Ibn Sino ta’limotida bilishda qaysi metodlardan foydalanilmasin u og‘zaki
ifodalash, tajribalarini baribir talabada haqiqiy bilim hosil qilish mustaqil, mantiqiy
fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarini
amaliyotga tadbiq eta olish
qobiliyatini tarkib toptirish asosiy maqsad
bо‘lgan.
Ibn Sino aqliy, axloqiy
tarbiya bilan bir qatorda inson kamolotida
jismoniy tarbiyaning muhim
ahamiyatini ham nazariy, ham amaliy jihatidan tahlil qiladi. Ibn Sinogacha
insonning kamolga yetishida jismoniy tarbiyaning ta’siri haqida bizlarda bir yaxlit
ta’limot yaratilmagan edi.
Jismoniy
mashqlar,
tо‘g‘ri ovqatlanish, uyqu,
badanni toza tutish,
tartibga rioya etish, inson sog‘lig‘ini saqlashda muhim
omillardan ekanini ham ilmiy ham amaliy jihatidan asosladi.
Xulosa qilib aytganda, Ibn Sinoning ta’lim-tarbiyaviy qarashlarida insonning
ham aqliy, ham ahloqiy estetik hamda jismoniy tomondan rivojlanishi uning
kamolga yetishining asosiy mezoni sifatida talqin etiladi.
Dostları ilə paylaş: