O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi


-modda. Guvohlantirish bayonnomasi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə62/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   143
22.09.1994 ЖПК

147-modda. Guvohlantirish bayonnomasi
Guvohlantirish o‘tkazilganligi haqida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa guvohlantirish jarayoni va natijalarini sud majlisi bayonnomasida qayd etadi. Bayonnomada guvohlantirish o‘tkazgan shaxsning hamma harakatlari va guvohlantirish davomida aniqlangan barcha izlar, xususiyatlar va belgilar qayd etilgan bo‘lishi lozim.
Guvohlantirish shifokor yoki boshqa mutaxassis tomonidan o‘tkazilgan bo‘lsa, u bayonnoma tuzadi va imzolaydi, guvohlantirilgan shaxs va xolislar ham imzolaganidan so‘ng bayonnomani tegishincha surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim etadi.
18-bob. MURDANI EKSGUMATSIYA QILISh
148-modda. Murdani eksgumatsiya qilish asoslari va tartibi
Ko‘zdan kechirish, tanib olish, tekshirish yoki ekspertizaga namunalar olish uchun murdani qabrdan chiqarib olish zarur bo‘lgan taqdirda prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida mazkur tergov harakatini o‘tkazish asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.
Tergovchining yoki surishtiruvchining murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.
Prokuror murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi bo‘lgan taqdirda, murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.
Sud murdani eksgumatsiya qilishni surishtiruv organlariga yoki tergovchiga topshiradi, bu haqda ajrim chiqaradi.
1481-modda. Murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish
Murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan, mazkur sudlarning sudyasi bo‘lmagan yoxud murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda esa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
Murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
Sud majlisida prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, qonuniy vakil yoki murdasi eksgumatsiya qilinishi lozim bo‘lgan vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlaridan biri, zarur hollarda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, shuningdek, agar ishda ishtirok etayotgan bo‘lsa, himoyachi va qonuniy vakil ishtirok etadi.
Sud majlisining o‘tkazilish joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning sud majlisiga kelmaganligi murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish uchun monelik qilmaydi.
Murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish prokurorning ma’ruzasi bilan boshlanadi, u mazkur tergov harakatini o‘tkazish zaruratini asoslab beradi, so‘ngra taqdim qilingan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin