O`zbekiston respublikasi xalq ta limi vazirligi navoiy davlat pe
Tadqiqotning dolzabligi. Bugungi kunda O`zbekistonda ta‘lim-tarbiya sohasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, mutlaqo yangicha qarash barpo etildi, desak mubolag‘a bo`lmaydi. Umumiy o`rta ta‘lim maktablari tasdiqlangan meyoriy hujjatlar asosida o`quvchilarga 9 yil davomida o`ziga xos darajada yakuniga yetgan zamonavny bilim berishni nazarda tutadi. Akademik litsey hamda kasb- hunar kollejlarida esa o`quvchi yoshlar o`z qiziqishlaridan kelib chiqib ixtiyoriy- majburiy holda bilim, malaka va ko‘nikmalarni chuqurlashtirish imkoniyatiga ega bo`ladilar.
Qanday turdagi muassasa bo‘lmasin yoki qanday ko‘rinishdagi o`quv predmeti bo‘lmasin, Prezidentimiz ta‘kidlab o‘tganidek, milliy g`oya va uni tamoyillari bilan uzviy sug`orilgan bo‘lishi talab etiladi [1]. Shuning uchun ham davr talabidan kelib chiquvchi o`quv-uslubiy majmualarning yangi avlodini yaratish davlat siyosati darajasiga kutarildi.
Ma‘lumki, sobiq Ittifoq davrida O‘rta osiyo xalqlarining, shu jumladan, o‘zbek xalqining o‘tmishi, boy tarixi, buyuk allomalarining jahon madaniyatiga qo‘shgan hissasi o‘rganilmay, kamsitilib kelindi.
Mustaqillik sharofati bilan yaqin o‘tmishda nomlari unitilayutgan buyuk ajdodlarimiz nomi va ularning jahonmadaniyati xazinasiga qo‘shgan ulkan xizmatlarini o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ldi. Shu munosabat bilan qabul qilingan yangi o‘quv dasturida O‘rta Osiyolik allomalarning fizika va astronomiya fanlariga oid ishlari bilan o‘quvchilarni tanishtirish ko‘zda tutilgan.
Haqiqatdan ham, fizika sohasida qilingan har bir kashfiyot, dunyoni bilish sohasidagi har bir yangilik materiyani, borliqni o'rganish yo'lidagi dadil bir qadam hisoblanadi. Fizika tabiiy fan bo'lib, uning qonunlari barcha tabiatshunoslik bilimlarining asosida yotadi. Fizika fanini uzoq vaqtlargacha tabiat falsafasi deb ataganlarining o'zi ham uning falsafa bilan naqadar chuqur bog'lanib ketganligining isbotidir.
Qadim davrlardan beri inson o'z mehnatini yengillashtirish yo'llarini qidiradi. Qurilishlar olib borishda og‗ir ustunlar, yo‘nilgan marmar toshlarni
siljitish, ko'tarish uchun turli mexanik qurilmalardan foydalanib kelgan. Uch ming yil oldin qadimgi Misrda piramidalar qurilishida og‗ir tosh plitalarni richaglar yordamida bir joydan ikkinchi joyga siljitishgan va ancha balandga ko'tarishgan. Ko‗p hollarda og‗ir yukni biror balandlikka ko'tarish o'rniga uni shu balandlikka qiya tekislik bo‗yicha dumalatib yoki sudrab olib chiqishgan. Samarqand va Buxoro shaharlaridagi minoralar, madrasalar, saroy va masjidlar qurilishida yuklami bloklar, chig„iriqlar yordamida ko'targanlar.
Hozirgi kunda turmushda, zavodlarda katta-katta metall taxtalarni kesadigan, shtamplaydigan stanoklarda, ko'tarma kran, yer qazuvchi, tekislovchi mashinalarda ham oddiy mexanizmlar bor. Bunday mexanizmlar zamonaviy audio va video apparaturalar, murakkab avtomatlarda ham uchraydi. Oddiy mexanizmlar ishi bilan tanishsangiz, murakkab mashinalar tuzilishini tushunishingiz oson bo'ladi.
Shuni ta‘kidlash lozimki, O`zbekiston mustaqilligini qo`lga kiritgandan so`ng 1999-2000 o`quv yilidan buyon fizika fani VI sinfdan boshlab o`qitila boshlandi. Davlat ta‘lim standartiga asosan VI sinf fizika kursida tabiatda uchraydigan fizik hodisalar haqida boshlang`ich ma‘lumotlar berish kuzda tutilgan, ya‘ni quyidagi bo`limlarni o`rganish kuzda tutilgan:
Modda tuzilishi haqida dastlabki ma‘lumotlar.
Mexanik hodisalar.
Jasmlarning muvozanati. Oddiy mexanizmlar.
Issiklik hodisalari.
Yorug`lik hodisalari.
Tovush xodisalari.
1960 yillarda esa VI-sinfda fizika kursida quyidagi ma‘lumotlar berilgan:
Eng oddiy o`lchashlar (ruletka, tarozi toshlari, zichlik, yuzani o`lchash).
Suyuqlik va gazlar (suyuqlikning idish tubiga bulgan bosimi, manometr, barometr, tutash idishlar. Atmosfera bosimi, Arximed kuchi, suv osti kemasi, havoda uchish, stranostatlar).
Ish va energiya ish, quvvat, bloklar, polistpastlar, richag, chig`iriq, qiya tekislik, foydali ish koeffisiyenti», energiya, abadiy dvigatellar.
Yuqorida keltirilgan ma`lumotlardan kurinib turibdiki, 6-sinf fizika darsida o`rganilgan materiallar bir-biridan tubdan farq qilgan.
Shu maqsadda ushbu dissertatsiya ishida fizika ta‘lim mazmunidagi ustivor jihatlarga, fizikaning fundamental mavzularini mazmuniy va uslubiy tahliliga, shuningdek, unda o‘quvchilarni fizika va uni o‘qitish metodikasi fani olamida shakillanayotgan yangicha qarashlar bilan tanishtiramiz, bilimlarni zamonaviy o‘qitish texnologiyalaridan unumli foydalanish orqali o‘rgatish nazarda tutiladi.