O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə81/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   143
22.09.1994 ЖПК

221-bob. Taftish
1871-modda. Taftish tayinlash uchun asoslar
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni taftish qilish ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlar haqidagi ma’lumotlarni tekshirilayotgan subyektlarning buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlarini va boshqa hujjatlarini o‘rganish hamda taqqoslab ko‘rish yo‘li bilan olish mumkin bo‘lgan hollarda tayinlanadi. Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudyaning maxsus bilimlarga ega ekanligi taftishni tayinlashdan ozod etmaydi.
Tadbirkorlik subyektini taftish qilish faqat uning qonunchilikni buzganligi faktlari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida amalga oshiriladi. Bunda taftishga tadbirkorlik subyektining faqat qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bilan bog‘liq faoliyati qamrab olinishi mumkin.
Jinoyat ishi qo‘zg‘atilguniga qadar taftishni tayinlashga faqat qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi.
1872-modda. Taftishni tayinlash
Taftish tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan tayinlanadi.
Taftishni tayinlash to‘g‘risidagi qarorda yoki ajrimda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
1) tekshiriladigan subyektning to‘liq nomi va uning tashkiliy-huquqiy shakli (yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi), soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami va yuridik manzili;
2) jinoyat ishining raqami yoki taftishni tayinlash uchun tergovga qadar tekshirish jarayonida yuzaga kelgan asoslar yoxud qo‘shimcha yoki qayta taftish tayinlash uchun asoslar;
3) taftish o‘tkazish chog‘ida o‘rganiladigan masala yoki masalalar doirasi;
4) moliya-xo‘jalik faoliyatining taftish qilinishi lozim bo‘lgan davri;
5) taftish o‘tkazish topshirilgan vakolatli organning nomi, shu jumladan qo‘shimcha ravishda jalb etiladigan davlat organlari va tashkilotlar.
Taftish o‘tkazish chog‘ida taftishni tayinlash to‘g‘risidagi qarorda yoki ajrimda ko‘rsatilmagan masalani yoki masalalar doirasini, shuningdek moliya-xo‘jalik faoliyatining davrini o‘rganish taqiqlanadi.
Ushbu Kodeksning 1873-moddasida ko‘rsatilgan organlar va tashkilotlar taftishni tayinlash to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim olingan paytdan e’tiboran ikki ish kunidan kechiktirmay taftish o‘tkazish haqida taftishni o‘tkazish uchun tayinlangan shaxslarni albatta ko‘rsatgan holda buyruq chiqaradi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin