O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə74/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   143
22.09.1994 ЖПК

171-modda. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish bayonnomasi
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni hamda qayd qilishni amalga oshirgan shaxs ishga aloqador axborotning mazmunini bayon etgan holda bayonnoma tuzadi. So‘zlashuvlar, xabarlar va ma’lumotlar yozuvi muhrlanadi hamda bayonnomaga qo‘shib qo‘yiladi.
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish bayonnomasida abonentning raqami, eshitib turish va qayd qilish vaqti hamda joyi, foydalanilgan texnik vositalarning turi va modeli, bu ishlarni amalga oshirgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek ish uchun ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ham aks ettiriladi.
22-bob. EKSPERTIZA
172-modda. Ekspertiza tayinlash uchun asoslar
Ish uchun ahamiyatli holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni fan, texnika, san’at yoki kasb sohasi bo‘yicha bilimi bo‘lgan shaxs o‘tkazadigan maxsus tekshirish orqali olish mumkin bo‘lganda ekspertiza tayinlanadi. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya, mutaxassislar, xolislarning bunday bilimlarga ega bo‘lishi ekspertiza tayinlash zaruratidan ozod etmaydi.
Ekspert oldiga qo‘yilgan savollar va uning bergan xulosasi ekspertning maxsus bilimlari doirasidan tashqari chiqishi mumkin emas.
Ekspertizani ushbu Kodeksda belgilangan tartibga xilof ravishda o‘tkaziladigan tekshiruv bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Idoraviy tekshiruv xulosasi, taftish hujjatlari, mutaxassislar maslahati ekspertiza o‘tkazish zaruratini istisno etmaydi.
173-modda. Ekspertiza tayinlash va o‘tkazishning shartligi
Basharti, ish bo‘yicha:
1) o‘limning sababini, yetkazilgan tan jarohatlarining xususiyati va og‘irlik darajasini;
2) jinsiy aloqada bo‘lganlikni, homiladorlik holatini va homilani sun’iy yo‘l bilan tushirish belgilarini;
3) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchining yoshini, agar bu haqda hujjatlar bo‘lmasa yoki hujjatlar shubha tug‘dirsa;
4) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining, ustidan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashga doir ish yuritilayotgan shaxsning ruhiy va jismoniy ahvolini hamda ularning g‘ayrihuquqiy qilmishni sodir etayotgan paytda o‘z harakatlarini idrok etish va idora qilish layoqatini, shuningdek jinoiy javobgarlikning ahamiyatini tushunish, jinoyat protsessida ko‘rsatuvlar berish hamda o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini mustaqil himoya qila olish layoqatini;
5) jabrlanuvchining, guvohning ruhiy va jismoniy holatini hamda ular ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlarni idrok qilish, esda saqlash va so‘roq qilganda ifodalab berish layoqatiga ega ekanliklarini, shuningdek jabrlanuvchining jinoyat protsessi chog‘ida o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini mustaqil himoya qila olish layoqatini;
6) tanosil va boshqa yuqumli kasalliklarga chalingan, surunkali ichkilikbozlikka va giyohvandlikka duchor bo‘lgan shaxslarni davolash zarurligini va imkoniyatlarini;
7) giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar va ularning turi mavjudligini;
8) pul belgilari, qimmatli qog‘ozlar va boshqa hujjatlar qalbakilashtirilganligini;
9) portlashlar, halokatlar va boshqa favqulodda hodisalarning texnikaviy sabablarini aniqlash zarur bo‘lganda ekspertiza tayinlash va o‘tkazish shart.
Ish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni aniqlashda ham, agar buning uchun maxsus bilimlarni qo‘llash zarur bo‘lsa va bu holatlar isbotlashning boshqa vositalari bilan puxta aniqlanmagan bo‘lsa, ekspertiza o‘tkazish shart.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin