha ,maktab , oila boladan juda ko‗p ishlarni
amalga oshirishni talab qiladi.
Ijtimoiy kutish xar birimizdan ma‘lum bilimlar, ko‗nikmalar darajasini
bo‗lishi, zarurligini jamiyat kutishini bildiradi. Masalan, bir yoshli bola yurishi
kerak. 7 yoshdan u o‗qishi kerak. 15 yoshdan u kasb tanlashi kerak deb
hisoblaymiz. Imqoniyatlar-shaxs faoliyatini belgilovchi ob‘ektiv shart-sharoitlardir.
Masalan bolaning undan boy kutubxona uni kitob o‗qishga undaydi.
3. SHaxsiy manbaalar bu shaxsning qadriyatlari sistemasi ustavkalari
g‘oyalaridir. Bu manbalar har bir shaxs faoliyatida u yoki bu darajada mavjud.
Ularning barchasi faoliyatining ketishiga ta‘sir etib ti‘lim jarayonining
mativatsiyasini tashqil etadi. V. A- kruteskiy o‗sprinlarda uchraydigan mativlarda
quyidagilarni alohida ifodalaydi:
a) Biror o‗quv faniga kiziqish;
b) Vatanga foyda kelirish istagi;
v) SHaxsiy qobilyatini ro‗kach qilish;
g) Oilaviy an‘analarga rioya qilish;
d) do‗st birodarlarga ergashish; e) moddiy ta‘minlash va hokozalar.
3. Bilimlarni o‗zlashtirish jarayonida uning psixologik komponentlari.
Ta‘lim jarayonining natijasi o‗zlashtirish, ichki va tashqi faoliyatini
maqsadga muvofiq ravishda o‗zgartirishdir. Ta‘lim bir odamning boshqasiga bilim
va ko‗nikmalar berishdir. Bilim ko‗nikma va malakalar ta‘lim jarayonining
natijasidir. Bilimlarni o‗zlashtirish jarayoni mommosi P.YA.Galьperin va N.F.
Talizine tomonidan o‗rganilgan. Ular aqliy xatti- xarakatlarni bosqichma bosqich
shakillantirish nazariyasini ishlab chiqqanlar. Mualliflar aqliy xatti -xarakatlarni
moddiy xolda tashqi nutq yordamida xamda aqliy shaklda fikrda namoyon
bo‗lishini izohlab berdilar. Aqliy hatti-harakatlarning birinchi bosqichi rasm,
sxema, diagramma va shartli belgilar tarzida o‗z ifodasini topadi.Aqliy hatti-
harakatlarning ikkinchi bosqichi ko‗rgazmalaridan olgan tasavvurlari to‗g‘risida
o‗quvchilarning ovoz chiqarib fikr yuritishidan iboratdir. Uchinchi bosqich esa
sub‘ekt ongida tasavvur, tushuncha, qonuniyat, xossa, xususiyat, operatsiya, usul
tariqasida namoyon bo‗ladi. Ma‘lumki, o‗quvchilarga taklif etiladigan axborotlar
aql bovar kilmaydigan darajada tezlik bilan ko‗payib bormoqda. SHuningdek,
ularning juda tez eskirib qolib, yangilashni taqozo etishi ham o‗z-o‗zidan ma‘lum
bo‗lmoqda.
To‗rtinchi bosqichda bajarilgan hatti-harakatlar ichki rejada ovoz
chiqarilmay bajariladi.
Beshinchi bosqichda esa faoliyatni fikran bajarishga o‗tiladi.
Bundan ravshan ko‗rinib turibdiki, materialni asosan yodlab olish va
xotirada saqlab qolishga asoslanadigan ta‘lim hozirgi talablarga kisman javob
bermoqda. Uquvchilarga hamisha yangilanib turadigan axborotni mustaqil ravishda
o‗zlashtirib borishga va o‗qishni bitirib ketganidan keyin kishiga jadal suratlar bilan
o‗sib borayotgan fan texnika taraqqaiyotidan orqada qolib ketmaslik imqoniyatini
beradigan qobiliyatlar taraqqiyotini beruvchi tafakkur sifatlarini tarkib toptirishi
122
muammosi birinchi o‗ringa chiqib bormoqda. Ta‘lim jarayonida o‗zlashtirilishining
muvaffaqiyati quyidagilarga bog‘liq:
1. ta‘lim mazmuniga
2. O‘quv rejalari, dasturlari, dasrliklar va o‗quv qo‗llanmalarining
mavjudligiga
3.
ta‘lim metodikalarini takomillashganligi
4. o‗qituvchi mahoratiga
5. o‗quvchining individual psixologik xususiyatlariga bog‘liq.
Tadqikotlar shuni ko‗rsatadiki, turli individual tipoligik xususiyatlariga ega
o‗quvchilar uchun ta‘limning yagona kulay optimal sharoitlarini yaratish mumkin
emas. Ammo o‗zlashtirishni samaradorligini oshirishda muammoli ta‘lim,
noan‘anaviy ta‘lim usullarini qulay qo‗llash muhim ahamiyatga egadir.
4. Ta‘limning yangi noan‘anviy usullari. Mustaqil tafakkurni
rivojlantirilishi.
Ta‘lim oluvchilarning ta‘lim faoliyatiga ko‗ra ta‘limning quyidagicha
metodlari ajratiladi:
1. Tushuntiruv ko‗rsatmalilik metodi-bu metod reproduktiv metod bo‗lib
unda faoliyat o‗qituvchi tomonidan olib boriladi. Uquvchilar ta‘lim jarayonida
bilim oladilar, tanishadilar.
Bu metod juda keng tarqalgan metodlaridan biri bo‗lib, uni albatta
takomillashtirilgan usullari mavjud bo‗lgan bu programmalashtirilgan ta‘limdir.
2. Reproduktiv metod bu metodda o‘quvchi faoliyat ko‗rsatib, unda
o‗quvchi berilayotgan bilimni qayta xotirada tiklab, olingan bilimni nusxa sifatida
qabul qiladi.
3. Muammoli ta‘lim metodi - o‗qituvchi tomonidan tashqil etilib, u
produktiv xarakterga egadir. Ushbu metod orqali o‗quvchi bilim va malakalarini
shakllantiradi. Ushbu metodning takomillashtirish yo‗llaridan biri ishchan
uyinlardan tashqil etishdan iboratdir.
4. qisman izlanish metodi. Uqituvchi nazorati ostida tashqil etiladigan
metod bo‗lib, u ham produktiv xarakterga ega bo‗lib, bunda o‗quvchi ijod qiladi.
5. Tadqiqot metodi. Uqituvchi ilm yordamisiz tashqil etiladigan ta‘lim
metodi bo‗lib, u o‗quvchining mustaqil izlanish, fikrlash va bilimlar
transformatsiyasini talab etadi.
Ta‘lim jarayoni tashqil etishning o‗ziga
xos
metodalaridan biri ishchan
o‗yinlardir. Ishchan o‗yinlar munosabatlar sistemasini modallashtirish, faoliyat
xarakteristikasini tashqil etishga yordam beradi.
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ta‘lim jarayoniga YAngi pedagogik
texnologiyalarni kiritish ta‘kidlanadi. Pedogokik texnalogiya bu ta‘lim jarayoniga
sistemali yondashuv bo‗lib, unda ta‘lim jarayonining tashqil etishda texnika va
inson imqoniyatlari xisobga olinadi va ularning o‗zaro munosabati ti‘limning
optimal formalari yaratilishiga zamin bo‗ladi.
Pedogokik texnologiyalarni kuyidagi tarkibiy qisimlarga bo‗lish mumkin;
Ti‘lim - tirbiya ishtirokchilari shaxsiga qo‗yiladigan ijtimoiy talablar;
-Hamkorlik faoliyati azolarining kasbiy tayyorgarligi;
123
-Ta‘lim jarayoning maqsadi, mazmuni, mohiyati, amalga oshirish
vositalari;
-Ta‘lim jarayonini diforenslashtirish;
-Ijodiylik
Prezidentimiz I.A.Karimov aytganidek, Demokratik jamiyatda bolalar,
umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi."
Uquvchini mustaqil ta‘lim olishga o‗z-o‗zini rivojlantirishga tayyorlash
bugungi kun maktabining asosiy vazifasidir.
Ta‘lim jarayonida uquvchining mustaqil ta‘lim olishini faollashtirish zarur.
Mustaqil ta‘lim masalani qo‗yilishi, echish, o‗z-o‗zini nazorat va baholashning
yo‗llarini o‗quvchi tomonidan tanlanishi va bajarilishi bilan xarakterlanadi.
O‘quvchilarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun fikrlash
xususiyatlarini shakllantirish zarur. Fikrlash operatsiyalari asosida dars jarayoni
faollashtiriladi. Bu o‗qituvchining: Nima uchun?, qanday maqsadda?, Sababalari
qanday?, Natija nima uchun shunday bo‗ldi? singari savollarning muhokamasi
orqali amalga oshirilishi mumkin. Uqituvchilarni evristik, muammoli vaziyatlarga
tortish, tanqid, gumon holatlarini muhokama qilish, ulardagi muammolarni mustaqil
holda topish va ularni echish uchun o‗z loyihalarini to‘zi shva himoya qilish
o‗quvchilar tafakkurining ma‘nodor va unumdor bo‗lishiga xizmat qiladi.
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" (1997 yil) ta‘lim muammolari oldiga
mustaqil fikrlovchi shaxsni shakllantirish muammosini qo‗ygandir.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta‘kidlaganlaridek: Uqituvchining bosh vazifasi
o‗quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‗nikmalarini hosil qilishdan iboratligini
ko‗pincha yaxshi tushunamiz, lekin afsuski, amalda, tajribamizda unga rioya
qilmaymiz.
Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan
etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o‗rganmasa, berilgan ta‘lim
samarasi past bo‗lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak,
ammo,
bilim o‗z yo‗liga.
Mustaqil fikrlash ham katta boylik.
Hozirgi zamon uquv muasasalarining vazifasi yosh avlodni mustaqil
fikrlashga o‗rgatishdir. Albatta fikrlashda ham individual farqlar mavjud. Fikrlashni
bilish - bu insonning aqlidir.
Aqlning quyidagi sifatlarini ajratish mumkin:
1. Mazmundorlik (boyligi, chuqurligi, hukmga boyligi)
2. Fikrlash kengligi (keng va tor) fikrlashning kengligi va chuqurligi
nazariya va amaliyotning o‘zviyligiga bog‘liqdir. Amaliyot, hukmning to‗g‘riligi
mezonidir.
3. Fikrlashning mustaqilligi - umumiy tajribani qo‗llay olish, shaxsiy fikrga
ega bo‗lishi, tajribaga munosabat bildirish
4. Aqlning tashabbuskorligi
5. Aqlning egiluvchanligi, vazifani standart echishdan qochish
6. Aqlning tanqidiyligi, o‗z ishini aniq baholay olish, uni o‗lchash
7. Aqlning mahsuldorligi
8. Fikrning ketma-ketligi
124
9. Tafakkurning tezligi
Aql haqida ayrim olimlar va arboblarning fikrlari keltirilgan. "Ulug‘ aql
egalari o‗z oldilariga maqsad quyadilar, qolgan odamlar o‗z istaklari ortidan
ergashadilar" (Vashington Irving).
"Aql - bu yaxshi tashqil etilgan bilimlar tizimidir» (K.D.Ushinskiy).
YUqorida aytib o‗tilgan barcha sifatlar yosh o‗zgargan sari o‗zgarib boradi.
Ijodiy ishda fikrlashning mustaqilligi va tanqidiyligi zarur bo‗lib, u aqliy
faoliyatning produktivligini ta‘minlaydi.
Ko‗nikma va malakalarni shakllantirish bilimlarni o‗zlashtiribgina qolmay
xilma-xil ko‗nikma va malakalarni hosil qiladilar.
Ko‗nikma-mashq qilish natijasida yo‘zaga kelgan xatti-harakatlarning
avtomatlashgan usuli. Fiziologik jihatdan ko‗nikma bosh miyaning kata yarim
sharlari pustlogida hosil bo‗lib, vaqtinchalik nerv bog‘lanishlarining barqaror
tizimining funksiyasini ta‘minlaydi. Dinamik-stereotiplarni yaratish sharoitlari bir
vaqtning o‗zida avtomatlashgan akt bilan murakkab analitik-sintetik faoliyatini
yo‘zaga keltiradi. Buning natijasida nafaqat ko‗nikmalar, balki malakalar ham
yo‘zaga keladi.
Malakka - oldinga kuyilgan maqsad va hatti-harakat sharoitidan kelib
chiqadigan suvaffaqiyatli harakatlar usulidir. Malakalar hatti-harakatning maqsad
va qonkret shart-sharoitlariga tegishli bo‗lgan holda doimo suyanadi.
Odam
ishni
qanchalik yaxshi bilsa uni shunchalik malakali amalga oshiradi va undan
foydalanadi.
Ko‗nikma va malakalar hatti-harakat uslubi bo‗la turib, ma‘lum faoliyat
turiga karab ishlab chiqarish, uquv, ijtimoiy, sport, tashqiliy, texnik faoliyat, ilmiy
faoliyat, san‘at sohasidagi ko‗nikmalar va boshqalar bo‗lishi mumkin. Lekin barcha
faoliyat turlarida qo‗llaniladigan ko‗nikma va malakalar mavjud: bular - harakat,
sensor va aqliy ko‗nikma va malakalardir. Harakat ko‗nikmalariga jismoniy
mehnat, sport va uquv ko‗nikmalari (xat yozish, tez o‗qish va h.k.) kiradi.
Sesor ko‗nikma va malakalarga o‗lchov, yorug‘lik, ovoz va simvolik
ma‘lumotlarni tez va to‗g‘ri qabul qilish bilan bog‘liq bo‗lgan va boshqarish
markazlarida tarorlab borishla kiradi.
Aqliy ko‗nikma va malakalarga — kuzatish usullari, malakalarni
rivojlantirish, og‘zaki va yozma hisob-kitobni ishlab chiqish, harakatlarga
yo‗naltirish, kitob bilan ishlash, arxiv materallarini yig‘ish, ilmiy tajriba o‗tkazish
va h.k. ko‗nikmalar mashq natijasida yo‘zaga keladi, ya‘ni bunda maqsad sari
yo‗naltirilgan (doimiy) qaytarish mustahkamlashga olib keladi va samarali usullar
asosida qayta-qayta qaytarilishi amalga oshiriladi.
Inson tomonidan egallangan ko‗nikma va malakalar YAngi ko‗nikmalarni
shakllantirishiga ta‘sir ko‗rsatadi.
qonuniyatlar:
1. Ko‗nikmaning hosil bo‗lishining notekis jarayoni. Bu mashqlarning egri
grafigida namoyon bo‗ladi. YUkorida keltirilgan rasmda buni ko‗rish mumkin.
2.
Ko‗nikmalarning
ko‗chishi.
Ijobiy
ko‗nikmalar
yangilarini
shakllanishiga ta‘siri ko‗chish deyiladi. Ko‗nikmalardagi salbiy ta‘sir esa
125
interferensiya deb ataladi, bunda eski ko‗nikma yangisini shakllanishiga xalaqit
beradi.
3. Ko‗nikmani progressi va regressi - ko‗nikma o‘zoq vaqt miqdorida
xizmat qilishi uchun undan foydalanish lozim. Aks holda deavtomatlashtirish
yo‘zaga kelib, zarur harakatlar o‗z tezlngi, yangiligi, aniqligi va avtomatlashtirilgan
harakatlarni ta‘minlovchi xususiyatlarini yo‘lotadi.
Ozgina odatlar haqida.
Odatlar - bu shunday hatti-harakatlarki, ular o‗z-o‗zidan, avtomatik tarzda
yo‘z beradi. Odatlarni insonning madaniy va axloqiy xulqida ahamiyati kata.
Ta‘lim boshqariladigan jarayoni bo‗lib, bunda har bir bolaning harakati
qadamba-qadam nazorat qilinadi, o‗qituvchi har bir bosqichda o‗quvchining
bilimlarini malakalarini o‗zlashtirish haqida axborot olib turadi, yangi material
avvalgi materailni o‗zlashtirishga qarab taqdim etiladi.
6. Uquv faoliyatini boshqarish
Boshqaruv bu shunday yo‗naltiruvchi kuchki, u insonlardagi ijodiy
potensial imqoniyatlarini oladigan sharoitlarni yo‘zaga chiqarishni maqsad qilib
quyadi. SHunday ekan, uqituvchining ham ta‘lim-tarbiya jarayonini to‗g‘ri va
oqilona boshqara olish ukuvchi shaxsi kamolotida nihoyatda kattadir.
Faoliyatidan kutiladigan natija psixologiyada maqsad deyiladi. Ukuv
jarayonining bashqarilishi ikkita asosiy maqsadni ko‘zda tutadi. Ulardan birinchisi
uquv jarayonini to‗g‘ri tashqil eta olish, ikkinchisi esa uquvchilarning shaxsiy
qiziqish va ehtiyojlarini qondirishdir. Anna shu maqsadalar boshqarishning
maqsadli vazifalarini belgilab beradi. Demak, uquv jarayonini boshqarishning
birinchi vazifasi tashqiliy bo‗lib, uquvchilarning ta‘lim va tarbiyasi bo‗yicha
ijtimoiy buyurtmalarni qondirish.
Ikkinchi vazifa - bevosita uquvchining qiziqish va talablarini qondirishga
yo‗naltirilgan holatdagi ijtimoiy vazifadir. SHuningdek, bu vazifa ukuvchilarning
kutarinkilik, yaxshi kayfiyat va uquv jarayonidagi ishchanlikni yo‘zaga keltirishni
ham o‗z ichiga oladi. Afsuski, ko‗p yillar davomida boshqarishning anna shu
ijtimoiy vazifasiga juda kam e‘tibor berilgan.
Boshqaruvning ikkinchi vazifasi bu ijtimoiy psixologikdir. Bu vazifa
uquvchilarda samarali faoliyat uchun zarur bo‗lgan ijtimoiy-psixologik holat va
xususiyatlarni rivojlantirishga qaratilgandir.
Bu holat va xususiyatlar uquvchilarni o‗zaro jipslashtirish, o‗zaro nazorat,
o‗z-o‗zini boshqarish, shuningdek, mustaqil ta‘lim olishlarini rivojdantirishdan
iboratdir.
Uquv jarayonini boshqarish uchun kuyidagi tarkibiy qismlarni egallashlari
lozim:
1. Berilgan uquv topshirig‘ini echish uchun vositalar tanlash;
2. Topshiriqlarni echish jarayonida o‗z-o‗zini nazorat qilish;
3. O‘zlashtirilgan bilimlar, malakalar, kunikmalar sifatini baxolash;
4. O‘quv topshiriqlarini bajarilganligini tekshirish;
5. O‘z oldiga maqsad qo‘ya olish;
6. Turli belgilar bilan predmetning ichki munosabatlari muvofiqdigini kura
olish.
126
O‘qitishning ikkita usuli mavjud. Biri an‘anviy uqitish usuli -bunda
uqituvchi muammoni belgialydi, vazifalarni aniqlydi va muammoni echib beradi.
O‘quvchi esa masalani echish yo‗llarini eslab qoladi va uni echishni mashq qiladi.
Bunda uquvchilarda reproduktiv tafakkur shakllanadi.
Rivojlantiruvchi ta‘lim uqitishning muammoli usulida uqituvchi
uquvchilarning bilish jarayonlarini boshqaradi, uni tashqil etadi va nazorat qiladi.
O‘quvchi esa muammoni tushunadi. Uni echish yo‗llarini qidiradi va uni echadi.
Bunday hollarda uquvchi tafakkurining maxsuldorligi oshadi va uning mustaqilligi
rivojlanadi.
O‘quvchining uqishga bo‗lgan qiziqishini rivojlantirish uchun uqituvchi
quyidagi qoidalarga tayanishi lozim:
1. O‘quv jarayonini shunday tashqil etish lozimki, bunda uquvchi faol
harakat qilishi, mustaqil izlanishi, yangi bilimlarni o‗zi kashf etishi va muammoli
xarakterdagi masalalarni echish uchun sharoit izlashi kerak.
2. O‘quvchilarga bir xil o‘qitish usullari va bir turdagi ma‘lumotlarni
berishdan qochish kerak.
3. O‘rgatilayotgan fanga nisbatan qiziqishning namoyon bo‗lishi uchun
ayni shu fan yoki bilim uquvchining o‘zi uchun qanchalik ahamiyatli va muhim
ekanligini bilishi kerak.
4. YAngi material qanchalar uquvchi tomonidan avval o‘zlashtirilgan
bilimlar bilan bog‘liq bo‗lsa, u uquvchi uchun shunchalik qiziqarli bo‗ladi.
5. Haddan ziyod asosli va haddan ziyod qiyin material uquvchida qiziqish
uyg‘otmaydi. Berilayotgan bilimlar qiyin, lekin uquvchining kuchi etadigan
darajada bo‗lishi lozim.
O‘qituvchi o‗rganilayotgan mavzu yoki bilimining ahamiyatini ko‗rsatish,
uquvchining ukuv faolligini oshirish uchun qiziqarli misollar, aqliy uyinlardan keng
foydalanish lozim. Lekin ta‘limdagi har bir beriladigan bilim yorqin, qiziqarli
bo‗lavermaydi. shuning uchun uquvchilarda iroda, qat‘iylik, mehnatsevarlik kabi
xislatlarning kamol toptirilishi nihoyatda zarurdir. Anna shu xislatlar uquvchining
kelgusida o‗z-o‗zini nazorat qilishga, o‗z-o‗zini baholashga va mustaqil ta‘lim
olishga asos bo‗lish kerak.
Dostları ilə paylaş: |