O‘zbekiston Respublikasida makroiqtisodiy barqarorlik va barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan iqtisodiy islohotlar izchil amalga oshirilmoqda



Yüklə 6,43 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü6,43 Kb.
#204626
Kirish лотин


O‘zbekiston Respublikasida makroiqtisodiy barqarorlik va barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan iqtisodiy islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda xodimlarni motivatsiyalashni kuchaytirish nafaqat ish beruvchining, balki bu yerda ishlovchi xodimlarning ham maqsadlari va manfaatlariga bog‘liq. Korxonada foydalaniladigan motivatsiyalash tizimlari aynan shaxsning faolligiga ta’sir ko‘rsatishga intiladi. Mehnat faoliyatini boshqarishning motivatsion jihatlari bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda keng qo‘llanilmoqda va ulardan rivojlanayotgan tashkilotlarda faol foydalanilmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga Murojjatnomasida “...Beshinchidan, yoshlar o‘rtasida bandlikni ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalasi e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Buning uchun kelgusi yilda professional ta’lim tizimi mehnat bozoridagi talab va xalqaro andozalarga mos yangicha yondashuvlar asosida isloh qilinadi. Bundan buyon ishchi kasblar bo‘yicha talab qo‘yishda malaka asosiy o‘ringa chiqadi. Shuning uchun Hukumat kelgusi yil 1-yanvardan talab yuqori bo‘lgan ishchi kasblar bo‘yicha fuqarolarning malaka darajasini tasdiqlash tizimini joriy etsin. Xabaringiz bor, Yoshlar forumidagi uchrashuvimizda yoshlar tadbirkorligi va bandligini ta’minlash uchun 100 million dollar ajratish to‘g‘risida qaror qabul qildik. Bundan tashqari, yoshlarning biznes loyihalarini kreditlash hamda ularni kasb-hunarga o‘qitish uchun 1 trillion so‘m va 50 million dollar ajratiladi ”–deb ta’kidladi.
Korxonada xodimlarni mehnat motivatsiyasini kuchaytirish, xodimni rivojlantirish, uning kasbiy va malaka tarkibini hisobga olish, xodimga umumiy va qo‘shimcha ehtiyojni aniqlash, xodimlardan ma’lum bir aniq maqsadga erishish uchun yo‘naltirish hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridan biridir. Ta’kidlash lozimki, iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida korxona va tashkilotlarda ishlovchi xodimlarni rejalashtirish, mehnatni moddiy rag‘batlantirish, rivojlantirish muammosi xodimlarning shaxsiy manfaatlarini ta’minlash bilan bir qatorda mamlakat iqtisodiyotida alohida rol o‘ynaydi. Shu munosabat bilan ilmiy ishda O‘zbekto‘qimachiliksanoat qo‘mitasi korxonalarida xodimlarini mehnat motivatsiyasini kuchaytirishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish masalalarini tadqiq
etishga qaratilganligi mavzuning dolzarbligidan dalolat beradi.

Tadqiqot vazifalari. Oldinga qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqib quyidagi vazifalar qo‘yildi:


xodimlar mehnat motivatsiyasini kuchaytirishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini ochib berish;

mexnatni motivlashning mohiyati va uslublarini asoslash;



«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi korxonalarida xodimlarni

rivojlantirish va ijtimoiy himoya qilish holatining tahlili amalga

oshirish;

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi korxonalarida xodimlar mehnat



motivatsiyasini kuchaytirish yo‘llarini aniqlash;

mehnat motivatsiyasidan qoniqish usullarini takomillashtirish



yo‘llari ko‘rsatish
Yüklə 6,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin