O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə82/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   143
22.09.1994 ЖПК

1873-modda. Taftish o‘tkazish uchun tayinlanadigan shaxslar
Taftish o‘tkazish uchun tayinlanadigan shaxslar sifatida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining, davlat soliq xizmatining, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining va hududiy moliya organlarining mutaxassislari ishtirok etishi mumkin.
Zarur bo‘lgan hollarda, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qaroriga yoxud sudning ajrimiga ko‘ra boshqa davlat organlari va tashkilotlarning xodimlari ham taftish o‘tkazish uchun jalb etilishi mumkin.
1874-modda. Tadbirkorlik subyektlarini taftishdan o‘tkazish shartlari
Tadbirkorlik subyektlarini taftish qilish yuridik xizmat vakillari va (yoki) jalb etilgan advokatlar albatta ishtirok etgan holda (tadbirkorlik subyekti mazkur huquqdan voz kechgan hollar bundan mustasno) o‘tkaziladi.
Yuridik xizmat vakilining ishtirokidan va (yoki) advokatning yuridik yordamidan voz kechish taftishning keyingi bosqichlarida tadbirkorlik subyekti tomonidan ularni jalb etish uchun to‘siq bo‘lmaydi.
Taftish o‘tkazuvchi shaxs tadbirkorlik subyektining vakolatli vakiliga uning taftish o‘tkazishda ishtirok etishga yuridik xizmat vakilini va (yoki) advokatni jalb etishga yoxud ularning ishtirokidan voz kechishga bo‘lgan huquqini taftish o‘tkazish boshlanguniga qadar yozma shaklda tushuntiradi va bu haqda bayonnoma tuziladi.
Agar tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxsi yoki vakili tomonidan yuridik xizmat vakilini va (yoki) advokatni jalb etish niyati bildirilsa, taftish o‘tkazishning boshlanishi yuridik xizmat vakili va (yoki) advokat yetib kelguniga qadar, biroq ko‘pi bilan yigirma to‘rt soatga to‘xtatib turiladi.
Yuridik xizmat vakilining va (yoki) advokatning yigirma to‘rt soat ichida yetib kelish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, taftish ularning ishtirokisiz boshlanadi.
Taftish o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi quyidagi hujjatlarning mavjud bo‘lishi tadbirkorlik subyektini taftishdan o‘tkazishning majburiy shartidir:
taftish tayinlash to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim;
vakolatli organning taftish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i;
taftish o‘tkazuvchi shaxsning xizmat guvohnomasi;
taftishga ruxsat berish to‘g‘risidagi maxsus guvohnoma.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin