Oʻzbekiston Respublikasidagi iqtisodiy, Ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir maʼlumotlar


Mutolaa va kitobxonlikning antik tafakkurda tutgan o‘rni



Yüklə 123,46 Kb.
səhifə6/9
tarix24.12.2023
ölçüsü123,46 Kb.
#193325
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6-hafta (1)

Mutolaa va kitobxonlikning antik tafakkurda tutgan o‘rni. Badiiy adabiyotning yuzaga kelish tarixi qanchalik qadimiy bo‘lsa, kitobxonlik madaniyati tarixi ham shu qadar uzoq zamonlarga borib taqaladi. Mazmundor va ifodali nutq hamma davrlarda ham kishilarni o‘ziga jalb etib ijtimoiy hayotda alohida o‘rin egallab kelgan.
Antik davrlarda yunonlar chuqur fikrlash va chiroyli gapirish ilmini hikmat va donishmandlik deb ataganlar. Notiqlik san’atining buyuk namoyondasi Sitseronning ma’lumotlariga qaraganda, Suqroti hakim zamonlarigacha falsafa va notiqlik yagona ilm sifatida mavjud bo‘lgan. Suqrot o‘z mulohazalari bilan dono fikr va ziynatlangan nutqning yagona ilmini ikkiga ajratib qo‘ygandan keyin fikrga ayrim, nutqqa ayrim o‘qitish odati paydo bo‘lgan. Shundan keyin kishilarni har tomonlama mukammal, go‘zal nutq so‘zlashga o‘rgatuvchi maxsus ritorika ilmi vujudga kelgan. Ma’lumotlarga qaraganda ritorikaning asl vatani Sitsiliya oroli bo‘lib, eramizdan oldingi V-asrning o‘rtalarida bu yerda demokratik tartiblar o‘rnatilgach, notiqlik faoliyatining rivoji uchun keng yo‘l ochiladi.
Mashhur ritorik Georgiy (taxminan 483- 376) 427 yilda o‘z shahri Leontina uchun harbiy yordam so‘rab maxsus elchi sifatida Afinaga keladi va xalq majlisida gapirgan nutqi bilan Afina yoshlarida juda kuchli taassurot qoldiradi; shundan keyin ko‘p o‘tmay Georgiy butunlay Afinaga ko‘chib kelib, shu yerda ritorika maktabini ochadi va o‘z shogirdlariga chiroyli so‘zlash san’atini o‘rgata boshladi.
Notiqlik san’atiga ehtiyoj Afinada, ayniqsa, juda kuchli edi. Chunki Yunonistonda demokratiya tuzumi qaror topgach, respublikaning har bir ozod kishisi xalq majlislarida, senat kengashlarida, sud ishlarida erkin nutq so‘zlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Afina davlatidagi sud tartiblari ham notiqlik san’atining keng rivoj topishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur tartiblarga ko‘ra, sudga ishi tushgan har bir kishi shaxsan sud majlisiga kelib, da’volarini bayon etishi yoki o‘zini himoya qilishi lozim edi. Lekin hamma ham voqea tafsilotlarini mantiqan asoslab, chiroyli gapirish iqtidoriga ega bo‘lavermaydi. Natijada, hozirgi advokatlarga o‘xshagan va qadimgi yunon tilida “logograflar” deb ataluvchi maxsus kasb kishilari paydo bo‘ldi. Bilimdon, so‘zga chechan notiqlarning ko‘pchiligi “logograflik” bilan ham shug‘ullanib sudlashuvchilarga maxsus nutq matnlarini yozib berganlar. Logograflar haqida fikr yuritilganda ko‘pincha manbalarda Litsiy nomi qayta- qayta tilga olinadi.
Asli sitsiliyalik bo‘lgan mashhur so‘z ustasi Litsiy Afinada yashagan (459- 380). O‘z faoliyatini lotograflik kasbiga bag‘ishlangan bu zot, asosan, sud nutqlarini ijod etgan. U har bir nutqni yozishga kirisharkan, avvalo, bu nutqni buyurtma bergan kishining tabiatiga, ijtimoiy mavqeiga qanchalik monand kelish- kelmasligiga katta e’tibor beradi.
Shu tariqa, notiqlik san’ati rivojlanib, uning siyosiy notiqlik, sud notiqligi, epidektik notiqlik kabi turlari paydo bo‘ladi. Epidektik notiqlar ulug‘ zotlarni va mashhur voqealarni madh etib, tantanali yig‘inlarda nutq so‘zlaganlar.

Yüklə 123,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin