O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 132,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/16
tarix02.01.2022
ölçüsü132,65 Kb.
#37621
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
umumiy orta talim maktablarida fizika fanidan laboratoriya ishlarini takomillashtirishning pedagogik asoslari

ko’nikma  haqida gap boradi.  O’tkazilayotgan pedagogik tajribalar  ham shuni 

ko’rsatadiki, pedagogika Oliy o’quv yurtlari bakalavriat yo’nalishlarining «Fizika 

va astronomiya», «Matematika va informatika» ixtisosligida ta’lim olayotgan 

talabalarning umumiy fizika kursini o’qib tamomlaganlaridan so’ng, fizika o’qitish 

metodikasi fanidan praktikumlarda va pedagogik amaliyot davrida, umumiy o’rta, 

o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi fizikasi mazmunidagi  laboratoriya ishlari va 

eksperimentlarni mustaqil ravishda rejalashtirish, ularni amalga oshirishga ijodiy 

yondashishlari katta qiyinchiliklar bilan  amalga oshmoqda. Pedagogik amaliyot 

davrida kuzatilayotgan bunday qiyinchiliklar tahlili, fizika o’qituvchilarining 

eksperimental tayyorgarligi, ko’nikma va malakalari  yaxshi darajada emasligini 

ko’rsatmoqda.  Natijada, maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari fizika 

ta’limi jarayonida fizik eksperimentlar yetarli darajadagi saviyada o’tkazilyapti deb 

bo’lmaydi. Bu esa, o’quvchilarda eksperimental ko’nikmalarning shakllanganlik 

darajasi past bo’lishiga olib kelmoqda. Bu esa bugungi kunda bo’lajak 

o’qituvchilarni tayyorlashda ularning eksperimental ko’nikmalarini rivojlantirish 

va kelajakda talabalarda ixtirochilik va ilmiy tafakkurni shakllantirishda muhim rol 

o’ynaydi. 



 

Bizning fikrimizcha, yuqorida keltirilgan muammolarni bartaraf etish uchun 

asosiy e’tiborni talabalar mustaqil ta’limini rivojlantirish, unga sistematik 

yondashish, ta’lim uzviyligini ta’minlagan holda qarash muhim ahamiyatga ega. 

Shu jihatdan biz eksperimentga  sistematik   yondashishda didaktik talablar 

quyidagidan iborat bo’lishini nazarda tutmoqdamiz: 

•  zamon talablarining o’zgarishi bilan  amaliy ishlarning mazmuni, tuzilishi va 

texnik jihozlanishini o’zgartirib turish, ya’ni zamonaviy asboblar va jihozlar bilan 

almashtirish; 

•  laboratoriya ishi mavzusini tanlashda, talabalarning ma’ruza kursidagi nisbatan 

qiyin bo’limlarni chuqur o’rganishlari, nazariyani amaliyotga qo’llash 

ko’nikmalarini egallashlarini maqsad qilib olish va mutaxassis tayyorlash 

yo’nalishini hisobga olish; 

•  praktikum o’tkazishda laboratoriyani darsga tayyorlash bo’yicha muhim 

tashkiliy-metodik ishlarni muhokama qilish; 

•  fizik praktikumdan laboratoriya ishlarini umumiy xususiyatlariga qarab, texnik 

(o’lchashga oid), reproduktiv, reproduktiv-tadqiqotchilik va tadqiqotchilik 

ko’rinishlariga ajratish; 

•  fizik praktikumni quyidagi shakllarda o’tkazish: a) siklik (bITTa bo’lim yoki 

katta mavzuning mazmunini aks ettiradi, har bir siklning topshiriqlari 

murakkablashib boradi); b) tematik (oldindan belgilangan grafik asosida turli 

mavzularda); v) kombinatsiyalashgan (birga qo’shilgan).  

     Umumiy fizika praktikumlarining o’qitish sifatini yaxshilash,  bo’lajak 

o’qituvchilarning eksperimental tayyorgarligi darajasini oshirishga xizmat qiluvchi 

bir qator imkoniyatlarni ochib beradi:  

•  laboratoriya ishlarini bajarish jarayonida talabalar bilishning ilmiy metodlari 

bilan tanishadilar, fizik hodisalarning tabiatiga, ularni o’rganish imkoniyatlariga, 

amalda qo’llanilishiga ishonch hosil qiladilar;  

•   talabalarning nazariy va amaliy fikrlashlarini rivojlantirishga sharoit yaratadi, 

fizik nazariyaning real mohiyatini ko’ra bilishga o’rgatadi;  




•  fizik praktikumda ma’ruza kursida olingan ma’lumotlar bilan talabaning 

laboratoriya ishlariga tayyorgarlik ko’rish vaqtida darsliklar, o’quv qo’llanmalari 

va boshqa o’quv manbalar bilan sistemali mustaqil ishlashi natijasida to’plangan 

ma’lumotlar birlashtiriladi;  

•  talabalarni laboratoriya eksperimentini o’tkazish metodlari bilan tanishtiradi

nazariy bilimlarni amalda qo’llashga o’rgatadi, fizik asboblar  bilan ishlash, 

mutaxassislikka oid ko’nikma va malakalarni egallashga yordam beradi;  

•  talabalar o’lchash xatoliklarini aniqlashni o’rganadilar, tajriba natijalarini qayta 

ishlashda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini egallaydilar;  

•  eksperimental ishlarni tashkil qilish va qo’yish, ilmiy-tadqiqot metodlari bilan 

tanishtirish, talabalarda ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug’ullanish (tadqiqotchilik 

ko’nikmalari) ishtiyoqini uyg’otadi;  

•  qurilmalar bilan ishlash talabalarning bilish va konstruktiv qobiliyatlarini, 

kuzatuvchanlik, diqqat, sabr-toqat, tasavvur qilish va boshqa sifatlarini 

rivojlantiradi;  

•  talabalarda individual va jamoa bo’lib ishlash madaniyati, oldindan tuzilgan 

reja asosida ishlash ko’nikma va malakalari shakllanadi;  

•  o’qituvchilarga umumiy fizika kursidan talabalarning bilim, ko’nikma va 

malakalarini muntazam ravishda nazorat qilib borish imkoniyatini beradi. 

     O’tkazilayotgan pedagogik tadqiqotlar tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, 

ixtisosliklar bo’yicha malakali bakalavr mutaxassislarni tayyorlashda asosiy 

e’tiborni  talabalarni o’quv jarayonida aynan mustaqil ta’lim mashg’ulotlarida 

eksperimental  malakalarini shakllantirish, ratsionalizatorlik qobiliyatlarini 

rivojlantirishda sistematik yondashish o’ziga xos istiqbolli natijalarni keltirib 

chiqaradi va bo’lajak o’qituvchilarni sifatli tayyorlashda muhim omil bo’lib xizmat 

qiladi.  

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bizning fikrimizcha mutaxassis 

o’qituvchilarni tayyorlashda kelajakda fan va texnika taraqqiyotida erishgan 

yutuqlardan foydalangan holda yosh avlodga ta’lim berishda, ularda nazariy 



bilimlar bilan bir qatorda  eksperimental  y’ni labaratoriya  ko’nikmalarni 

shaklllantirish natijasida ko’zda tutilgan jahon andozalari asosida  ta’lim berishda 

samarali natijalarga erishiladi.                                     


Yüklə 132,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin