O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/42
tarix22.09.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#146803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
yosh va pedagogik psixologiya

 
 
 
 
 
 
 
 



 
I-QISM 
1-mavzu: YOSH DAVRLARI PSIXOLOGIYASI FANINING 
PREDMETI, MAQSAD VA VAZIFALARI. 
Mashg`ulot shakli: Obzorli-maruza tushunib olish, esda qolishi kerak 
bo`lgan bilimlar zahirasini talabalarga ilmiy ma‘lumotlarni bayon etish va
tushuntirishga qaratilgan. 
Ma‟ruza mashg`uloti rejasi: 
1.Yoshlar psixologiyasi faniga kirish, fanning predmeti. 
2.Yosh davrlar psixologiyasi faning prinsiplari. 
3.Hozirgi zamon yosh davrlari psixologiyasi fanining asosiy 
vazifalari.
 
4.Yosh davrlar psixologiyasi fanining ilmiy tadqiqot usullari. 
Tayanch so`z va iboralar; 
Yosh davrlar psixologiya fanining predmeti, vazifalari, bulimlari. Tarixiy 
taraqqiyoti. Yosh davrlari psixologiya faning metodlari. Boshqa fanlar bilan 
aloqasi. Uning bo‘lajak o‘qituvchilar tayyorlashdagi axamiyati, prinsip, logityud, 
ontogenez. 
O‟quv mashg‟ulotining maqsadi:
O‘quv kursi bo‘yicha umumiy tushuncha berish. Talabalarning yosh va 
pedagogik psixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari, fanlar tizimidagi 
o‘rni haqidagi bilimlarini kengaytirish va mustahkamlash. Yosh va pedagogik 
psixologiyaning fan sifatida vujudga kelishi, rivojlanishi, uning metodlari, 
ontogenezda har bir yosh davrning xususiyatlari, qonuniyatlari, psixik taraqqiyot 
mexanizmlari haqida ma‘lumot berish.
Yosh davrlari psixologiyasi fanining mavzu baxsi turli yoshdagi 
odamlarning (bolalar, o`quvchilar, kattalar, erkaklar, ayollarning (ontogenezda) 
tug`ilgandan umrining oxirigacha) psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning 
shakllanishi xamda o`zaro munosabati qonuniyatlarini o‘rganishdan iboratdir. 
Yosh davrlari psixologiyasi insonda turli psixik jarayonlar rivojlanishining o`ziga 
xos xususiyatlarini,uning xar xil faoliyatini er va ayolning jinsiy tafovvutlarini 
,shuningdek inson shaxsining tarkib topishini ilmiy jixatdan tadqiq qiladi. 
Inson ruxiyatining rivojlanish davrlarini aniqlash uchun , shu soxadagi
ma‘lumotlarni to‘plash xam mazkur psixologiyaning mavzu baxsiga kiradi. 
Bolaning tug`ilishidan voyaga etgunicha xar tomonlama rivojlanishi, jamiyatning 
teng xuquqli a‘zosi bo‘lgunicha ulg‘ayishi va shaxsining tarkib topishi
muammolarini bularning psixologik mexanizmlarini aniqlash va sharxlash yosh 
davrlari psixologiyasi soxasining muxim jixatidir. Yosh davrlari psixologiyasi 
sohasi inson psixikasi faqat miqdor jixatidan emas, balki sifat jixatdan xam 
rivojlanishi, takomillashib borishi va o`zgarishi xakidagi metodologik qoidaga 
amal qiladi. 
Yosh davrlari psixologiyasi turli yoshdagi insonlarning psixik 
rivojlanishi, psixik xususiyatlari va ularning o`ziga xos omillari me‘zonlari



xamda mexanizmlari xaqidagi fandir. Shuningdek u muayyan yoshdagi
insonlarning o`ziga xos xususiyatlarini xam o‘rganadi. Shuning uchun ijtimoiy
xayotda ta‘lim-tarbiyada, guruxlar xamda jamoalarda ,ishlab chiqarish va oilaviy
munosabatlarda yosh davrlari psixologiyasi aloxida o‘rin tutadi. Inson shaxsining
tarkib topishi va bilish jarayonlarining rivojlanish muammosini inson 
psixikasining rivojlanishi qonunlarini xisobga olmay oqilona xal qilib bo‘maydi. 
Shuning uchun xozir «inson omili» masalasi dolzarb mavzuga aylandi. Yosh 
davrlari psixologiyasi, inson psixikasining rivojlanish qonuniyatlari va 
xususiyatlari xamda shu rivojlanishning bosqichlari to`g`risidagi fandir.
Yosh davrlari psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol topishi
qonuniyatlari va turli yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik
faoliyat, xolat va shart sharoitlarning o`zaro ta‘siri xususiyatlarini aniqlashdan 
iboratdir. 
Yosh davrlari psixologiyasi ana shu vazifalarni xal qilish bilan amaliy 
maqsadlarni ro‘yobga chiqaradi. Ta‘lim tarbiya ishlarini takomillashtirishga
yordam beradi . Moddiy ne‘matlar ishlab chiqarishning samaradorligini
oshirishga, millatlararo munosabatlarni yaxshilashga, shaxslararo muloqotni
to`g`ri yo`naltirishga, jamoada ijobiy psixologik iqlim yaratishga, o‘zoh umr 
qurish sirlarini ochishga, oilaviy munosabatlarni mustaxkamlashga ajralishlarning 
oldini olishga xizmat qiladi. Mazkur psixologiya fanining soxasi 19-asrning 
boshlarida vujudga kelgan lekin dastlabki ildizi qadimgi Yunon madaniyatiga
borib taqaladi. Uning predmeti va qonuniyatlari to`g`risida jaxon psixologiyasi 
olamida turli qarashlar va nazariyalar mavjud Ularning juda keng tarqalganlari 
biogenetik (V.Shtern), sotsiogenetik (K.Levin) bixevoritsik (E.Torndayk) 
psixoanalitik (Z.Freyd) nazariyalaridir. Shuningdek metodlarga asoslanib
tadqiqotlar olib borgan olimlar xam juda ko‘p. Ilmiy psixologik adabiyotlar
emperik ma‘lumotlar yosh davri psixologiyasining mustaqil fan sifatida ajralib 
chiqishiga qator omillar va xolatlar sabab bo`lgan degan xulosaga keldik. Quyida
ana shularni bayon qilamiz: 
1.Barcha fanlar negiziga kirib borgan evolyutsiya g‘oyasining (Ch.Darvin) 
inson psixikasining rivojlanish jarayonida o‘rganish zarurligi. 
2.Umuminsoniy, umumpsixik qonuniyatlar turli yoshdagi odamlar xatti 
xarakatini psixik xususiyatlarini va bolalarning o`sishiga biror bir faoliyatning
ta‘sirini aniqlash uchun etarli emasligini e‘tirof etish. 
3.Yosh davrlari psixologiyasi insonning (tug`ilganidan umrining 
oxirigacha) kamoloti uchun metodologik va nazariy axamiyatga ega ekanligi tan
olingani.
4.Turli yoshdagi odamlar (maktabgacha yoshdagi bolalar ,maktab 
o`quvchilari, o‘rta va oliy o‘quv yurtlarining talabalari, ishchilar, xodimlar
qariyalar xar xil psixologik xususiyatlarga ega ekanligi sababli tarbiya, ishlab 
chiqarish, ijtimoiy ta‘minot muassasalari, etimxonalar, bolalar uyi, kaloniyalar 
maxsus maktablar, internatlar, psixonevrologik dispanserlar, qariyalar uylari, 
shifoxonalar va boshqalar) ning xodimlarida ehtiyojlar ortib borayotgani . 
5.Tibbiyot fani va uning tarmoqlari rivojlanishi psixiatriya, psixo-
nevralogiya, psixogigiena, neyroxirurgiya, sangigiena bolalar va kattalar
patalogiyasi, genetika, oliy nerv faoliyati va xakazolar bo‘yicha kopleks 



tadqiqotlarning vujudga kelishi, psixologiya biologiya, meditsina, sotsiologiya
fanlarining xamkorligida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilishi. 
6.Yuridik psixologiya va uning soxalari ijtimoiy xayotimizda sezilarli 
o‘rin egalayotgani xamda yoshlar o‘rtasida qonunbo‘zarlikning ortib borayotgani 
(sud ishi psixologiyasi, kriminal psixologiya, penitentsiar yoki axlok to‘zatish 
mexnati psixologiyasi, voyaga etmagan qonunbo‘zarlar muammosi va jinoyatning 
oldini olish masalasi). 
7.Amaliy psixologiyaning ijtimoiy siyosiy tus olayotgani va
turmushning xar bir jabxasiga kirib borishi, shuningdek o‘z o‘rnini topayotgani 
(psixologik qonsultatsiyalar maslaxatlar auto va sotsial treninglar, ishbilarmonlik 
o‘yinlari profesiogramma psixodiagnotsika va xakazolarga ta‘lab ortishi). 
8. Psixologiya fani soxalarining inson ontogenezidagi o‘zgarishlariga doir, 
bilimlarga extiyoji va talabi ortayotgani (xarbiy, sport, savdo, mexnat, kosmik, 
injenerlik, ijod, aviatsiya psixologiyasiga aniq materiallar zarurligi. 
9. Ekologiya muammolari, zoopsixologiya va etalogiya vazifalari, 
millatlararo munosabatlarini barqarorlashtirish, insonparvarlik goyalarini turmush
tarziga olib kirish masalalarining dolzarbligi (ekologiya va inson, qiyosiy
psixologiya, shaxs psixologiyasi etnik psixologiya va hakazo). 
10.Moddiy ishlab chiqarishni ko‘paytirish, sanoatda va qishlok 
xo‘jaligida kishilarning xaqiqiy xo‘jayinlik tuyg‘usini uygotish, aqliy va 
jismoniy imqoniyatlarni qidirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, inson-
texnika, er-inson, inson-iqlim, munosabatlarini izchil o‘rganish zarurligi. 
11. Oilaviy munosabatlarni yaxshilash, ajralishlarning oldini olish
Inoq oila yaratish yoshlarni turmushga tayyorlash, o‘z xoliga qasd qilish
xollarini bartaraf etish, oilada teng xuquqlilikni qaror toptirish va bolalar 
tarbiyasini yaxshilish vazifalari. 
12.Inson 
o‘zok umr ko‘rishning sirlarini – gerontopsixologik
qonuniyatlarni ozi va targ‘ib qilish davlat muassasalarida psixologik 
bilimlarlardan o‘z o‘rnida foydalanish ,o‘zoq umr ko‘rishga zamin tayyorlash, 
qariyalar pansionatlarida ularning ruxiyatiga mos munosabatda odilona
muloqatda bo‘lish kerakligi yosh davri psixologiyasi rivojlantirishni taqoza 
etmoqda. 
Turli yosh xar xil jinsdagi insonlar psixikasining rivojlanishi, o‘zgarishi, 
vatanimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning axloqiy va jismoniy kamol 
topishiga ijobiy ta‘sir qiladigan omillar xamda shart-sharoitlarni bilish va
ulardan unumli foydalanish xozir nixoyatda zarur bo`lib qoldi. 
Yosh davri psixologiyasi fanini o‘rganish xam nazariy, xam amaliy 
axamiyatga ega. 
U xam bashqa fanlar qatorida rivojlandi , bunda eksperimental biologiya 
va genetika, meditsina sotsiologiya kabi fanlarning xizmati katta bo‘ldi.Yosh davri 
va diferintsial psixologiya fani dialektikani printsiplariga, oliy nerv faoliyati 
qonunlariga diferintsial psixofiziologiya qonuniyatlariga, psixologlar to‘plangan 
materiallarga tayanib, inson psixikasining kechishi, rivojlanishi, o‘zgarishi 
yo‘zasidan baxs yuritadi, ijtimoiy turmushning barcha jabxalaridagi amaliy 
masalalarni xal qilishda faol ishtirok etadi. 



Mazkur fan soxasi o`zining predmeti xamda vazifasini umumiy 
psixologiyaning asosiy printsiplari va qoidalariga tayangan xolda belgilaydi.
Yosh davri psixologiyasi quyidagi printsiplarga rioya qiladi. 
1. Dealektik materializm ta‘limotiga binoan psixika yuksak darajada 
tashqil topgan materiyaning xususiyati yoki miyaning maxsulidir. Odatda psixika
tashqi dunyoning sezgi organlari orqali insonning miyasiga bevosita ta‘sir etishi 
asosida vujudga kelib, sezgi, idrok, tassavur, xotira tafakkur, nutq xayol kabi bilish 
jarayonlarida, shuningdek shaxsning xususiyatlari va xolatlarida diqqati xis-
tuygusi va xarakter xislatlarida, kiziqishi va extiyojlarida o‘z ifodasini topadi. 
2. Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyati yotadi. Tashqi 
dunyodan kirib keladigan ko‘zgatuvchilarga ichki yoki tashqi biologik organlar 
javob reaktsiyasini bildiradi. Bosh miya katta yarim sharlarida vujudga keladigan 
muvakkat nerv bog‘lanishlarida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog‘lanishlari 
psixik xodisalarning fiziologik asoslari xisoblanadi va ular tashqi ta‘sirning 
natijasida xosil bo`ladi. Bosh miya po‘slog‘ida vujudga keladigan muvaqqat nerv 
bog‘lanishlari I.P.Pavlovning nerv jarayonlarining irradiatsiyasi, qontsentratsiyasi 
xamda o`zaro induktsiyasi qonunlari zamirida ro‘y beradi. Bu qonunlar turli 
yo‘sinda muvakkat boglanishlar, assotsiasiyalar qanday yo‘z berayotganini
qanday shart sharoitda tormozlanishini (qo‘zgalishni), muvaqqat bog‘lanishlarning 
yo‘lolayotgani yoki paydo bo‘layotganini tushuntirish imqonini beradi. 
Psixofiziologik qonuniyatlarga binoan miyaning funktsiyasi muvakkat nerv 
bog‘lanishlarining birlanish mexanizmi xamda analizatorlar faoliyati mexanizmlari 
ta‘sirida xosil bo`ladi. Yuqoridagi ta‘limotga ko‘ra xar ikkala mexanizm 
xayvonlarning tashqi olamga munosabatini aks ettiradi. Shuning uchun psixik 
faoliyat voqelikni aks ettirishdan, oliy nerv faoliyatining tashqi olamini timsollar 
sifatida ifodalanishdan iboratdir.
3.Psixikani tadqiq etish insonning butun ongi faoliyatini - uning xam
nazariy xam amaliy xayot faoliyatini o‘rganishdir. Odam zotining ongliligi uning 
turli tuman faoliyatida xatti-xarakatlarida namoyon bo`ladi. Inson shaxsi xar xil 
shakl va mazmunga ega bo`lgan nazariy xamda amaliy faoliyatlarda tarkib topa
boradi. Bunda muxit, irsiy belgilar, tarbiya asosiy omillar xisoblanadi. 
Inson o`zi yashab turgan davrni, moddiy turmushni aks ettiradi, ijtimoiy-
siyosiy muhit ta‘siri ostida bilimlarini o‘zlashtirib boradi, ijtimoiylashadi, tarixan 
o‘zgaradi. Ontogenezda uning xis tuygulari, xarakteri, qobiliyati, iqtidori, 
tafakkuri, extiyojlari, e‘tikodlari, uni faollikka da‘vat qiluvchi xarakat motivlari,
istaklari tilaklari, xoxishlari, pozitsiyasi xam asta-sekin o‘zgarib boradi. 
4.Insoning bilish faoliyati rivojlanishi unga o`zini qurshab turgan
borliqni yanada chuqurroq, to`g`riroq, to`laroq va aniqrok aks ettirish imqoniyatini 
yaratadi va u borliqning asl moxiyatini, turli yo‘sundagi o`zaro bog‘lanishlari,
murakkab munosabatlar va aloqalarni tabora aniqroq yoritadi. Shu bilan birga
mazkur jarayonlarda shakllanib kelayotgan insonning borliqqa, voqelikka, 
jismlarga, kishilarga va o`ziga munosabati vujudga keladi. 
5. Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks ettirishda 
namoyon bo`ladi. Tarixiy materializm ta‘limoticha, insoning moddiy turmushi, u 
xayot kechirayotgan to‘zumning moddiy asosigina emas, balki uni qurshab olgan 
odamlarning 
turmush 
tarzlari, 
umuminsoniy 
qiyofalari, 
e‘tiqodlari, 



dunyoqarashlari, ijtimoiy voqelikga munosabatlari, intilishlari, faoliyatlari, ijod 
maxsullari va xatti-xarakatlarining majmuasidir. 
6. Insoninng borliqni aks ettirishi faol jarayondir. Ma‘lumki, inson
zotining rivojlanishi ob‘ektiv borliqka va o`ziga faol ta‘sir ko‘rsatishida sodir 
bo`ladi. Bolaning katta yoshdagi kishilar tashqil qiladigan amaliy faoliyati,
masalan uyini, kuzatishi, mexnati, o‘qishi, adabiy asarni mutolaa qilishi xamda 
qiziqishining barqarorlashuvi, iqtidorning takomillashishi va boshqalar uning psixik 
rivojlanishini ifodalaydi. 
Kuzatish metodi. Yosh davri psixologiyasida bu metodning ob‘ektiv 
(tashqi) va sub‘ektiv (o`zini-o`zi) kuzatish turlari bor. Inson psixikasida 
o‘zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi: 1) kuzatishning 
maqsadi, vazifasi belgilanadi; 2) kuzatiladigan ob‘ekt tanlanadi; 3) sinaluvchining 
yoshi jinsi aniqlanadi; 4) tadqiqot o‘tkazish vaqti rejalashtiriladi; 5) kuzatish 
qancha davom etishi qat‘iylashtiriladi; 6) kuzatish insoning qaysi faoliyatida 
amalga oshirilishi tavsiya qilinadi; 7) kuzatishning shakli (yakka guruh, jamoa bilan 
o‘tkazilishi) ta‘yinlanadi; 8) kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari (kundalik, 
suxbat daftari, kuzatish varakasi, magnitafon, vediomagnitafon, vidiomagnitafon va 
boshqalar) taxt kilinadi. 
Kuzatish orqali turli yoshdagi odamlarning diqqati, xis-tuygulari, nerv 
sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi, 
xulk-atvori, nutq faoliyati va xakazolari o‘rganiladi. 
Suhbat metodi. Bu metod bilan inson psixikasini o‘rganishda suhbatning 
maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning ob‘ekti va sub‘ekti tanlanadi, mavzusi, 
o‘tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o‘tkazish 
rejalashtiriladi, o‘rganilayotgan narsa bilan uzviy bog‘lik savol-javob tartibi 
tayyorlanadi. Suxbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni xal 
qilish jarayonida inson psixikasidagi o‘zgarishlarni o‘rganishdir. Suxbat orqali turli 
yoshdagi odamlarning tafakkuri, aql-zakovati, xulk-atvori, qizikishi, ziyrakligi, 
bilim saviyasi, e‘tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to`g`risida ma‘lumotlar olinadi. 
Faoliyat maxsulini taxlil qilish metodi. Inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati 
va xayolning xususiyatlarini aniqlash maqsadida metod yosh davri psixologiyasida
keng qo`llanadi. Bolalar chizgan rasmlar, yasagan o‘yinchoklar, modellar, yozgan 
she‘rlarni taxlil qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, texnik, badiiy va 
adabiy qobiliyati, ijodiy xayoli yo‘zasidan materiallar to‘plash mumkin. Mazkur
metoddan foydalanishda maxsulotni yaratgan shaxs bevosita ishtirok etmaydi. 
Ob‘ekt bilan sub‘ekt o‘rtasida muloqot o‘rnatish uchun shaxsning psixikasi 
to`g`risida sirtdan muayyan xukm xulosa chiqariladi. 
Test metodi. Test- inglizcha so`z bo`lib, sinash, tekshirish, demakdir.
Shaxsning aqliy o`sishini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik 
xususiyatlarini tekshirishda qo`llaniladigan qisqa standart masala, topshirik, misol 
jumboqlar test deb ataladi: test ayniqsa odamning qanday kasbni egallash 
mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligini, iste‘dodlilar va aqli zaiflarni 
aniqlashda, kishilarni saralashda keng qo`llaniladi. Test metodining qimmati 
tajribaning ilmiylik darajasiga, yig‘ilgan psixologik ma‘lumotlarning ob‘ektivligi 
va ularni ilmiy taxlil qila bilishga bog‘likdir. 


10 
1905 yildan, ya‘ni fransuz psixologi A.Bine va uning shogirdi A.Simon 
insoning aqliy o`sish va is‘tedod darajalarini o‘lchash imqoniyatini borligini 
g‘oyasini olg‘a surganidan keyin psixologiyada metodi qo`llana boshlandi. 
Xozirgi davrda nodir testlar qatoriga psixologlardan Rorshax, 
Rozentsveyg, Kettil, Varetgg, Veksler, Meyli, Ayze, Anatsazi, Raven va boshqalar 
ijodining namunalarini kiritish mumkin. 
Tajriba metodi. Bu metod turli yoshdagi odamlarning psixikasini 
chuqurroq, aniqroq tadqiq qilish metodalari ichida eng muhimi xisoblanadi. 
Eksperement metodi yordamida sun‘iy tushunchalarning shakllanishi, nutqning 
o`sishi, favqulotda xolatlardan chiqish, muammoli vaziyatni xal qilish jarayonlari, 
shaxsning xis-tuygulari, xarakteri va tipologik xususiyatlari o‘rganiladi. 
Tajriba metodi o‘z navbatida tabiiy va labaratoriya metodlariga ajaratiladi. 
Tabiiy metod psixologik-pedagogik masalalarni xal qilishda qo`llaniladi. Bu 
metodning ilmiy asoslarini 1910 yilda. A.F.Lazurskiy ta‘riflagan. Tabiiy 
metoddan foydalanishda ishlab chiqarish jamoalari a‘zolarining, ilmiy muassalar 
xodimlarining, o‘qituvchilar, keksaygan kishilarning psixologik o‘zgarishlari, 
o`zaro munosabatlari, ish qobiliyatlari, mo`taxasislikka yaroqliligi muammolarini 
xal qilish nazarda tutiladi. 
Laboratoriya metodi ko‘pincha individual shaklida sinaluvchilardan 
yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yo‘l-yo‘riqlar, tavsiyalar, ko‘rsatma va 
ilovalardan foydalanib olib boriladi. Xozir inson psixikasidagi o‘zgarishlarni 
aniqlaydigan asboblar, murakkab elektron xisoblash mashinalari, qurilmalar, 
moslama va jixozlar mavjud. Ular odamdagi psixologik jarayonlar, xolatlar, 
funktsiyalar, vujudga kelayotgan yangi sifatlarni qayd qilish va o‘lchashda 
qo`llaniladi. 
Biografiya metodi. Inson psixikasini tadqiq qilish uchun uning xayoti, 
faoliyati, ijodiyoti to`g`risidagi og‘zaki va yozma ma‘lumotlar muxim axamiyatga 
ega. Bu borada kishilarning tarjimai xoli, kundaligi, xatlari, esdaliklari, o‘zgalar 
ijodiga bergan baxolari, tanbexlari, taqrizlari aloxida o‘rin egallaydi. Shu bilan 
birga o‘zgalar tamonidan to‘plangan tarjiami xol xaqidagi materiallar: esdaliklar, 
xatlar, rasmlar, tavsiflar, baxolar, magnitafon ovozlari, fotolavxalar, xujjatli 
filimlar, taqrizlar o‘rganilayotgan shaxsni to`laroq tasavvur etishga xizmat qiladi. 
Anketa metodi. Yosh davri psixologiyasida keng qo`llaniladigan 
metodlardan biridir. Uning yordamida turli yoshdagi odamlarning psixologik
xususiyatlari, narsa va xodisalarga munosabatlari o‘rganiladi. 
Anketa odatda uch xil yoziladi. Ularning birinchi xili anglashilgan 
motivlarni aniqlashga mo‘ljallangan savollardan to`ziladi. Ikkkinchi xilida xar bir 
savolning bir nechtadan tayyor javoblari beriladi. Uchunchi xil anketada 
sinaluvchiga yozilgan to`g`ri javoblarni ballar bilan baxolash tavsiya etiladi, 
anketadan turli yoshdagi odamlarning layoqatlarini, muayyan sohaga qiziqishlari 
va qobiliyatlarini, o`ziga, tengdoshlariga, katta va kichiklarga munosabatlarini 
aniqlash maqsadida foydalaniladi.
Sotsiometrik metod. Bu metod kichik gurux a‘zolari o‘rtasidagi bevosita 
emotsional munosabatlarni o‘rganish va ularning darajasini o‘lchashda qo`llaniladi. 
Unga amerikalik sotsiolog Djon Morenko asos solgan. Mazkur metod yordamida 
muayyan guruxdagi xar bir a‘zoning o`zaro munosabatini aniqlash uchun uning 


11 
qaysi faoliyatida kim bilan birga qatnashishi so‘raladi. Olingan ma‘lumotlar 
matritsa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi. 
Yosh davrlar psixologiyasi fani ham psixologiya ilmining boshqa sohalari 
singari o‘zining ilmiy-tadqiqot metodlariga ega. Psixologik qonuniyatlarni 
muayyan reja asosida olib boriladigan tekshirishlar tufayligina xolisona aniqlik 
kiritish mumkin. Psixologik tadqiqotlar jarayonini quyidagi asosiy bosqichlarga 
bo‘lish maqsadga muvofiqdir: 
1. Muammoning qo‘yilishi. Har qanday ilmiy-tekshirish ishlari kabi, 
psixologiyada olib boriladigan ilmiy tekshirish ishlari ham nazariy va amaliy
ahamiyatga ega bo‘lgan muammoni aniqlashdan, shuningdek bu muammo
fanda qanchalik yoritilganligini aniqlash maqsadida mazkur mavzuga oid ilmiy
va maxsus adabiyotlarni taxlil qilishdan boshlanadi. 
2. Tadqiqot metodikasini tanlash. Psixologik tadqiqotlar turli metodlar bu 
metodlar haqida quyida batafsil fikr yuritiladi) bilan olib boriladi.
Tekshirishlarning muvaffaqiyatli chiqishi ko‘p jihatdan metodni to‘g`ri tanlashga 
bog`liq bo‘ladi. 
3. Ma‘lumotlarni to‘plash. To‘plangan ma‘lumotlar o‘rganilayotgan 
muammoga mos bo‘lishi yoki ularni to‘plash maqsadda muvofiq ravishda olib 
borilishi zarur. Ilmiy ma‘lumotlarga bo‘lgan asosiy talablar - bu ularning
xolisona, to‘la va izchil bo‘lishidir. To‘plangan ma‘lumotlar
o‘rganilayotgan muammoni har jihatdan tavsiflab berishi kerak. 
4. Ma‘lumotlarni qayta ishlash. To‘plangan ma‘lumotlarni 
matematik va mantiqiy jihatdan ishlab chiqish umumiylikni, xususiylikni 
topish va ularni tasodifiy ma‘lumotlardan ajratish imqonini beradi. Bunda 
to‘plangan ma‘lumotlarning o‘rtacha miqdori (arifmetik, kvadrat va hokazo),
protsentlari aniqlanadi, sonlarga oid ma‘lumotlar jadvallarga joylashtiriladi, grafik, 
diagramma va chizmalarda o‘z aksini topadi. Murakkab mutanosiblikdagi 
ma‘lumotlarni topishda esa variatsion statistika metodlari qo‘llaniladi. 
5. Qonuniyatlarning ifodallanishi. Bu tadqiqotning birmuncha murakkab 
va mas‘uliyatli bosqichi hisobanadi, chunki, bu bosqichda ma‘lumotlarning
mohiyatiga qanchalik chuqur tushunilganligi, ularning o‘zaro bog`liqligini
hisobga olib, bosqich ma‘lumotidan har turli xulosa chiqarish mumkin. 
Ko‘pincha chiqarilgan xulosalar taxminiy xarakterga ega bo‘lib, keyingi 
tekshirishlar, aniqlashlar uchun asos bo‘ladi. 
6.Qonuniyati amalda qo‘llash. Aniqlangan qonuniyatlar ma‘lum bir
amaliyot sohasida qo‘llaniladi. Amalda qo‘llash aniqlangan qonuniyatning 
to‘g`riligiga batamom ishonch hosil qilish imqonini beradi. Ko‘pincha
o‘qituvchilar o‘z amaliy faoliyatlarida shaxsiy kuzatishlari va boshqalarning 
tajribalarini umumiylashtiradilar. Biroq, bunday umumlashtirishlar ilmiy
jihatdan etarli asoslangan bo‘lmaydi, ya‘ni, muhim aniqligi va teranligi
bilan ajralib turmaydi. 

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin