O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi


-modda. So‘roq qilinuvchining qaysi tilda ko‘rsatuv bera olishini aniqlash



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə43/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   143
22.09.1994 ЖПК

99-modda. So‘roq qilinuvchining qaysi tilda ko‘rsatuv bera olishini aniqlash
So‘roq qilinuvchi ish yuritilayotgan tilni biladimi, u qaysi tilda ko‘rsatuv bera olishi mumkin, degan savollar tug‘ilib qolsa, bu masala aniqlanishi lozim. Ushbu Kodeksning 71-moddasida nazarda tutilgan hollarda tarjimon chaqiriladi va u kelguncha so‘roq qilish to‘xtatib turiladi.
100-modda. Huquq va majburiyatlarni tushuntirish
So‘roq qilinuvchining shaxsi aniqlangandan keyin unga ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari tushuntiriladi. Bu huquq va majburiyatlar tushuntirilganligi so‘roq bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi.
101-modda. Ishning holatlari to‘g‘risida erkin so‘zlab berish
So‘roq qilinuvchiga ishning unga ma’lum bo‘lgan holatlari to‘g‘risida so‘zlab berish taklif qilinmog‘i lozim. So‘roq qilinuvchi erkin so‘zlab berganidan keyin uning ko‘rsatuvlarini to‘ldirish va aniqlashga qaratilgan savollar berilishi mumkin.
102-modda. Ishora qiluvchi savollar berishga yo‘l qo‘yilmasligi
Kutilayotgan javobga bevosita yoki bilvosita yo‘naltirish mazmunidagi savollar ishora qiluvchi savollar deb hisoblanadi. Ishora qiluvchi savollar berish taqiqlanadi.
103-modda. So‘roq qilinuvchining hujjatlar va boshqa yozuvlardan foydalanishi
So‘roq qilinuvchining ko‘rsatuvlari raqamlar yoki xotirada saqlanishi qiyin boshqa ma’lumotlarga taalluqli bo‘lsa, u so‘roq jarayonida o‘zidagi yoki ishga qo‘shib qo‘yilgan hujjatlardan yoxud boshqa yozuvlardan foydalanishi mumkin.
So‘roq qilinuvchiga so‘roq qilish jarayonida o‘zidagi hujjatlar va boshqa yozuvlarni o‘qib eshittirishga ruxsat etilishi mumkin.
Surishtiruvchi, tergovchi va sud so‘roq qilinuvchidan so‘roq qilish jarayonida u foydalanayotgan hujjatlar va boshqa yozuvlarni talab qilishi, ularni keyin qaytarib berishi yoki ishga qo‘shib qo‘yishi mumkin.
104-modda. So‘roq qilinuvchining ilgarigi so‘roqlarda bergan ko‘rsatuvlarini o‘qib eshittirish
So‘roq qilinuvchining ilgarigi so‘roqda bergan ko‘rsatuvlari faqat uning hozirgi so‘roqda bergan ko‘rsatuvlari tinglanib, qayd qilinib, u imzo chekkanidan keyin va quyidagi hollarda o‘qib eshittirilishi mumkin:
1) hozirgi va ilgarigi so‘roqlarda berilgan ko‘rsatuvlar o‘rtasida jiddiy qarama-qarshiliklar bo‘lganda;
2) so‘roq qilinuvchi sudda ko‘rsatuv berishdan bosh tortganda;
3) ish so‘roq qilinuvchining ishtirokisiz ko‘rib chiqilayotganda.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin