4
KIRISH
Bugun yurtimizda mustaqil huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyat
qurish yo‘lidagi ulkan ishlar o‘zlikni anglash imqoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga va
ma‘naviy intelektual aqliy amaliy rivojlanish uchun yangi shart- sharoitlar yaratib
bermoqda. Bu esa o‘z navbatida insoniyat yaratgan ma‘naviy boyliklarga insonning
o‘ziga yangicha munosabat va yondoshuvni talab qiladi. Yangicha yondoshuvlar
Yosh davrlar va pedagogik psixologiya fanining obekti va pridmeti ko‘lamini
kengayishiga olib keladi.Yosh davrlar va pedagogik psixologiya
fanlari faqat yosh
davrlar klasifikatsiyasi, yosh davrlarni psixik rivojlanish taraqqiyotini o‘rganib
ilmiy-nazariy, uslubiy –amaliy ta‘minlovchi fan emas balki komil inson
shakillanishini rivojlanishini taminlovchi keng sohalarni o‘z ichiga oladi.
―Biz, faqat o‘zimiz uchungina yashay olmaymiz- deb yozadi, mashhur
ro‘mannavis
yozuvchi German Melvill,- bizning hayotimiz boshqalarning hayoti
bilan bir-biriga minglab rishtalar bilan chambarchas bog‘langandir‖.
Yosh davrlar va pedagigik psixologiya aynan inson psixik rivojlanishdagi
omillar, ta‘lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi o‘qituvchi psixologiyasini
o‘rganish bilan shug‘ullanivchi
fan hisoblanib, nima uchun jamiyatda kishilar bir
birlariga ta‘sir o‘tkazishlari, bir- birlari o‘ylashlariga oid, tarbiyalanganlik, tarbiya
mezonlari o‘qituvchi psixologiyasiga oid ma‘lumotlarning ilmiy asoslarini o‘rganadi.
Ushbu qo`llanma zamonaviy psixologiyada hozirgi kun uchun dolzarb bo`lgan
mavzular imkon doirasida qamrab olingan. Bu mavzularni yoritishda xorij hamda rus
psixologiyasi namoyandalarining o`tkazgan tadqiqotlaridan va qarashlaridan
foydalandik.
Dostları ilə paylaş: