Yuqorida ko‗rilgan barcha mexanizmlar biror ishni bajarishda foydalaniladi. Ularda biz mexanizmlarning kuchdan yutuq berishi haqida gapirib o‗tdik. Qiziq, ulardan qaysilari ishdan yutuq berar ekan? Yoki hammasimi?
Buni qiya tekislik misolida ko‗raylik. Qiya tekislik bo'ylab yukni ko‗tarishda
bo`lishi ko‗rsatilgan edi. Bunda yukni ko‗tarishda kichik kuch talab qilinishi evaziga ko‗p yo‗l bosish zarur bo'Iadi (19-rasm).
19 -rasm
Chunki s masofa h dan katta:
Bundan yukni qaysi yo‗l bilan yuqoriga olib chiqmaylik, bajarilgan ishlar teng bo`lishi kelib chiqadi. Demak, qiya tekislik ishdan yutuq bermaydi. Balki richag ishdan yutuq berar? Rasmdan ko'rinadiki, richagning kichik yelkasiga qo‗yilgan yukni s2 masofaga siljitish uchun katta yelkaga qo‗yilgan F1kuch s1 masofani o‗tishi kerak. Demak, richagda ham kuchdan olinadigan yutuq masofadan yutqazish evaziga bolar ekan. Bu holda bo‗ladi (20-rasm).
20-rasm
Bajarilgan ish uchun F1 s1= F2s2 yoki A1 = A2. Richag ham boshqa mexanizm kabi ishdan yutuq bermaydi. Richag qonunini kashf etgandan so‗ng juda ruhlanib ketgan Arximed «Menga tayanch nuqtasini bering, men Yerni ko‗taraman» deb aytganligi haqida afsona bor. Nazariy jihatdan olganda juda uzun yelkali richag bilan Yer og‗irligiga teng kuch hosil qilish mumkin. Lekin richagning kichik yelkali uchi Yerni 1 sm ga ko‗targanda, katta yelkali uchi kosmosda shunday katta aylana yoyini o‗tishi kerakki, buning uchun Arximed 1 m/s tezlik bilan yursa, million yil kerak bolar edi!
Xuddi shunday yo‗l bilan ko‗char blok ham ishdan yutuq bermasligini isbotlash mumkin. Bunda yukni h balandlikka ko‗tarish uchun blokdan o‗tgan arqon uchini 2h masofaga ko‗tarish zarur bo‗ladi (21-rasm). Ko‗char blokda kuchdan 2 marta yutuq olinsada, masofadan 2 marta yutqiziladi. Natijada ko‗char blok ham ishdan yutuq bermaydi.
Shunga o‗xshash yo‗llar bilan boshqa oddiy mexanizmlar ham ishdan yutuq bermasligini isbotlash mumkin.
21 - rasm
Dostları ilə paylaş: |