5-§ TURKISTON JADIDCHILIK HARAKATIDA TA’LIM VA
TARBIYA
«Jadid»
sо‘zi arabcha sо‘z bо‘lib,
«yangi», «jadidchilik»
esa yangilik
tarafdorlari degan ma’noni bildiradi. 19 asr oxiri 20 asrning boshlarida Turkistonda
chor mustamlakachiligining kuchayishi natijasida
о‘lkada jadidchilik xarakatining
vujudga kelishiga sabab
bо‘ldi.
Jadidlar Misr, Turkiya, Kavkaz, Turkiston va
boshqa
о‘lkalarda siyosiy oqim sifatida yuzaga keldi. Jadidlar о‘z davrining eng
ilg‘or kishilaridir.Bu kishilar jamiyatning qaysi tabaqasiga mansubligidan qat’iy
nazar, yangilik, taraqqiyot, ma’rifat va madaniyat tarafdori
bо‘lib chiqdilar.
Turkistonlik jadidlar
ona Vatanlarini mustaqil, ozod holda
kо‘rishni
о‘zlarining bosh maqsadlari deb bildilar. Milliy ozodlik kurashida qurol kuchi
bilan
muvaffaqiyat qozonib
bо‘lmasdi. Shu bois ular milliy istibdodga tushib
qolishlarining sabablarini tahlil qilib,
bularning tub ildizlari
yо‘q qilib tashlash
lozimligini anglab yetdilar. Natijada jadidlarining hamma narsadan oldin halqqa
ma’rifat berish lozim degan g‘oyasi yuzaga keldi. Jadidlar 1906
yildayoq
«Taraqqiyot» deb nomlangan gazeta nashr ettirib,
о‘z g‘oyalarini tarata
boshladilar. Turkistonning turli shaharlarida jadid maktablari ochilib, ularda diniy
ilmlar bilan birgalikda dunyoviy bilimlar jumladan tabiat
haqidagi bilimlar ham
targ‘ib qilina boshlandi. Jadidlar uchun ilm va ma’rifat yagona qurol
bо‘lib, ular
shu qurol yordamida
о‘lkada ijtimoiy – iqtisodiy
va madaniy taraqqiyot uchun
kurashmochi
bо‘ldilar. Jadidlar о‘z ezgu orzularini, faqat maktab, ma’orif va ta’lim
tarbiyani
tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yish, uni rivojlantirish bilangina amalga oshirish
mumkin, deb bildilar.
Jadidlar ma’rifati haqida gap ketganda dastlab qirimlik Ismoil
Gaspirinskiyni tilga olish kerak. U Rossiya musulmonlari
orasida birinchi
Dostları ilə paylaş: