O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi


-modda. Ekspert etib tayinlanadigan shaxslar



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə75/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   143
22.09.1994 ЖПК

174-modda. Ekspert etib tayinlanadigan shaxslar
Ekspert sifatida davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti, boshqa korxona, muassasa, tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs ishtirok etishi mumkin.
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar ekspert sifatida jalb etilishi mumkin emas.
Sud-tibbiyot, sud-psixiatriya, sud-psixologiya, sud-avtotexnika, sud-iqtisodiy, kriminalistika ekspertizalarini faqat davlat sud-ekspertiza muassasalarining mutaxassislari, alohida hollarda esa, boshqa korxona, muassasa, tashkilotlarning mutaxassislari o‘tkazadi. Alohida hol ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qarorda yoki ajrimda asoslantirilishi lozim.
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, sudning ekspert etib tayinlangan shaxsni chaqirish va uning ekspertiza o‘tkazishi to‘g‘risidagi talabi ushbu shaxs ishlayotgan korxona, muassasa yoki tashkilot rahbari uchun majburiydir.
175-modda. Tekshirish obyektlari
Ashyoviy dalillar, ekspert tekshiruvi uchun namunalar, boshqa moddiy obyektlar, murdalar va ularning qismlari, hujjatlar, shuningdek ekspertiza o‘tkazilayotgan ish materiallari tekshirish obyektlari bo‘lishi mumkin. Ekspert tekshiruvlari tirik odamga nisbatan ham o‘tkaziladi.
Ekspertizani o‘tkazishda tekshirish obyektlari (tirik odamdan tashqari) ekspert tekshiruvini o‘tkazish uchun qay darajada zarur bo‘lsa, shu darajada shikastlanishi yoki ishlatilishi mumkin. Bunda tekshirish obyektining qisman shikastlanishi yoki ishlatilishiga ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) yozma ruxsati olinishi zarur, tayinlangan ekspertizaning o‘ziga xos xususiyatlari obyektning shikastlanishini (buzilishini) yoki ishlatilishini taqozo etuvchi hollar bundan mustasno.
Tekshirish obyektlarining ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) yozma ruxsati bilan yoxud tayinlangan ekspertizaning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq holda shikastlanganligi yoki ishlatilganligi davlat sud-ekspertiza muassasasi, boshqa korxona, muassasa, tashkilot yoki ekspert tomonidan mazkur obyektlarning mulkdoriga zararning o‘rni qoplab berilishiga sabab bo‘lmaydi.
Tekshirish obyektlari, agar ularning o‘lchamlari va xossalari imkon bersa, o‘ralgan va muhrlangan holda ekspertga topshirilishi kerak.
Tekshirish obyektini ekspertning ish joyiga yetkazib berishning iloji bo‘lmaganda, ekspertizani tayinlagan organ (shaxs) unga mazkur obyektni moneliksiz kirib ko‘rishni va uni tekshirish imkoniyatini ta’minlaydi.
Tekshirish obyektlari davlat sud-ekspertiza muassasalarida, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlarida va sudlarda ashyoviy dalillarni saqlash qoidalariga rioya qilingan holda saqlanadi.
Ekspertiza tugallanganidan keyin tekshirish obyektlari, agar ular to‘la ishlatilgan bo‘lmasa, ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) qaytariladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin