106
dog‘ qizil rangli shtrixlar, 5 ta dog‘ kul rang - qora, 3 ta dog‘ - yorqin bo‘lmagan
ranglarda beriladi.
Sinaluvchi tasvirlagan obrazlar va assotsiatsiyalarga qarab uning shaxsi
xususiyatlari to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
Rorshax testining yosh psixologiyasida qo‘llaniladigan varianti E.T.
Sokolova tomonidan modifikatsiya qilingan test. Bu test oilaviy muloqatni
diagnostika qiliishda foydalaniladi. Bu maqsadda eksperimenta qo‘shimcha
metodik usul kiritilgan. Bir necha kartochkalar bo‘yicha eksperiment qatnashchilari
kelishishlari kerak. Birgalikdagi (kelishuv asosida) javoblarning sifati va
miqdoriga
qarab tadqiqotchi kichik guruh (yoki oila)ning jipsligi va mosligi haqida
ma‘lumotni qo‘lga kiritadilar. Shuningdek, psixologik tadqiqotchilarda ko‘pincha
rasmli assotsiatsiyalar metodi qo‘llaniladi. Ushbu metod birinchi bo‘lib 1945 yilda
S.Rozentsveyg tomonidan taklif qilingan. Bunda tekshiriluvchiga
turmushda tez-tez
uchrab turadigan ziddiyatli vaziyatlar aks ettirilgan rasmlar tavsiya qilinadi. Bu
rasmlarda bir tomonda turgan personajlar nimalarnidir gapirayotgan holda
gavdalantiriladi, unga qarama-qarshi tomondagi shaxslar
esa hali javob qaytarib
ulgurmagan. Tekshiriluvchidan tez, qisqa muddat ichida bo‘sh kataklarga
qaytarilishi kutilayotgan javobni yozish so‘raladi. Berilgan javoblarga qarab shaxs
yo‘nalishi, uning ziddiyatlarga munosabati, agressiya
xissining xususiyatlari, bu
xisning kimlarga qaratilganligi va shunga o‘xshash muxim faktlar to‘planadi.
Rozentsveyg testi subyekt agressiyasi yo‘nalishining 3 ta turini aniqlash
imqonini beradi:
1. Agressiya insonning o‘ziga qaratilgan.
2. Agressiya atrofga qaratilgan.
3. Subyekt vaziyatni hal qiliishdan qochadi yoki uni bezaydi. Pedagogik
amaliyotda ko‘pincha I. Shvantsara tomonidan ishlab chiqilgan, o‘smirlik va
o‘spirinlik davri uchun mo‘ljallangan test variantidan foydalaniladi.
Proektiv metodikalardan yana biri tugallanmagan jumlalar metodi. Ushbu
metod yordamida guruhiy va shaxsiy ustanovkalar tekshiriluvchining
atrofidagilarga (o‘rtoqlari, o‘quvchi, ota-onasi) munosabati xususiyatlari,
shuningdek, o‘ziga va kelajakka bo‘lgan munosabatlari ham o‘rganiladi. Shu
maqsadda tekshiriluvchiga bir qancha tugallanmagan jumlalar taklif
qilinadi, ko‘p
o‘ylamasdan gapni mantiqan oxiriga yetkazish talab qilinadi. Masalan,
- mening har safar kayfiyatim bo‘ziladi, agar...
- men uchun eng muhim muammo, bu - ...
- do‘st - bu ...
- mening otam ba‘zida ...
- men shunga intilamanki ...
Proektiv metodikalar turli-tuman. Ular bir-biridan tubdan farq qiladi. Biroq
shuni nazarda tutish lozimki, proektiv metodikani tavsiflash muayyan psixologik
bilimlarni maxsus nazariy tayyorgarlikni va metodikani qo‘llash bo‘yicha amaliy
tajrabaga ega bo‘lishni talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: