O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə27/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   143
22.09.1994 ЖПК

69-modda. Mutaxassis
Tergov va sud muhokamasini o‘tkazishda dalillarni topish va mustahkamlashda surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga va sudga yordam berish uchun mutaxassis chaqiriladi. Mutaxassis sifatida shifokor, pedagog hamda zarur bilim va malakaga ega bo‘lgan boshqa shaxslar chaqirilishi mumkin.
Himoyachining iltimosnomasiga ko‘ra surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan mutaxassis tushuntirish berish uchun chaqirilishi mumkin.
Tergov va sud muhokamasini o‘tkazishda ilmiy-texnika vositalarini (magnitofon, videomagnitofon, kinoga olish apparatlari va boshqa apparatlarni) qo‘llash uchun mutaxassis chaqirilishi mumkin.
Tergov va sud muhokamasiga mutaxassis chaqirish hamda uning ishtirok etishi tartibi ushbu Kodeksning 91, 92, 136 — 138, 146, 147, 149, 151, 156-moddalarida, 221-bobida va 193-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
70-modda. Mutaxassisning huquq va majburiyatlari
Mutaxassis: o‘zining qanday maqsadda chaqirilganligini bilish; basharti tegishli bilimlarga ega bo‘lmasa, ish yuritishda ishtirok etishdan bosh tortish; o‘zi ishtirok etayotgan protsessual harakatlarga oid ish materiallari bilan tanishish; o‘zi ishtirok etayotgan protsessual harakatlarga aloqador arz va mulohazalar bildirish; tergov harakatlari va sud muhokamasida ishtirok etayotgan shaxslarga surishtiruvchining, tergovchining, prokuror va sudning ruxsati bilan savollar berish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari ustidan shikoyatlar keltirish huquqiga egadir.
Mutaxassis: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudning chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi; tergov harakatlari va sud muhokamasini yuritishda dalillarni topish va mustahkamlash uchun ilmiy-texnika vositalari, maxsus bilim va malakasidan foydalangan holda ishtirok etishi; ish bo‘yicha haqiqatni aniqlash uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlarga surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning e’tiborini qaratishi; o‘zi bajarayotgan harakatlar bo‘yicha tushuntirishlar berishi; jinoyatning kelib chiqish sabablarini, sodir qilinishiga imkon bergan sharoitlarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ishlab chiqishda surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga va sudga yordam berishi; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning ruxsatisiz surishtiruv va dastlabki tergov materiallarini oshkor etmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin