O`zbekiston respublikasi xalq ta‟limi vazirligi



Yüklə 365,31 Kb.
səhifə4/18
tarix07.01.2024
ölçüsü365,31 Kb.
#202686
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
O`zbekiston respublikasi xalq ta limi vazirligi navoiy davlat pe

Tadqiqotning nazariy ahamiyati: ―Oddiy mexanizmlar" mavzusini individual o‘qitish ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish nuqtai nazaridan ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishdagi asosiy yo‘nalishlardan biri ekanligi ilmiy-nazariy va metodik jihatdan asoslandi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Umumta‘lim maktablarida ta‘limni davlat ta‘lim standartlariga asosan o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yilgan talablarga asoslangan holda tafakkurini rivojlantirishda dastur, darslik va o‘quv qo‘llanmalarida katta va boy imkoniyatlar mavjud. Lekin ana shu imkoniyatlardan foydalanish o‘qituvchining ta‘limning dialektik bilish nazariyasi, faoliyatning psixologik jihatlari, pedagogika va psixologiyaning so‘nggi yutuqlariga tayangan holda ta‘limni tashkil qilishga yo‘llaydi hamda o‘quvchi-yoshlarning his-tuyg‘usi, kechinmalarining yuzaga chiqishiga shart- sharoitlar yaratiladi.

Shuningdek, tadqiqot ishi natijalari quyidagi nashrlarda e‟lon qilindi:


  1. Hamdamova D., Karimov A. Fizikani o‘qitishda eksperimentning roli. Prof.- o‘q. va talabalarning XXVII il.-amaliy konf. Mat. to‘plami. N. 2012.

  2. Hamdamova D., Karimov A. Fizika darslarida o‘quvchilarga mustaqil masalalar yechish malakasini shakillantirish. Res. il.- amaliy konf. B.2012.

  3. Hamdamova D. Karimov A. O‘duvchilarning ko‘nikmalarini shakillantirishda fizik tajribalarning ahamiyati. Prof.-o‘q. va talabalarning XXVIII il.-amaliy konf. Mat. to‘plami. N. 2013.

Dissertatsiyaning tarkibiy tuzilishi: dissertatsiya kirish, 3 bob, 7 paragraf, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, 27 ta rasm, 2 ta jadvalni o‘z ichiga olgan va 54 sahifadan iborat.

O‟rta asr allomalarning fizika fani taraqqiyotidagi o‟rni.


Dunyoviy ilm markazi Sharq mamlakatlariga ayniqsa Ipak yo‘li va Islom dini paydo bo‘lganidan kеyin, tеzlik bilan kuchdi. Bu mamlakatlarga, ayniqsa halifalik paydo bo‘lganidan so‘ng, ilm-madaniyat va san‘at tеz rivoj topdi. Ilm markazi Bog‘dod, Buxoro, Xorazm va Marvga kuchdi. Ilmiy akadеmiyalar (donishmandlar уyi) Bog‘dod, Buxoro, Urganchda tashkil etildi. Bunday rivojlanishga asosiy sabablardan yana biri xalifalik xukmdorligi davrida islom dini shariati talab qiladigan darajada ilm va ma‘rifat ishlari olib borilishi va islomiyat mafkуrasini ommaga tushuntirish zarуr bo‘lganligidir.



Shunday qilib:



    1. Al Xorazimiy «Baytul Hikmat» akadеmiyasining asoschilaridan bo‘lib, usha davrda birinchi astronomik jadvallar tuzdi, Yer meridiani o‘zуnligini aniqladi va Yer xaritasini to‘zdi,

    2. Xorazimiy algеbra fanining asoschisidir.

Bog‘dod akadеmiyasi Xorazimiyga o‘xshagan yana bir nеcha mutafakkirlar hosil bo‘lishiga sababchi bo‘lib Butуn Dunyo ilmi va madaniyatining rivojlanishida mуnosib uringa egadir.
Ibn Sino 18 yoshga еtganida faqat Buxoroga emas, Butun Sharqqa olim va tabib sifatida tanildi. 1004 yildan Ibn Sino Urganch shaxriga 1012 yilgacha bo‘ldi. Jуrjon shaxrida Abu Уbaydуllo Jуrjoniyni shogird qilib olib у bilan dуstlashadi.
1037 yili Ibn Sino Hamadon (Eron) shaxrida vafot etdi. Ibn Sinoning ayrim ishlari qo‘yidagilar:
a) Ibn Sino 280 ga yaqin ilmiy asarlar yozgan va Bu asarlardan 185 tasi falsafaga, 19 tasi mantiqka, 7 tasi mеtafizikaga va fizikaga, 7 tasi axloqqa, 2 tasi kimyo faniga va 40 tasi tibbiyot ilmiga bag‘ishlangan. Tibbiyot kitoblaridan g‘arb mamlakatlari 600 yildan ko‘proq davrda asosiy qo‘llanma sifatida foydalangan. Fizika va astronomiyaga doyr qo‘yidagi ishlarini misol kеltiramiz.

  1. 1024-1032 yillarda Isfaxon rasadxonasiga rahbarlik qilib ilmiy ishlar qilgan,

  2. Beruniy bilan ilmiy baxslar olib borib 18 ta savolga javob qaytaradi. Bu savollarning bir qismi Aristotеlning «Osmon haqidagi kitob»iga 8 tasi «fizika» kitobiga tеgishlidir. «Fizika shunday xolatlarni o‘rganadiki, ularni tasavvur qilish moddadan ajralmagan xolda bo‘ladi», «Matеmatikada xolatlar borliqda moddadan ajralmas, lеkin tasavvurda ajralgan dеb olish mumkin» dеb tushuntiradi.

v) Mеxanika soxasida «Aqllar mе‘yori» kitobida chig‘iriq, blok va polistpastdan foydalanishni mеxanikaning oltin koidasi (richaglar qonuni) asosida tushuntiradi.
g) Kuchdan yutish uchun qiya tеkislikdan foydalanish hamda vintdan foydalanib kuchdan yutishni fizik asoslarini ko‘rsatadi.
Jahonga tabobat ilmining sultoni bo‘lib tanilgan Ibn Sino qomusiy bilimlarning ham sohibi bo‘lib, tabiat fanlariga oid o‘ta qimmatli asarlarni yaratdi. U birinchilardan bo‘lib, o‘zining ,,Donishnoma‖ kitobini ,,Fizika‖ bo‘limida moddalar mayda-mayda zarrachalardan, ya‘ni atomlardan tuzilgandir degan fikrini olg‘a surdi.
Uning ,,Fizika‖ va ,,Mexanika‖ deb nomlangan asarlari fizika fanining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ibn Sinoning Beruniy bilan bo‘gan savol -javoblari va ,,Tib qonunlari‖ kitoblaridagi ,,ko‘z atomiyasi‖ ga bag‘ishlangan bob, bundan tashqari yashin, chaqmoq, momaqaldiroq kabi hodisalar haqidagi fikrlar, fizika faniga bergan ta‘riflari, harakat turlari va ularning nisbiyligi, kuch, inersiya, ular orasidagi bog‘lanish, aylanma harakat, markazga
intilma va markazdan qochma kuchlar, chiziqli tezlik, atmosfera bosimi, bo‘shliq, konveksiya, issiqlik tabiati va ularni uzatilish turlari, tovush va yorug‘lik tezligi, yorug‘lik dispersiyasi, ko‘zning optik sistema ekanligi, linza va uning turlari, atom tuzilishi kabi mavzularga tegishli bo‘lgan mulohazalari hozir ham o‘z kuchini yo‘qotmagan.
Ibn Sino har bir o‘rganilayotgan masalasidan ungacha noma‘lum bo‘lgan biror yangi fikr chiqara olardi. Yevropalik ilg‘or fikrlovchi kishilar buyuk bobomizning qarashlarini tushunib yetishi uchun bir necha yuz yillar kerak bo‘ldi.



Yüklə 365,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin