1) shartnomani tuzish paytida taraflar vaziyatda bunday o‘zgarish yuz bermaydi, deb
hisoblagan bo‘lsalar;
2) vaziyatning o‘zgarishini keltirib chiqargan sabablarni, ular paydo bo‘lganidan keyin
manfaatdor taraf shartnomaning xususiyatiga va muomala shartlariga ko‘ra o‘zidan talab
qilinadigan darajada vijdoniylik va ehtiyotkorlik qilgan bo‘lishiga qaramay, bu sabablarni yenga
olmagan bo‘lsa;
3) shartnomani uning shartlarini o‘zgartirmasdan bajarish taraflar mulkiy manfaatlarining
shartnomaga mos keladigan nisbatini buzsa va manfaatdor tarafga zarar yetkazsa, natijada ular
shartnoma tuzishda umid qilishga haqli bo‘lgan narsadan ko‘p darajada mahrum bo‘lsalar;
4) ish muomalasi odatlaridan yoki shartnomaning mohiyatidan vaziyatning o‘zgarishi
xavfiga manfaatdor taraf uchrashi kerakligi anglashilmasa.
Vaziyatning jiddiy o‘zgarishi oqibatida shartnoma bekor qilinganida sud har qanday taraf
talabi bilan shartnomani bekor qilish oqibatlarini aniqlashda taraflarning ushbu shartnomani
bajarish bilan bog‘liq xarajatlarini ular o‘rtasida adolatli taqsimlash zarurligiga asoslanadi.
Vaziyatning jiddiy o‘zgarishi munosabati bilan shartnomaning o‘zgartirilishiga
shartnomani bekor qilish ijtimoiy manfaatlarga zid bo‘lgan yoki taraflarga shartnomani sud
tomonidan o‘zgartirilgan shartlar asosida bajarish uchun talab qilinadigan xarajatlardan ancha
ortiq zarar keltiradigan favqulodda hollarda sud qarori bilan yo‘l qo‘yiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
353, 354
,
357
,
364
,
367
,
370
,
377
,
382
,
384, 385-moddalari
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy sudi Plenumining 02.05.1997-yildagi “Xususiylashtirilgan
turar joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud
amaliyoti haqida”gi 3-son qarorining
9-bandi
, Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi “Xo‘jalik
shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari
normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 18-bandining
uchinchi — oltinchi
xatboshilari
,
20-bandi
.
Dostları ilə paylaş: