O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/42
tarix22.09.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#146803
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42
yosh va pedagogik psixologiya

Sotsiometriya metodi. 
Sotsiometriya metodi birinchi bo‘lib amerikalik 
psixolog 
J.Moreno
tomonidan taklif etilgan. Bu metodning mohiyati shundan 
iboratki, inson u yoki bu ko‘rsatkich bo‘yicha guruh a‘zolarini tanlaydi. Qilingan 


107 
tanlashlar asosida kishining guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida tutgan 
o‘rni haqida xulosa qilinadi. 
Demak, sotsiometriya metodi yordamida guruh a‘zolari o‘rtasidagi 
simpatiya yoki aptinatiyani aniqlash mumkin. Sotsiometriya metodini operativ 
tarzda o‘tkazish, uning natijalarini esa matematik qayta ishlash va grafik ravishda 
ifodalash mumkin. 
Sotsiometriyani tadqiqot metodi sifatida tan olish bilan bir qatorda uning 
ba‘zi kamchiliklari ham ko‘rsatib o‘tish zarur. Asosiy kamchilik shundan iboratki, 
sotsiometriya metodi mavjud munosabatlar strukturasining sabablarini aniqlash 
imqonini bermaydi. Shuning uchun ham sotsiometriyadan olingan ma‘lumotlar 
kuzatish, suhbat, psixologik- pedagogik eksperiment natijalari bilan to‘ldirilishi
lozim. 
Sotsiometriya metodidan guruh, jamoa a‘zolari o‘zaro bir-birlarini yaxshi 
bilgan holatlardagina foydalanish mumkin. Bu metod yordamida shaxsning xizmat 
yo‘zasidan bo‘ladigan va shaxsiy munosabatlardagi haqiqiy o‘rnini aniqlash, 
birlamchi guruhlar mavjud yoki mavjud emasligini tonish, birlamchi guruhlarning 
paydo bo‘lishi va tarqab ketishi sabablarini aniqlash mumkin.Sotsiometriya 
metodining mohiyati shundan iboratki, tekshiriluvchiga birga qilinadigan ishlari 
yoki guruh a‘zolarining ishlarini birgalikda bajarishga xohishlari to‘g‘risida savollar 
beriladi. Beriladigan savollar tanlash ko‘rsatkichlari deyiladi. Kuchli va kuchsiz 
ko‘rsatkichlar farqlanadi. Kuchlilar chuqur va barqaror munosabatlarni, kuchsizlari 
yo‘zaki va beqaror munosabatlarni aniqlash imqonini yaratadi. Masalan, 
"xizmatdoshlaringizdan qaysi biri bilan bitta brigadada ishlashni xohlardingiz?" 
degan savol bo‘yicha aniqlangan ko‘rsatkich kuchli ko‘rsatkich hisoblanadi, chunki 
u o‘zoq vaqt davom etadigan, muhim munosabatlarga tegishli. "Kimni birga 
ekskursiyaga borishga taklif qilardingiz?" — kuchsiz ko‘rsatkich, chunki u chuqur 
bo‘lmagan va vaqtinchalik munosabatlarni belgilaydi. Kuchli va kuchsiz 
ko‘rsatkichlar mazmuni jihatidan turlicha bo‘lishi mumkin, lekin ulardagi umumiy 
narsa — natijalar, ya‘ni sherik tanlash.Tanlashlar soni cheksiz

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin