Mexanikaning oltin qoidasi. Mexanizmning foydali ish koeffitsiyenti.Yuqorida Siz oddiy mexanizmlaming ishdan yutuq bermasligi bilan tanishdingiz. Buni kengroq ma‘noda qaralsa, «har qanday mexanik mexanizm kuchdan necha marta yutuq bersa, yo'ldan shuncha marta yutqazadi» degan xulosaga kelinadi. Bunga
«mexanikaning oltin qoidasi» deyiladi.
Oldingi mavzuda biror yukni ma'lum balandlikka ko‗tarishda mexanizmlarning og‗irligini, ulardagi ishqalanishlarni hisobga olmadik. Bularni hisobga olinsa, m massali yukni h balandlikka ko`tarishda Af = mgh ishga nisbatan ancha ko‗p ish (Au) bajarish zarurligi kelib chiqadi. Af ish foydali ish deb ataladi. Au — umumiv bajarilgan ish deb atalib. A = Af + Aq dan tashkil topadi. Aq — ishqalanishlami yengish, mexanizmning o`zini ham ko‗tarish va h.k. larni bajarish bilan bog`liq qo‗shimcha ishlar
Foydali ish (Af)ning umumiv ish (Au) ga nisbati bilan o`lchanadigan kattalik mexanizmning foydali ish koeffitsienti deyiladi:
— foydali ish koeffitsienti (qisqa f.i.k.).
Ko‗pincha f.i.k. foizlarda ifodalanadi:
Наr qanday mexanizmning f.i.k. 100% dan kam bo`ladi (jadvalga qarang).
Ko`char yoki ko`chmas blok
|
94-98%
|
Qo`lda aylantiriladigan lebyodka
|
80%
|
Vintli domkrat
|
30-40%
|
Richak-vintli domkrat
|
95-97%
|
F.I.K.ni oshirish uchun mexanizmning og'irligi, undagi ishqalanishlarni kamaytirishga harakat qilinadi. Konstruksiyalari takomillashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: |