O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Kimoshdi savdosini o‘tkazish qoidalarini buzish oqibatlari



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə209/212
tarix02.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#171328
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

381-modda. Kimoshdi savdosini o‘tkazish qoidalarini buzish oqibatlari
Qonunda belgilangan qoidalar buzib o‘tkazilgan kimoshdi savdosi manfaatdor shaxs
talabi bilan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Kimoshdi savdosini haqiqiy emas deb topish kimoshdi savdosida g‘olib chiqqan shaxs
bilan tuzilgan shartnomaning haqiqiy emasligiga sababchi bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
55

281

311

379, 380-moddalari
.
28-BOB
ShARTNOMANI O‘ZGARTIRISh VA BEKOR QILISh
382-modda. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish asoslari
Agar ushbu Kodeksda, boshqa qonunlarda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda
tutilgan bo‘lmasa, shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq o‘zgartirilishi va bekor qilinishi
mumkin.
Taraflardan birining talabi bilan shartnoma sud tomonidan faqat quyidagi hollarda
o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin:
1) ikkinchi taraf shartnomani jiddiy ravishda buzsa;
2) ushbu Kodeks, boshqa qonunlar va shartnomada nazarda tutilgan o‘zga hollarda.
Taraflardan birining shartnomani buzishi ikkinchi tarafga u shartnoma tuzishda umid
qilishga haqli bo‘lgan narsadan ko‘p darajada mahrum bo‘ladigan qilib zarar yetkazishi
shartnomani jiddiy buzish hisoblanadi.
Bir taraf shartnomani bajarishdan to‘la yoki qisman bosh tortib, qonun yohud taraflarning
kelishuvida bunga yo‘l qo‘yilsa, shartnoma tegishlicha bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan
hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
353, 354

357

364

367

370

377

383 — 385-moddalari
, O‘zbekiston
Respublikasining 29.08.1998-yildagi “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy
bazasi to‘g‘risida”gi Qonunining 
2

10 — 16-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksining 66-
moddasining
 birinchi qismi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy sudi Plenumining 02.05.1997-yildagi “Xususiylashtirilgan
turar joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud
amaliyoti haqida”gi 3-son qarorining 
9-bandi
, Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi “Xo‘jalik
shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari
normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 18-bandining 
uchinchi — oltinchi
xatboshilari
,
 25, 26-bandlari
.
 LexUZ sharhi

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin