O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi


-modda. Narsa va hujjatlarni ko‘zdan kechirish



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə60/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   143
22.09.1994 ЖПК

140-modda. Narsa va hujjatlarni ko‘zdan kechirish
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi va sud narsa va hujjatlarni ular topilgan joyda, basharti ko‘zdan kechirish ko‘p vaqt yoki qo‘shimcha texnik vositalar talab qilsa, keyinchalik surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi o‘tkazilayotgan joyda ko‘zdan kechiradilar.
Ko‘zdan kechirish texnik vositalardan foydalanilgan holda, basharti narsa yoki hujjatlarning yo‘qolishiga yoxud shikastlanishiga olib kelmasa, o‘tkazilishi mumkin.
141-modda. Ko‘zdan kechirish bayonnomasi
Ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi yoki tergovchi ko‘zdan kechirish o‘tkazilganligi to‘g‘risida bayonnoma tuzadi, sud esa ko‘zdan kechirish jarayonini va uning natijalarini sud majlisi bayonnomasida qayd etadi.
Bayonnomada ko‘zdan kechirish davomida topilgan barcha narsalar, ular qanday tartibda ko‘zdan kechirilgan bo‘lsa, xuddi shu tartibda, ko‘zdan kechirish paytida qanday holatda kuzatilgan bo‘lsa, xuddi shu holatda qayd etiladi. Ko‘zdan kechirish chog‘ida topilgan va olingan barcha izlar, narsalar va hujjatlar sanab o‘tiladi. Olingan buyumning egasiga tegishli ma’lumotnoma yoki bayonnomaning nusxasi beriladi.
Bundan tashqari, bayonnomada: ko‘zdan kechirish qaysi vaqtda, qanday ob-havoda va qanday yorug‘likda o‘tkazilganligi; qanday ilmiy-texnika vositalari qo‘llanilganligi va qanday natijalar olinganligi; ko‘zdan kechirishda ko‘maklashish uchun kimlar jalb qilinganligi va ko‘maklashish nimada o‘z aksini topganligi; qanday narsalar va hujjatlar qay tartibda va qanday muhr bilan muhrlanganligi; ko‘zdan kechirilganidan keyin murda va ish uchun ahamiyatli bo‘lgan narsalarning qayerga yuborilganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
17-bob. GUVOHLANTIRISh
142-modda. Guvohlantirish uchun asoslar
Guvohlantirish:
1) odamning badanidagi ish uchun ahamiyatga molik xususiyat yoki alomatlarni, alohida belgilarni, uning jismoniy rivojlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, dog‘larni, tirnalgan, shilingan, qontalash joylarni topish zarurati tug‘ilgan hollarda, agar buning uchun ekspertiza o‘tkazish lozim bo‘lmasa;
2) ekspertiza o‘tkazishni talab qilmaydigan usullarni qo‘llash yo‘li bilan shaxsning mastlik va boshqa fiziologik holatini aniqlash zarurati tug‘ilgan hollarda o‘tkaziladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin