Umum insoniy qadryat nima ekanligini izohlab bering;
Qadryat so`zining lug`aviy manosini aytib bering;
O‘zbek milliy qadriyatlari mazmunida qanday ;
V. O’quvchilarni baholash.
Uyga vazifa .Mavzuni o’qish . Savollarga javob berish
Xulosa.
Bitiruv malakaviy ishimiz natijalaridan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, qadriyatlar ma’naviy madaniyat bilan bog‘liq fenomen bo‘lib, murakkab tipologiyaga ega. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar ana shu tipologiyada o‘ziga xos o‘ringa ega. Ular shaxsga qudratli tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi, chunki ham milliy, ham umuminsoniy qadriyatlar insoniyat ma’naviy taraqqiyotida erishilgan yutuqlar konsent-ratsiyasi bo‘lib, shaxs ijtimoiy qiyofasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan omil hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi milliy mustaqillikka erishga-nidan keyin milliy va umuminsoniy qadriyatlarning mushta-rakligini ta’minlashga alohida e’tibor berila boshlandi. Bu hol qator tadbirlar, say-harakatlarda o‘z ifodasini top-moqda. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar mushtarakligini ta’minlashda ko‘ppartiyaviylikning qàror topayotganligi real shart-sharoit vazifasini o‘tayotir. O‘z navbatida, ko‘ppar-tiyaviylik jamiyatimiz turmush tarziga demokratik tamoyillarni kirib kelayotganligining muhim alomatidir. Ko‘ppartiya-viylikning qàror topishi fuqarolar uchun tanlash, saralash, musobaqalashish imkoniyatlarini vujudga keltiradi. Fikrlar, mulohazalar rangba-rang bo‘lishi uchun qulay shart-sharoit yaratadi. Chunki siyosiy partiyalar xalqning muayyan qismini o‘z atrofida birlashtiradi. Siyosiy partiyalarning diqqat marka-zida davlat hokimiyatini demokratik saylovlar orqali egallash turadi. Xuddi shuning uchun ham siyosiy partiyalar davlatni idora qilish vakolatiga ega bo‘ladi. Davlat hokimiyatini egallash esa, o‘z navbatida, siyosiy partiyaning dasturiy maqsadlari, xalqqa bergan saylovoldi va’dalarini bajarish uchun rasmiy muruvvat bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekistonda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mushtarakligiga asoslangan yangi jamiyat qurilishi boshlanishi bilan turli partiya va harakatlarning paydo bo‘layotgani ijo-biy hol qarashlarni rangba-rangligi to‘g‘ri yo‘lini tanlab olishga yordam beradi. qaysi g‘oya insoniy bo‘lsa, odamlarga foydasi tegsa, o‘sha g‘oya jamiyatga kerak. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar mushtarakligini ta’minlashda mamlakatlararo madaniyat kunlarining ûtkazi-lishi katta ahamiyatga ega bo‘layotir. Chunonchi, 1994 yil 23 mayda O‘zbekistonda qozog‘iston kunlari, 1995 yil may oyida qozo-g‘istonda O‘zbekiston kunlari, 1996 yil aprel oyida O‘zbekis-tonda Tojikiston kunlarining ûtkazilishi o‘zbek, qozoq, tojik xalqlari orasidagi qadimiy do‘stlik, birodarlik, yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlashda salmoqli hissa qo‘shdi. Shuningdek, davlatlararo madaniy-ilmiy aloqalar, xususan xalqaro ilmiy anjumanlar, kongresslar, konfe-rensiyalarni hamkorlikda o‘tkarilishi ham milliy va umumin-soniy qadriyatlarning ìushtarakligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, 1995 yil 18- sentabr kunlari BMT rahbarligida Nukusda o‘tkazilgan Orol dengizi havza-sidagi davlatlarning barqaror rivojlanishi muammolariga bag‘ishlangan; 1995 yil 2-3 oktabrda Toshkentda “Germaniya va O‘zbekiston: tarixiy, siyosiy va strategik jihatdan qiyoslash muammolari” mavzuida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyalar ana shunday ahamiyatga ega edi. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning mushtarakligini ta’minlashda mamlakatimizda “Turkiston-umumiy uyimiz” shiori ostida amalga oshirilayotgan tadbirlar, xalqaro sport musobaqalari, ayniqsa milliy kurash va tånnis bo‘yicha o‘tka-zilgan ìusobaqalarning hissasi ham áyeqiyos bo‘ldi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, mamlakatimizda insonparvar, demokratik jamiyat barpo etishning boshlanishi milliy va umuminsoniy qadriyatlar mushtarakligining ta’minlanishi uchun real shart-sharoit yaratdi. Bu borada O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan qator anjumanlar, tadbirlar millatimiz tarixi davomida vujudga kelgan qadriyatlarni umumjahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida shakllangan qadriyatlar bilan biriktirish imkoniyatini yaratmoqda. Tarbiya milliy va umuminsoniy qadriyatlar mushtarakligini taminlashning muhim sharti. Ko‘p millatli mamlakatimiz sharoitida milliylikka asos-langan baynalmilal tarbiya milliy va umuminsoniy qadriyat-lar mushtarakligini ta’minlashning eng muhim shartdir.